Dorixona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dorixona, apteka — dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda tayyor dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya va gigiyena ashyolari, maʼdanli suvlar, davolash-kosmetika mahsulotlarini saqlaydigan va sotadigan tibbiyot muassasasi. D.da toʻsatdan kasal boʻlib qolgan yoki baxtsiz hodisaga uchragan kishilarga tez tibbiy yordam ham koʻrsatiladi.

19-a.ning 2-yarmida Oʻzbekistonning baʼzi shaharlarida tashkil etilgan gospital va lazaretlar qoshida D.lar boʻlgan. Birinchi rasmiy D. 1874 y. may oyida Toshkent sh.da mahalliy aholi mablagʻi hisobiga ochilgan.

D. muassasalari mulkchilikning shakliga koʻra, aksiyadorlik, jamoa va xususiy D.larga, i.ch. xususiyatiga koʻra tayyor dori vositalarini sotadigan hamda dori tayyorlab beradigan (retseptga muvofiq), shuningdek, ulgurji savdo qiladigan va kasalxona hamda poliklinikalar qoshidagi D.larga boʻlinadi.

Farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanayotgan barcha jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida farmatsevtika faoliyati koʻrsatayotgan chet el vakolatxonalarining subʼyektlari ushbu faoliyat bilan shugʻullanishlari uchun litsenziyalari boʻlishi shart.chandiqni ketkazadigan dori

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil