Anushaxon hammomi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Anushaxon hammomiXivadagi me’moriy yodgorlik. 1657-yil Ichan qal’adagi Oq masjid yonida Abulgʻozixon tomonidan oʻgʻli Anusha Muhammad Sultonning Karmanadagi gʻalabasi sharafiga qurilgan. Hammomga Oq masjid yaqinidagi gumbazli kichik xonadan kiriladi. Hammom xonalari issiqni yaxshi saqlash uchun yer ostiga joylashtirilgan boʻlib, tashqaridan faqat gumbazlar koʻrinib turadi. Anushaxon hammomida daxliz, kiyimxona, sovuqxona, issiqxona, issiq suv turadigan hovuzcha, goʻlax bor. Hammom xonalarining oʻzaro bogʻlanishida qadimgi an’analar takrorlangan. Suv tarnovlardan hovuzga yigʻiladi. Oʻtxona dudlari maxsus yoʻllar orqali hammom xonalari ostidan oʻtib, ularni isitadi va moʻrkon orqali tashqariga chiqadi. Issiq suvli 568 ta hovuz atrofidagi toʻrtta xona devordagi tuynuklar orqali suv bilan ta’minlanadi. Hammom pishiq gʻishtdan ishlangan. Ichki tomoni suvalgan, hech qanday bezak yoʻq. 1984-yilda ta’mir qilinib, ishga tushirilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil