Shohizinda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ensemble Shakhi Zinda (2).JPG
Stamps of Uzbekistan, 2007-34.jpg
Stamps of Uzbekistan, 2007-40.jpg
Stamps of Uzbekistan, 2007-41.jpg

ShohizindaSamarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1120-asrlar); Afrosiyob tepaligi jan.da joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl. Ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi boʻlib, xalq orasida Shohizinda (tirik shoh) nomi bilan mashhur. Ansambl bir-biri bilan yoʻlak orqali bogʻlangan 3 guruh binolardan iborat. Quyi guruhdagi inshootlar Ulugʻbek oʻgʻli nomidan qurdirgan Abdulaziz chortogʻi (143435), unga shim.dan Davlat qushbegi madrasasi (181213) tutash, uning qarshisidagi ayvonli masjid naqshlar bilan nafis bezatilgan. 40 bosqichli tik zinapoya oʻrtaligʻining chap tomonida ziyoratxona va goʻrxonadan iborat qoʻshgumbazli maqbara (15-asr) joylashgan.

Oʻrta guruhdagi binolar: Amirzoda maqbarasi, Tugʻlu Tekin maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi, uning qarshisida Temurning boshqa singlisi Turkan ogʻo maqbarasi, 8 qirrali maqbara, Ali Nasafiy maqbarasi kabilar.

Yuqori guruhdagi binolar: Ziyoratxona, uch qismdan iborat masjid, Xoja Ahmad maqbarasi, 1360—61 yillarda qurilgan maqbara, Tuman ogʻo majmuasi (140506), 2 ta nomsiz maqbara (14asr oxiri)ning kiraverish devorigina saqlangan. Shuningdek, Tamgʻoch Bugʻroxon madrasasi (11-asr), Amir Burunduq maqbarasi (14-asr oxiri) kabilardir. Ansambl tarkibidagi 20 dan ortiq inshootlar davlat muhofazasiga olingan. 19—20-asrlarda ansamblning yana bir necha binolari barpo etilgan. 18-asrda vayron boʻlgan zina oʻrnida 40 pogʻonali gʻishtin yangi zina qurilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 16 iyul qaroriga asosan Sh. yodgorlik majmuasida katta koʻlamdagi taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Tarixi[tahrir]

Yetti iqlimga ayon Samarqanddagi aziz zotlar jasadi qo‘yilgan Shohi Zinda, ya’ni «Tirik-shoh» xonaqohi, o‘tmish ajdodlarimiz tarixi va taqdirida alohida o‘rin tutadi.

U ko‘hna Samarqandning janubiy qismida joylashgan bo‘lib, Sharq musulmonlarining muqaddas ziyoratgoh-laridandir. Afosiyob nomi turkiy, forsiy va ko‘plab xalqlar adabiyotidan keng o‘rin olgan. Afro-forscha balandlik, yuksaklik mazmuniga ega. Chunonchi Samarqanddagi Afrosiyob nomli Chingizxon xarobasi «afroz»-siyoh-ob so‘zlaridan tashkil topgan. Buning ma’nosi qora suv bo‘yidagi tepalik, balandlikdir.

Afrosiyob miloddan avv. VII asrda yashagan xalqlarning mashhur hoqoni Madayxonning forsiy tildagi nomidir. Bu hoqon Maday-qora laqabi bilan mashhur edi. Qora qadimgi turkiy xalqlar o‘rtasida kuchlik, bahodirlik, ishonch, suyanch belgisidir. Hozirgacha turkiy xalqlar o‘z yigitlariga «qora»ni ism sifatida qo‘llaydilar. Madayxon o‘z davrining dovyurak, jasur shohlaridan. U Midiya (Eron) shohi Kaysixrav tomonidan hiyla yo‘li bilan zaharlab o‘ldirilgan. Madayxon kuchliligi, dushmanlar ustidan hamisha g‘olib kelganligi uchun Alp er To‘nga – yo‘lbarsdan ham kuchli bahodir odam nomi bilan shuhrat qozongan. Qoraxoniylar – Maday qoraxonning avlodi bo‘lgan.

Afrosiyobning nomi dabdaba, shon-shavkatga ega bo‘lgan Qoraxon mazmuniga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda Afrosiyob nomi bilan mashhur hudud qariyb 220 ga yerni o‘z bag‘riga oladi. Shu ulug‘ zaminda payg‘ambar avlodi Qusam ibn Abbos nomi bilan mashhur ziyoratgoh tarkib topdi. Shohi Zinda xonaqoh sifatida X-XI asrlarda paydo bo‘lgan va bu yerdagi 20 dan ziyod maqbarada 44 lavha bitilgan dahmalardan iboratdir. Qariyb, o‘n asrdirki, O‘rta Osiyoning barcha shaharlari va dunyoning turli go‘shalaridan tashrif buyurayotgan sayyohlar bu muqaddas maskanni ziyorat qilib kelmoqdalar. Shohi Zinda majmuasi o‘ziga xos yo‘laklari va mahobatli binolari bilan sayyohlarni o‘ziga maftun etadi. Samarqandddagi mashhur zotlar xonaqohi o‘ziga xos va tengsizdir, u dovrug‘i olamga yoyilgan Misr ehromlari, Toj Mahal qolaversa yetti mo‘jizaning biri desa bo‘ladigan maqbaralar turkumidir. Afrosiyob tepaliklaridagi Shohi Zinda maqbarasida din arboblari va peshvolari dafn etilgan, u dastlab Samarqand din arboblari va hokimlari tomonidan XI asrda payg‘ambar Muhammad (S.A.V)ning amakilarining o‘g‘li Qusam ibn Abbos sharafiga qurilgan. Qusam o‘z yaqinlari bilan Madinaga qaytayotganida Samarqandda vafot etganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Ba’zi ma’lumotlarda Qusam ibn Abbos o‘lmagan u tirik g‘oyib bo‘lgan deyiladi.

