Ark

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro arki

Ark — Markaziy Osiyo koʻhna shaharlaridagi hukmdorlar qarorgohi joylashgan qalʼaband oʻrda. Yozma tarixiy manbalarda koʻhandiz, diz, koh, qasr, qalʼa, hisor nomlari bilan ham tilga olinadi. Tabiiy baland tepa yoki maxsus yaratilgan baland doʻnglik ustiga qurilib, atrofi baland devor bilan oʻralgan, bir yoki ikki darvozasi boʻlgan. Ark ichida hukmdorlarning, amaldor va lashkarboshilarning uy-joylari, davlat devonlari. zarbxona, masjid, sardoba va boshqa binolar boʻlgan. Buxoro arki, Qoʻqon oʻrdasi, Koʻhna ark tashqi qalʻaband devorlari, ichkaridagi serhasham saroy binolari saqlanib qolgan. Samarqanddagi Amir Temur bunyod etgan Arki Oliy va Chaqartosh qoʻrgʻon binolarining qoldiqlari, tashqi qalʻa devorlari XIX asrda mustamlaka maʼmuriyati tomonidan atayin buzib tashlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil