Nurafshon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Toʻytepadan yoʻnaltirildi)
Nurafshon
shahar
41°03′0″N 69°36′0″E / 41.05000°N 69.60000°E / 41.05000; 69.60000 G OKoordinatalari: 41°03′0″N 69°36′0″E / 41.05000°N 69.60000°E / 41.05000; 69.60000 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Toshkent viloyati
tuman Oʻrta Chirchiq tumani
Aholisi
 (2004)
25 300
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +99870
Avtomobil kodi 10
Nurafshon xaritada
Nurafshon
Nurafshon
Nurafshon xaritada
Nurafshon
Nurafshon

Nurafshon (2017-yilgacha Toʻytepa) — Oʻzbekiston Respublikasining Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi shahar (1973-yildan), tuman markazi. 2017-yil 24-avgustda Toshkent viloyatining maʼmuriy markazi deb eʼlon qilingan va nomi Nurafshon deb oʻzgartirgan.[1] Toshkentdan 37 km uzoqlikda. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Chigʻiriq (5 km). Aholisi 25,3 ming kishi (2004).

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimda Nurafshon Mingtepa, Nukat nomlari bilan maʼlum boʻlgan. Shahar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar uning rivojlangan davri (10—12-asrlar)ga toʻgʻri keladi.

Iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharda 8 sanoat korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Ishlab chiqarish. birlashmalari, metall konstruksiyalari, paxta tozalash zavodlari, don qabul qilish korxonasi ishlab turibdi. 3 ta yengil sanoat korxonasi, 2 ta oʻquvtajriba korxonasi va boshqa bor. Qoʻshma korxonalardan Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi „Husayn Mirzo“, „Kabul—Nurafshon LTD“ ip yigiruvtoʻquv, Oʻzbekiston — Turkiya „Bursel“ (erkaklar koʻylaklari tikiladi) qoʻshma korxonalar mashhur. Nurafshonda 200 dan ortiq davlat va xususiy tijorat korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 4 umumiy taʼlim maktabi, kattalar va bolalar kutubxonalari, madaniyat uyi, 3 kasalxona, 3 poliklinika bor.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nurafshon avtomobil yoʻllari orqali Toshkent shahri va boshqa shaharlar bilan bogʻlangan. T. yaqinidan Toshkent — Angren temir yoʻl oʻtadi. Shaharning jan.gʻarbida Tuyaboʻgʻiz suv ombori („Toshkent dengizi“) joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]