Xiva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Xiva
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Xorazm viloyati
Tuman Xiva tumani
Koordinatalari 41°23′0″N 60°22′0″E / 41.38333°N 60.36667°E / 41.38333; 60.36667Koordinatalari: 41°23′0″N 60°22′0″E / 41.38333°N 60.36667°E / 41.38333; 60.36667
Aholisi 89 500 nafar (2017)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xiva (Oʻzbekiston)
Xiva

XivaXorazm viloyatidagi shahar. Xiva tumani markazi. Oʻzbekistonning shim.gʻarbida, viloyatning janubida, Amudaryoning chap sohilida, daryodan 40 km janubida, 91 m balandlikda joylashgan. Shahar yonidan Polvonyop (qad. Xeykaniq) kanali oʻtgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasiUrganch (30 km). Maydoni 0,08 ming km². Aholisi 51,2 ming kishi (2004). Shaharning qadimgi qismidagi juda koʻp arxitektura yodgorliklariga boy boʻlgan Ichan-Qal’a sharqning ekzotik shahar timsolini oʻzida saqlab qolgan afsonaviy shahardir.[1]

Tarixi[tahrir]

Khiva Узбекистан panorama2.JPG
Khiva Узбекистан panorama.JPG

Ilk yillari[tahrir]

Xiva – Oʻzbekistonning qad. shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar mil. av. 5-asrda barpo etilgan. Uning nomi shaharning qad. qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudugi bilan bogʻliq. Baʼzi tadqiqotchilar shahar nomini xorazmiy tiliga yaqin boʻlgan qad. osetin tilidagi "Xiauv" – qalʼa soʻzidan, boshqalari bu atamani antik davrdan Xiva hududidan okib oʻtgan Xeykaniq (hozirgi Polvonyop) kanalining oʻzgartirilgan (Xeykaniq–Xeyvaniq–Xeyvaq–Xeva–Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar. Xorazmlik tarixchisolnomachi Xudoyberdi Qoʻshmuhammad oʻzining 1831 yilda yozgan "Dili Gʻaroyib" asarida Xorazmning qad. shaharlarini nommanom sanar ekan, "Bu mamlakatning yana bir qalʼasi – Qalʼai Ramldir. Bu qalʼaga Som ibn Nuh asos solgan boʻlib, u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir" deydi.

Xalq rivoyatlarida ham shaharning bunyod etilishi Nuh zamonlariga bo rib taqaladi. Bunda Nuhning oʻgʻli Som boʻlajak shahar yoniga kelib quduq qazdirgan va shu bilan Xivaga asos solgan. Haqiqatan ham Xivaning Ichan qalʼasida qad. Xeyvaq (Xivak) qudugʻi saqlanib qolgan.

Xiva toʻgʻrisidagi dastlabki ishonchli maʼlumotlar 10-asrdan boshlab arabfors tilidagi tarixiygeografik manbalarda uchraydi.

Istaxriy (930) Xivani oʻsha davrdagi eng yirik 30 ta shahar roʻyxatiga kiritgan. U. Xivani Hazoraspdan 8 farsax masofada Jurjoniya (Gurganj) yoʻlida joylashganligini qayd qiladi. Muqaddasiyning maʼlumotlariga koʻra esa Xiva bilan Hazorasp oʻrtasidagi masofa 8 dovon (10 farsax)dan iborat boʻlgan. Xiva Yoqut Xamaviy (13-asr), Nizomiddin Shomiy (14-asr) asarlarida ham karvon yoʻlida joylashgan shahar sifatida eslatib oʻtiladi.

17-asrda yashab oʻtgan Mahmud ibn Valiy bu shahar toʻgʻrisida shunday yozadi: "Xiva keng va bahavo shahar. U shayx Najmiddin Kubroning vatanidir". Abulgʻoziy Bahodirxonning "Shajarai turk" va "Shajarai tarokima" asarlaridagi Xiva xususidagi fikrlari ham ana shu davrga mansub.

Xiva oʻzining tarixiy oʻtmishi, meʼmoriy tuzilishi, obidalarining yaxlit saqlanganligi jihatidan mazkur qad. shaharlar orasida alohida oʻrin tutadi. Yer kurrasida mashhur boʻlgan Afina, Rim, Qohira shaharlariga tengdosh boʻlgan bu shaharning Ichan qalʼa qismi (1990) Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan 100shahar boʻlib, dunyoga alXorazmiy, Najmiddin Kubro, Shihabuddin Xivaqiy, Pahlavon Mahmud, Muhammad Rahimxon (Feruz), Munis va Ogahiy kabi buyuk zotlarni yetkazib bergan azim zamin hisoblanadi.

Mil. av. 5-asr oxirigacha Xiva Xorazm tarkibida Axomaniylar davlati tasarrufida, soʻngra mustaqil Xorazm davlati tarkibida boʻlgan. Ilk oʻrta asrlarda Xiva orqali Sharqni Gʻarb bilan bogʻlovchi Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 4-asr boshlaridan Xiva – Xorazm bilan birga Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. Budavrda u qalʼa devori bilan oʻrab olingan. 712 yil Xivani arablar istilo qilgan. Arab sayyoxdari Istaxriy va Mukaddasiy qoʻlyozmalarida keltirilishicha, Xiva 10-asrda Xorazm vohasida eng yirik shaharlardan biri boʻlgan. 1221 yildan moʻgʻullar imperiyasi, 1389 yildan temuriylar davlati tarkibida, 16-asr boshlaridan 1920 yil 2 fev.gacha Xiva xonligi poytaxti boʻlgan. Xonlik 1873 yil rus qoʻshinlari tomonidan zabt qilinib, Gandimiyon shartnomasita koʻra, Rossiya imperiyasi protektoratiga aylantirilgan. 1920–24 yillarda Xiva Xorazm Xalq Sovet Respublikasi poytaxti boʻlib turgan.

Xivani arxeologik jihatdan oʻrganish qisman S.P.Tolstov, Ya.Gʻ.Gʻulomov, A.I.Terenojkin va boshqa tomonidan 20-asr oʻrtalarigacha olib borilgan. 1984–1993 yillarda arxeologik kazishma ishlari rejali ravishda keng miqyosda olib borildi. Qazishmalar Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston boʻlimi arxeologlari va xorazmlik arxeologlar hamkorligida amalga oshiridsi. Shahar xududida 6 ta stratigrafik qazilma va 7 shurf belgilandi. Xivaning qad. qismi – Ichan qalʼada 1200 m² boʻlgan maydon qazib oʻrganildi. Arxeologik ashyolarning 7 m gacha chuqurlikdan topilganligi, shaharning paydo boʻlish davri qad. ekanligidan dalolat beradi. Shahar tarixiy taraqqiyotining birinchi davrida Ichan qalʼa oʻrnida odamlar yashay boshlagan. Arxeologik materiallarning shahodaticha, bu davr mil. av. 5-asrga toʻgʻri keladi. Kulolchilik charxida tayyorlangan sopol buyumlar majmuasi, shuningdek, paxsa devor qoldiklari shu davrga mansubdir. Mil. av. 5-asr oxirida Xorazm Eronning siyosiy tazyiqidan xalos boʻlgach, Xivada shahar sistemasining asosiy elementlari shakllana boshladi.

Mil. av. 43-asrlarda qalʼa atrofi 2 qavatli qalin devor bilan oʻrab olindi. Devor oldin paxsa, uning ustiga xom gʻisht terilib, bunyod etilgan. Gʻishtlarning aksariyatiga tamga bosilgan. Devor orasida (ichida) eni 2 m li yoʻlak boʻlgan. Devor boʻylab, har 22– 27 m masofada minoralar tiklangan. Devordagi minoralar toʻgʻri burchakli boʻlgan. Qalʼa devorining butun tizimi asosiy devordan 4,4–8,5 m masofadagi qoʻshimcha toʻsiq – devor bilan oʻrab chiqilgan.

Devor ichi va yoʻlaklardan topilgan sopol buyumlar mil. av. 4–3-asrlarga taallukli. Boʻyin qismi ingichka, nozik kilib ishlangan xum va xumchalarning sirtiga och pushti rangda gul naqshi solingan. Yana bir nodir topilma – koʻzachaning sher kallasi shaklidagi dastasidir. Qad. qalʼa devori va yoʻlaklar Xiva oʻsha davrda vohada yirik shaharlardan biri sifatida Xeykaniq (Polvonyop) kanali sohillari hamda sohilga yaqin hududlarni nazorat qilib turganligini tasdiqlovchi dalildir.

Xiva dastlab agrarhunarmand shahar sifatida rivojlandi. Mil. av. 2-asrda Xivaning katta qismi qum ostida qolgach, aholi shaharni tark etdi. Ichan qalʼa devorlari vayron boʻldi.

Mil. boshlarida shaharda hayot yana tiklana boshladi. Qalʼa devorining gʻarbiy qismida ark bunyod etildi. 1–3-asrlarda (Kushonlar davri) Xiva Ichan qalʼa devorlari tashqarisidan qalin gʻishtin devor bilan mustahkamlandi, natijada shahar devori qalinligi 7,5– 9 m ga yetdi.

Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, mil. 4–5-asrlarda shaharni yana qum bosgan. 6–8-asrlarda Xiva qayta tiklana boshladi. Xiva xududida zamindorlarning dastlabki koʻshklari paydo boʻla boshladi. Ichan qalʼada shunday koʻshklardan 2 tasi topilgan.

Oʻrta asrlardagi tarixi[tahrir]

Shahar Xorazmshoxdar davri (1213-asr boshi) ravnaq topib, hududi kengaydi. 1220–21 yillarda Xiva Chingizxon qoʻshinlari tomonidan vayron etildi. Keyinroq qayta tiklana boshladi. Hunarmandchilik (kulolchilik, koshinkorlik va boshqalar) rivojlandi.

Keyingi davrda ayniqsa, 16–19-asr

larda shahar jadal taraqqiy eta bordi. Quyi Volga, Oʻrta va Yaqin Sharq shaharlari bilan savdo aloqalari oʻrnatildi.

Xiva 16-asrning 2-yarmidan Xorazmning poytaxtiga aylangach, har tomonlama rivojlandi. Meʼmoriy qiyofasi ham oʻzgara bordi. Shahardan oʻzaro koʻndalang kesishgan 2 ta katta koʻcha va 4 darvoza (Otadarvoza, Polvondarvoza, Bogʻchadarvoza, Toshdarvoza) orqali Dishan qalʼa (rabod) ga chiqiladi. Ichan qalʼa devorining uz. 2200 m, bal. 6– 8 m, tag zaminining qalinligi 5–6 m. Qalʼa toʻgʻri toʻrtburchak shaklida qurilgan boʻlib, uz. 650 m, eni 400 m, jami 26 ga maydonga ega.

Xivaning rabod qismi Dishan qalʼa 1842 yil Olloqulixon davrida (182542) baland devor bilan oʻrab olingan. Oʻsha davrda Ichan qalʼada 33 mahalla (machitqavm) va Dishan qalʼada 34 mahalla boʻlgan. Mahallalar nomi shu yerda yashayotgan aholining kasbkori (Chitkarlik, Elakchilik, Kulollar, Misgarlik, Gʻassollar) yoki shaxs lavozimi (Otamurod qushbegi, Yoqub mehtar, Yusuf yasovulboshi) bilan atalgan. Shaharda 109 kattakichik koʻcha, 79 masjid va 120 qorixona boʻlgan. Xivada 19-asr oʻrtalarida 20 ming kishi yashagan. Shahar, asosan, 19-asrning 2-yarmidan kengaya bordi.

Yangi davrdagi tarixi[tahrir]

Xiva oʻzbeklari, 1913-yil.

1874 yilda shahar maʼmuriy jihatdan Qumyosqa, Kaptarxona, Oʻr, Koʻhnabozor, Kaltaminor, Amin chorsu, Mevaston, Qoraaʼlam va Yangi qalʼa mavzelariga boʻlingan. Xiva xonning "mulki xolisasi" hisoblanib shaxsan uning oʻzi tomonidan boshqarilgan. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida Xivada 64 Madrasa, 79 masjid boʻlgan. 1924 yil shaharda olingan aholi roʻyxatida 4029 xonadonda 18145 kishi qayd qilingan.

Xivaning ilk tarhi 1740 yilda chizilgan. Shahar tarhi uzunasiga 1 ming m, eniga 400 m boʻlib, 40 ga maydonni egallagan. Uning butun tevarak atrofi suvli xandaq bilan oʻrab olingan. Shaharga sharq tomondan maxsus koʻprik orqali kirish mumkin boʻlgan. Koʻprik kechalari koʻtarib qoʻyilgan. Koʻprik yonidagi darvozadan boshlangan katta koʻcha toʻppatoʻgʻri Ark darvozasiga borib taqalgan. Ark shaharning gʻarbiy qismida joylashgan. Shaharning asosiy koʻchasi uni 2 qism (shim. va jan.) ga ajratgan. Arkda xon saroyi, haramxona, aslahaxona boʻlib, ular maxsus qalʼa devori bilan oʻralgan. Lekin, oʻsha davrdagi baʼzi inshootlar chizmaga kirmay qolgan. Shaharning yana bir tarhi Rossiyadan maxfiy topshiriq bilan kelgan topograf G.N.Zelenin tomonidan 1839 yilda chizilgan. Zeleninning maʼlumotlariga koʻra, shaharda oʻsha davrda 17 ta masjid, 22 ta mahalla va 260 savdo rastasi boʻlgan. Shaharning juda aniq va mukammal boʻlgan soʻnggi tarhi 1873 yilgi rus istilosidan soʻng rus topograflari tomonidan tuzilgan va oʻsha yiliyoq "1873 yilgi Xiva yurishlari" maqolasiga ilova tarzida bosilgan.

Meʼmoriy ansamblining yaxlitligi jihatidan shahar Oʻrta Osiyoda yagona hisoblanadi. 1967 yilda Oʻrta Osiyoda ilk bor Xivaning Ichan qalʼa (shahriston) qismi tarixiymeʼmoriy yodgorliklar qoʻriqxonasi deb eʼlon qilindi. Xivaning jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrni YUNESKO Bosh konferensiyasining (1995 yil oktabr–noyab.) 28sessiyasida alohida qayd qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 3 yanvardagi qarori bilan Xivaning 2500 yilligi 1997 yilda jahon miqyosida keng nishonlandi.

Sanoat va ishlab chiqarish[tahrir]

Shaharda "XivaKarpet" qoʻshma korxonasi, sopol buyumlar, paxta tozalash, gʻisht zavodlari, tikuvchilik, "Xiva gidami" aksiyadorlik jamiyati va boshqa gilam toʻqish korxonalari, non kti, dehqon bozori, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. Urganch universitetining agromenejment fti, Oʻzbekiston FAning Xorazm Maʼmun akademiyasi boʻlimi, Qoraqum i.t. stansiyasi, ped., tibbiyot, turizm kasb-hunar kollejlari, kasbhunar litseyi, gimnaziya, 15 umumiy taʼlim maktabi, mehribonlik uyi, 2 maxsus internat, viloyat qoʻgʻirchoq teatri, sanʼat maktabi, 2 kutubxona va uning tarmoqdari, madaniyat va istirohat bogʻi mavjud. AlXorazmiy, Feruz yodgorliklari, birinchi oʻzbek kinooperatori Xudoybergan Devonov muzeyi, markaziy stadion, sport majmuasi, tennis korti, sport zallari va boshqa sport inshootlari bor.

Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, tugʻruqxona, bolalar kasalxonasi, tish davolash markazi, markaziy dorixona, xususiy dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar mavjud.

Tarixiy-meʼmoriy obidalardan Sayd Aloviddin maqbarasi, Pahlavon Maxmud majmuasi, Juma masjid, Koʻhna Ark, Oqshayx bobo koʻshki, Toshhovli, Nurullaboy saroyi, Muhammad Aminxon madrasasi, Muhammad Rahimxon madrasasi, Islomxoʻja madrasasi va minorasi, Olloqulixon madrasasi, Qutlugʻmurod inoq madrasasi, Olloqulixon karvonsaroyi va timi, Anushaxon xammomi, Oq masjid, Polvon darvoza, Ota darvoza, Bogʻcha darvoza, Tosh darvoza, Hazorasp darvoza, Kush darvoza va boshqa saqlanib qolgan.

Shaharda "Xiva–Sharq gavhari" jurnali (2001 yildan), "Xiva tongi" tuman gaz. nashr etiladi. Shahar jahon turizmi markazlaridan birga aylangan. Xivaga har yili 200 mingdan ziyod sayyoh, shu jumladan, 7 mingga yaqin xorijlik sayyoh va mehmonlar tashrif buyuradi. Shaharda "Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasiga qarashli va bir necha xususiy mehmonxonalar ishlab turibdi.

Xivadan Urganch shahriga trolleybus katnovi yoʻlga qoʻyilgan (1997). Xiva–Toshkent, Xiva–Buxoro, Xiva–NavoiySamarkand–Toshkent yoʻnalishida, shuningdek, Urganch, Qoʻshkoʻpir, Yangiariq, Bogʻot, Hazorasp va viloyatdagi boshqa shahar va yirik aholi punktlariga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.

Xivaning tarixiy va arxitektura yodgorliklari[tahrir]

Xiva shahriga kirishdagi yoʻl belgisi
  • Ichan-Qalʼa: Masjid va Saidboy madrasasi (18asr oxiri - 19asr boshlari)
  • Polvon Darvoza darvozasi atroflari
  • Allaqulixon madrasasi (1834/35)
  • Qutlugʻ Murod Inoq madrasasi (1804/12)
  • Tim va Allaqulixon Karvon saroyi (19asr)
  • Abdullaxon madrasasi (1865)
  • Anushxon masjidi va saroyi (1657)
  • Tosh Hovli(Allaqulixon saroyi) (1830/36)
  • Oq masjid (1832/42)
  • Juma masjid minorasi (1788/89)
  • Said Alovuddin maqbarasi (14asr)
  • Muhammad Aminxon madrasasi (1851/52)
  • Kalta Minor minorasi (1855)
  • Koʻhna Ark (1868/88)
  • Toʻra Murodtur minorasi (1888)
  • Muhammad Aminxon madrasasi (1871)
  • Shergʻozixon madrasasi (1718/20)
  • Bogʻlandi masjidi (19asr)
  • Arabxona madrasasi (1838)

Adabiyot[tahrir]

  • Gulyamov Ya.G., Pamyatniki goroda Xivi, T., 1941; Abdurasulov A., Xiva, T., 1997; Zaxidov P.Sh., Xiva, T., 1980; Mamedov M.A., Muradov R.G., Srednevekovie pismennie istochniki o drevnem Urganche, Ashxabad, 2000.

Manbalar[tahrir]

  1. Abdurasulov, Abdulla; Karimov, Ibrohim."Xiva" OʻzME. X-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil