Kontent qismiga oʻtish

Xorazmiy tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xorazmiy tili
Milliy nomi xvarazmiy
Mamlakatlar Xorazm
Mintaqalar Oʻrta Osiyo
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 0
Turkumlanishi
Turkum Yevroosiyo tillari
Til oilasi

Hind-yevropa oilasi

Hind-eron tarmogʻi
Eron guruhi
Shimoli-sharqiy ostguruhi
Alifbosi oromiy yozuvi, arab yozuvi
Til kodlari
ISO 639-3 xco[1]

Xorazmiy tili – Amudaryo sohillari, Markaziy Osiyodagi qadimiy Xorazm davlati aholisi – xorazmiylarning tili. Hind-Yevropa tillari oilasining eron guruhiga mansub[2].

Xorazmiy tili eroniy tillarning sharqiy guruhiga mansub oʻlik til[3]. Amudaryo etaklarida, tarixan Xorazm deb nomlangan hududda tarqalgan. Miloddan avval 2— 1-asrlardan milodiy 8-asr oʻrtalarigacha qadimiy Xorazm davlatining rasmiy tili boʻlgan. Miloddan avval 3—2-asrlarga oid yodgorliklardan maʼlum; asosiy manbalari (arabcha qoʻlyozmalardagi xorazmiycha soʻz va iboralar) 12— 14-asrlarga mansub.

Xorazmiy tilining unlilar tizimida a, i, u, ye, e tovushlarining choʻziq, qisqa va burunlashgan turlari farqlanadi. Undoshlar tizimida 27 ta fonema boʻlgan. Oʻziga xos morfologiksintaktik xususiyatlarga ega. Mas, ot turkumiga 3 kelishik, 2 jins va 2 son shakli, anikdik artikli xos boʻlgan. Ushbu va boshqa holatlar Xorazmiy tilida qad. eron tiliga xos xususiyatlar saqlanganligidan darak beradi. Hozirgi Xorazm shevalarini oʻrgangan olimlar Xorazmiy tiliga oid baʼzi soʻzlar ana shu shevalar leksikasida, toponimikasida mavjudligini qayd etadilar. Mas, „patik“ – ship, „kunda“ – omoch, „yop“ – ariq kabi suzlarni, Yndavak, Pishkanak, Arvak toponimlarini Xorazmiy tili ga oid deb taxmin qiladilar.

Xorazmiy tili 9-asrgacha oromiy alifbosi asosidagi yozuvdan foydalangan. 10-asrdan esa 5 ta harf bilan toʻldirilgan arab alifbosi qoʻllangan. Zamaxshariyning „Muqaddimat ul-adab“ asari qoʻlyozmasining Xorazmiycha varianti (1200) oromiy yozuvida bitilgan. Xorazmiy tili 13—14-asrlarda Xorazmning turkiylashishi natijasida batamom oʻlik tilga aylangan va oʻrnini oʻzbek tilining Xorazm shevasi egallagan.

Xorazmiy tilida qadimiy yozuvlar (kulolchilik buyumlaridagi) miloddan avval V—III asrlardagi oromiy yozuvida boʻlgan. Arab istilosi natijasida milodiy VIII asrlaridan boshlab arab alifbosi qoʻllanila boshlangan. Xorazmdagi eng qadimiy yozuv 5—3-asrlarga oid Bolshaya Aibugir- qalʼa (Shimoliy Turkmaniston[4]) manzilgohida sopol buyumlarda topilgan oromiy yozuvida yozilgan yozuv hisoblanadi[5][6].

Xorazm tilida soʻzlashuvchilarning turkiylashuvi eramizdan avvalgi 175-yillarda boshlangan. Ayrim tadqiqotchilar kangyuyni turkiy tilli jamoalar bilan bogʻlaydilar[7]. Miloddan avvalgi 1-asrning oxirgi uchdan birida Xorazm Kanguyning bir qismi sifatida Gʻarbiy Hunlarning kuchli ittifoqchisi sifatida harakat qiladi. Milodiy 3-asrdan boshlab Xorazmda hunlar xalqi vakillari qayd etilgan[8]. Ayrim tadqiqotchilar xun tilini turkiy tillar qatoriga kiritadilar[9][10].

Tarixchilarga koʻra X—XIII asrlardagi arab grafikasining qoʻshimcha belgilari bilan yozilgan arab tilidagi adabiyotlarda uchraydigan soʻz va iboralardan, kulolchilik buyumlaridagi (miloddan avval V-III asr), tangalardagi alohida yozuvlardan, oromiy yozuvi asosidagi daraxt va teridagi (III-IV asrlardan boshlab) hujjatlardan maʼlum.

Milodiy birinchi asrlaridan boshlab Xorazmga turkiyzabon xalqlar kirib kela boshlaydi, Turk xoqonligi davrida esa VI asr oʻrtalarida mahalliy aholida turklashish jarayoni kuchaydi va XI asrda saljuqiylar davrida turklashish eng yuksak pogʻonaga erishdi.

Xorazmning asosiy turkiyzabon etnik guruhi VI asrdan boshlab turklar edi, chunki Xorazm Turk xoqonligiga qaram edi. VII asrdan boshlab Xorazm turkiy davlat – Xazor xoqonligi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, aholining koʻchishi jarayonlari sodir boʻlgan[11].

1220-yilda, Moʻgʻullar istilosi natijasida Xorazmshohlar davlati parchalandi, mahalliy xorazmiy va turkiy xalq qatliom qilindi. Xorazm shimoli Juchi ulusiga, keyin esa Oltin Oʻrda tarkibiga janubi Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirdi. Moʻgʻullar istilosi sabab XIV asr birinchi yarmida Xorazm tanazzulga yuz tutdi, bu vaqtga kelib xorazmiy tilining turklashish jarayoni yakuniga yetdi va xorazmiy tili oʻlik tilga aylandi.

1221-yilda Chingizxon qoʻshinlarining bosqinlari natijasida Xorazmshohlar davlati parchalanib, Xorazm Joʻchi ulusi, soʻngra Oltin Oʻrda tarkibiga kiradi. Bu vaqtga kelib xorazmliklarning lingvistik turkiylashuv jarayoni nihoyasiga yetgandek boʻldi.

Xorazmdagi turkiy toponimiya IX asrdan boshlab qayd etilgan[12], bu esa oʻtroq turkiy aholi ekanligini koʻrsatadi. 10-asrga kelib Xorazm va xorazmliklar aholisining bir qismi turkiyzabon edi. Atoqli olim va etnograf Beruniy (973—1048) oʻz asarlarida Xorazmning turkiy aholisi ishlatgan turkiy oylar va turkiy dorivor oʻtlarning nomlarini keltiradi[13]. Beruniy taxminan 1000-yillarda Xorazmda yozgan „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asarida hayvonlar davriga koʻra yillarning turkiy nomlarini keltirgan boʻlib, ular Xorazmning turkiy aholisi tomonidan qoʻllangan.

Xorazm tili hind-evropa tillari oilasining eron guruhining shimoli-sharqiy kichik guruhiga kiradi[14][15][16][17][18][19].

Xorazm tilining Oʻrta Osiyo xalqlari tillariga taʼsiri

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek tili turkiy tillarning xorazmiylar, soʻgʻdiylar, baqtriyaliklar, saklar tillari bilan oʻzaro munosabati natijasidir[20].

Turkmanlar va qoraqalpoqlarning tillari turkiy asosdan tashqari qisman xorazm tiliga ham tegishli. Turkman tili oʻgʻuz tilidan tashqari shakllanish jarayonida qipchoq tillari va qadimgi xorazm tilining elementlarini ham oʻziga singdirgan[21].

Xorazmiy tilida fonetika uchun ikkita qorishiq tovush č va s, sirgʻaluvchi J, d mavjudligi xosdir.

Morfologiyada otlar paradigmasida 3 ta, baʼzi tizimlarda 4 ta kelishik, ikkita rod va son, artikllar kuzatiladi. Feʼlda esa – oʻtgan zamonning arxaik flektiv shakllanishi va perfekt, plyus va imperfekt, kelasi zamon va bir qator modal shakllarning innovatsion tahliliy tuzilishi kuzatiladi. Gap tuzilishi jihatidan aniqlovchini oldinda joylashtirish, feʼlni gapning oxiriga oʻtkazish xos.

Bir qator tarixiy-fonetik va tarixiy-morfologik belgilariga koʻra soʻgʻd tiliga yaqin.

Qadimiy xorazmiy tili asosida yaratilgan ayrim toponimlar bizgacha yetib kelgan: Urganch, Xazorasp, Xiva, Gurlan, Pitnak, Kat va hokazo.

  • Freyman A. A., Xorezmiyskiy yazik, [ch.] 1, M. – L., 1951;
  • Bogolyubov M. N., Mestoimeniya v xorezmiyskom yazike, „Kratkie soobщeniya instituta narodov Azii“, 1963, v. 67;
  • Henning W. V., The structure of the Khwarezmian verb, „Asia Major“, new series, 1955, v. 5, p. 1;
  • Humbach N., Neue chwaresmologische Arbeiten, „Zeitschrift der Deutschen Morgenlandischen Gesellschaft“, 1973, Bd 123, H. 1.
  1. (unspecified title)
  2. Andrew Dalby, Dictionary of Languages: the definitive reference to more than 400 languages, Columbia University Press, 2004, pg 278.
  3. MacKenzie, D. N. "Khwarazmian Language and Literature, " in E. Yarshater ed. Cambridge History of Iran, Vol. III, Part 2, Cambridge 1983, pp. 1244–1249.
  4. X.Yusupov. Putevoditel po arxeologo-arxitekturnim pamyatnikam Tashauzskoy oblasti. Ashxabad, izd. Turkmenistan, 1989 g. (s. 16).
  5. Drevneyshie gosudarstva Kavkaza i Sredney Azii (pod obщey red. akademika B. A. Ribakova) – Moskva, izd. Nauka, 1985 g. (s. 336)
  6. G. X. Kiyasova, A. Nurmuxammedov, A. Yazberdiev. Turkmenskiy yazik i pismennie sistemi na zemle Turkmenistana // Turkmeni. – / otv. red. N. A. Dubova ; In-t etnologii i antropologii im. N. N. Mikluxo-Maklaya RAN ; In-t istorii AN Turkmenistana. – M. : Nauka, 2016. – 635 s. – (Narodi i kulturi). – ISBN 978-5-02-039192-5
  7. Malyavkin A. G., Tanskie xroniki o gosudarstvax Tsentralnoy Azii.- Novosibirsk, 1989, s.201
  8. Trudi Xorezmskoy arxeologo-etnograficheskoy ekspeditsii, t. XIV. M., „Nauka“, 1984
  9. Tenishev E. R. Gunnov yazik // Yaziki mira: Tyurkskie yaziki. – M., 1997. – S. 52-53.
  10. „Syunnu-Gunni. Kto je oni? Stenogramma leksii, prochitannoy Annoy Vladimirovnoy Dibo. 2014-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-oktyabr.
  11. KULTURA I ISKUSSTVO DRYeVNYeGO XORYeZMA. M., 1981,s.50.
  12. Onomastika Vostoka. M., 1980, s.137
  13. Abu Reyxan Beruni, Izbrannie proizvedeniya. t. 4. Perevod s arabskogo U. Karimova. T., 1973, s. 312
  14. D. N. MacKenzie. „CHORASMIA iii. The Chorasmian Language“ (en). Encyclopædia Iranica (1991). Qaraldi: 2020-yil 6-avgust.
  15. Ronald Eric Emmerick. „Iranian languages“ (en). https://www.britannica.com Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2020-yil 6-avgust.
  16. Xorazmiy tili in the Great Soviet Encyclopedia, 1969–1978 (Russian)
  17. Andrew Dalby[en], Dictionary of Languages: the definitive reference to more than 400 languages, Columbia University Press, 2004, pg 278.
  18. H. Humbach, "Choresmian, " in R. Schmitt, ed., Compendium Linguarum Iranicarum, Wiesbaden, 1989, pp
  19. Freyman A. A., Xorezmiyskiy yazik, [ch.] 1, M. – L., 1951
  20. NARODI SRYeDNYeY AZII I KAZAXSTANA. T.1. Pod redaksiey S. P. Tolstova, T. A. Jdanko, S. M. Abramzona, N. A. Kislyakova. M., 1962. s.116
  21. NARODI SRYeDNYeY AZII I KAZAXSTANA. T.1. Pod redaksiey S. P. Tolstova, T. A. Jdanko, S. M. Abramzona, N. A. Kislyakova. M., 1962. s.116-118