Uchquduq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uchquduq
shahar
Monument in memory and honor in Uchquduq.JPG
11 микрорайон, Uchkuduk, Uzbekistan - panoramio.jpg
Uchkuduk, Uzbekistan - panoramio (1).jpg
Uchkuduk, Uzbekistan - panoramio (3).jpg
42°09′24″N 63°33′20″E / 42.15667°N 63.55556°E / 42.15667; 63.55556 G OKoordinatalari: 42°09′24″N 63°33′20″E / 42.15667°N 63.55556°E / 42.15667; 63.55556 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Navoiy viloyati
tuman Uchquduq tumani
Aholisi
27 555
Vaqt mintaqasi UTC+5
Uchquduq xaritada
Uchquduq
Uchquduq
Uchquduq xaritada
Uchquduq
Uchquduq
1983 yil

Uchquduq — Oʻzbekiston Respublikasining Navoiy viloyati Uchquduq tumanilagi shahar (1978-yildan), tuman markazi. Viloyatning shimolida. Temir yoʻli stansiyasi. Uchquduqdan Navoiy shahrigacha 300 km. Aholisi 25,3 ming kishi (2004). 1961-yilda Muruntov oltin konining ishga tushirilishi munosabati bilan barpo etilgan. Uchquduqda oltin, oltingugurt, marmar ishlab chiqaruvchi kon sanoati korxonalari, jumladan, Navoiy konchilik ktiga qarashli Shimoliy kon boshkarmasi, Zarafshon kurilish boshqarmasi tasarrufidagi "Shimol" korxonasi, Koʻkpatos geologiya razvedka ekspeditsiyasi, 31 Qizilqumgeologiyarazvedka partiyasi, Oʻzbekiston—Rossiya "Promelektro" qoʻshma korxonasi, qurilish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va shoxobchalari, avtokorxona, 6 umumiy taʼlim maktabi, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, gimnaziya, konchilik kasbhunar kolleji ishlab turibdi. Madaniyat uyi, 3 kutubxona, klub muassasalari mavjud. Stadion, sogʻlomlashtirish punkti, suzish havzasi va boshqa sport inshootlari aholiga xizmat qiladi. Markaziy kasalxona, tibbiy sanitariya kismi, silga qarshi dispanser, poliklinika, ayollar va bolalar konsultatsiyasi, dorixona, ambulatoriya, 4 kasalxona, 2 vrachlik punkti, davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Shahar hududidan Navoiy—Uchquduq— Nukus yoʻnalishidagi katta avtotrassa oʻtadi. Uchquduq — Miskin yangi temir yoʻl tarmogʻi mavjud.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Uchquduq" OʻzME. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil