Sirdaryo (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Sirdaryo
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Sirdaryo viloyati
Koordinatalari 40°51′0″N 68°40′0″E / 40.85000°N 68.66667°E / 40.85000; 68.66667Koordinatalari: 40°51′0″N 68°40′0″E / 40.85000°N 68.66667°E / 40.85000; 68.66667
Asos solingan 1971
Rasmiy tili oʻzbekcha
Aholisi 30 ming nafar (2002)
Milliy tarkibi oʻzbeklar, tojiklar, ruslar
Konfessiyaviy tarkibi Musulmonlar, Xristianlar v.h
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 8367
Sirdaryo (shahar) (Oʻzbekiston)
Sirdaryo
Sirdaryo side street.jpg

Sirdaryo — Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi shahar, tuman markazi. 1971-yilgacha shahar posyolkasi. Toshkentdan 80 km janubi-gʻarbda, Toshkent — Xovos temir yoʻlidagi stansiya. Sirdaryoning chap sohilida joylashgan. Viloyat markazi Gulistondan 40 km. Aholisi 30 ming kishidan ziyod (2002). Sirdaryoda tuman hokimiyati binosi, sanoat, transport, aloqa, qurilish korxonalari, banklar mavjud. Paxta tozalash, sut, non, gʻisht zavodlari, MTP, 3 qoʻshma, 80 xususiy va kichik korxona, 50 dan ziyod firma, qandolatchilik, kvas va limonad ishlab chiqarish korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Dehqon bozori, supermarket, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Umumiy taʼlim maktablari, ped. kolleji, bolalar sanʼat maktabi, sport maktablari, kasb-hunar maktabi, markaziy stadion, tuman markaziy kasalxonasi, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, 3 madaniyat uyi, tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari bor. Yangi qurilgan avtovokzal, kasalxona, dorixona va boshqa savdo, maishiy obʼyektlar ishlab turibdi.

Havolalar[tahrir]