Shirin (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Shirin
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Sirdaryo viloyati
Koordinatalari 40°13′37″N 69°08′04″E / 40.22694°N 69.13444°E / 40.22694; 69.13444Koordinatalari: 40°13′37″N 69°08′04″E / 40.22694°N 69.13444°E / 40.22694; 69.13444
Aholisi 15 500 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Shirin (shahar) (Oʻzbekiston)
Shirin

Shirin — Sirdaryo viloyatidagi shahar (1972 yildan). Viloyatga boʻysunadi. Yaqin t.y. stansiyasi — Farhod (6 km). Viloyat markazi (Guliston shahri)dan 52 km. Urtacha 328 m balandlikda. Aholisi 15,3 ming kishi (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, koreys, rus, ozarbayjon, turkman va boshqalar ha.m yashaydi. Shahar nomi kelib chiqishi toʻgʻrisida turli rivoyat va taxminlar mavjud. Shulardan haqiqatga yaqinrogʻi, shaharning gʻarbiy qismidagi togʻning Farhod qoyasi tagidan oqib oʻtadigan Shirinqiz soyi nomidan olinganligidir. Sh. Farhod GES qurilishi munosabati bilan ishchilar posyolkasi sifatida 1943 yilda vujudga keldi. Shaharda Farhod GES, Sirdaryo issiqlik elektr styasi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mashinasozlik zavodi, sutkasiga 7 t non va non mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona, spirt zavodi va boshqalar, shuningdek, 60 tadan ziyod turli shakldagi xususiy va kichik korxonalar bor. Sirdaryo qurilish boshqarmasi ham shahrida joylashgan. Shaharda 4 umumiy taʼlim maktabi, 1 musiqa maktabi, 2 kasbhunar kolleji, teatr, "Shirin" shahar bozori, 5 kutubxona, 2 muzey, kasalxona (140 oʻrin), bolalar kasalxonasi, vrachlik sogʻlomlashtirish punkti, 2 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 2 feldsherakusherlik punkti, dorixona, "Xavotog" sanatoriysi, madaniyat va istirohat bogʻi, Xotira bogʻi mavjud. "Shirin sadosi" gaz. chop qilinadi. Shahar telestudiyasi faoliyat koʻrsatadi. Shahar web sayti www.shirin.ucoz.ru