Dastavval bu yerda faqatgina XI asrning 2-yarmida Samarqanddagi ilk qoraxoniylar davrida qurilgan «tirikshoh»ning maqbarasi bor edi. Bu joyga ilgari ham, tub aholi ziyoratlar uyushtirishgan. Keyinchalik xuddi shu yerga 1066 yili Tamg‘ach Bo‘g‘raxon madrasasi qurildi va unga tutash bir qator turkum majmua yuzaga keldi. XI-XII asrlarda serhasham bezatilgan boshqa maqbaralar vujudga kela boshladi. Arxeologlar ulardan bir nechtasini XIV asr inshoatlarining g‘arb tamonidagi yo‘lakdan qazib topdilar. Ular bezaklari bilan Temur davri maqbaralaridan farq qilgan. O‘sha davrda ham, Qusam ibn Abbos maqbarasi «muqqadas» hisoblanib ziyorat qilingan.

XIII asrda mo‘g‘ul istilochilarining Samarqandga qilgan harbiy yurishlari, XI-XII asrga oid ko‘plab inshoatlarni, buzilib, xarobaga aylanishga sabab bo‘ldi. Qabriston XIV asrda qaytadan tiklana boshlandi. Temur hukmronlik qilgan (1370-1405) davrda qurilish ishlari juda jadal sur’atda olib boriladi. Bu inshootlarning ko‘pchiligi bizning davrimizgacha yetib kelgan. Turkum majmua Afrosiyobning shimolidan to janubga shaharning qo‘rg‘on devorigacha cho‘zilgan. Ba’zi dahmalar, XI-XII asrlarga oid maqbaralarning xarobalari ustiga quriladi. XV asr boshlarida binolar Xo‘ja Axmad maqbarasidan Hazrati Xizr masjidiga boradigan yo‘l bo‘ylab quriladi. Temur davri me’morchiligi, bezak berishning yangi texnikalari bilan ya’ni, qirqma koshinlar bilan yanada boyitildi. Maqbaralar ikkitadan, tashqi va ichki gumbazli, baland silindr barabanli kilib quriladigan bo‘ldi.

Shohi Zindada nodir va maftunkor imoratlar anchagina. Har bir maqbara bejirim qutichaga o‘xshaydi. Shohi Zinda mo‘‘jizasi sahanalarning birini namuna tariqasida ajratib ko‘rsatish mushkul. Chunki ularning hammasi betakrordir. Shohi Zinda me’morchilik majmuasi uch qismdan iborat qilib qurilgan. Shohi Zindaga ulkan o‘ymakor darvozadan kiriladi. Peshtoq ravoqining g‘arbiy devorida, uni Abdulaziz Bahodir ibn Ulug‘bek, ibn Shohrux, ibn Temur tomonidan x. 838 yilda (1434-1435) bunyod etilgani yozilgan. Bu inshoat Shohi Zindaning qariyb to‘rt asr davomidagi shakllanish tarixida xotima bo‘ldi. Peshtoq nafis ishlangan.

O‘ymakor eshik, 1911 yilda qurilgan, undagi naqshinkor bezak va yozuvlar kishini o‘ziga tortadi. Eshikda quyidagi «O‘limdan oldin tavba qilmoqqa shoshilgin va Namozni o‘z vaqtida o‘qishni farz bilgin» so‘zlari yozilgan. Pastki qism tarkibiga masjid, mulozimxona hamda madrasa ham kiritilgan. Yozgi masjid ayvoni 1910 yil Samarqandlik usto Mahmud va Muhammad Siddiqlar qurishgan. Uning devorlari ganch naqshlari bilan bezatilgan. Pastki qismdagi yana ulug‘vor qo‘sh gumbazli bino tarixan o‘zida tabarruk zotlarning nomini mujassam etadi. Bu inshoat uzoq davr davomida, Ulug‘bekning ustozi Qozizoda Rumiy nomiga qurilganligi ta’kid etiladi. Lekin Ryui Gonzales Klavixo ma’lumotlariga qaraganda bu maqbara enaga Ulug‘ O‘lja oyim nomiga qurilganligi bayon etiladi. Buni to‘la isbotlash uchun 1979 yil 5 noyabr kuni ichkaridagi qabr ochib o‘rganildi. Haqiqatdan ham u yerdan ayol kishiga xos suyak qoldiqlari topildi. Antropolog Telman Xo‘jayevning aniqlashicha 30-35 yoshlar chamasidagi ayol suyaklari ekan. Maqbarani ichki gumbazlari naqshinkor qilib ishlangan, panellari esa olti qirrali koshinlar bilan bezatilgan. 1949-1952 yillarda maqbara tekshirildi va bosib yotgan tuproqdan tozalanib, qayta qurildi.

Nihoyat tabarruk qirq sirli zina orqali majmuaning o‘rta qismiga ko‘tariladi. Zinaning eni 5 gazni tashkil etadi.

Manbalar[tahrir]