Olloqulixon madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Olloqulixon madrasasi - Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (183435). Madrasa qurilishi Ichan qalʼaning yaxlit ansambl boʻlib shakllanish tarixi bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyo meʼmorligida keng tarqalgan qoʻshmadrasa uslubida, Ollo-qulixon timi, Xoʻjamberdibiy madrasasi, Polvon darvoza bilan oʻzaro bogʻlangan. Olloqulixon madrasasi sunʼiy tepalik (balandligi 3 m) ustiga kurilgan, shu tufayli qoʻshni binolardan ancha baland koʻrinadi. Madrasi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (62,45x47,0 m), peshtogʻi gʻarbga qaragan. Bosh tarzini miyon-saroy, masjid va darsxona hamda 2 qavatli hujralar egallagan. Eshikdagi yozuvda binoning kurilgan sanasi saqlangan. Hovli (34,6x29,4 m) tomoni oʻziga xos, undagi 2 qavatli qator hujralar Polvon darvozaning kichik gumbazlari ustiga va qisman tim gumbazlari chekkasiga joylashgan. Mas-jid va darexona (4,8x4,8 m) tuzilishi bir xil. Usti yarim aylana shaklidagi pastak gumbaz bilan yopilgan. Devorlaridagi chuqur ravoqlar hisobiga xona keng koʻrinadi. Ayvon (5,5x5,5 m) Madrasa gʻarbida joylashgan, mehrobi ganchli muqarnasdan "iroqi" uslubida bezatilgan. Hujralar (99 ta)ning har birida bittadan eshik, tobadoniga panjaralar oʻrnatilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil