Kosonsoy (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Kosonsoy
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Namangan viloyati
Tuman Kosonsoy tumani
Koordinatalari 41°15′0″N 71°33′0″E / 41.25000°N 71.55000°E / 41.25000; 71.55000Koordinatalari: 41°15′0″N 71°33′0″E / 41.25000°N 71.55000°E / 41.25000; 71.55000
Aholisi 43 684 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Kosonsoy (shahar) (Oʻzbekiston)
Kosonsoy

Kosonsoy — Namangan viloyatining Kosonsoy tumanitsagm shahar. Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi va viloyat markazi — Namangandan 28 km. K. viloyatning shim. qismida, Oʻzbekiston bilan Qirgʻizistonni bogʻlab turuvchi avtomagistral yoqasida, Kosonsoy soyining har ikki sohilida joylashgan. Oʻrtacha 760 m balandlikda. Aholisi 41,7 ming kishi (2002), Kosonsoy suv omboridan suv oladi.

K. Oʻzbekiston xududidagi qad. shaharlardan biri. Shaharga miloddan avvalgi 4—3-asr larda asos solingan. Miloddan avvalgi 1-asrda Kushonlar saltanatining poytaxti boʻlgan. Shahar ikki qator baland devor bilan oʻralgan. Uning ichida hukmdor arki, ayonlar uylari hamda ular atrofida aholi xonadonlari joylashgan. Qalʼa devorida uchta darvoza boʻlgan. Shahardan bir oz shimolrokda joylashgan Mugʻ qalʼasi shim.dan keladigan koʻchmanchilar hujumidan muhofaza etgan. Kushon saltanati barham topganidan keyin ham K. bir necha asr davomida Fargʻona vodiysining yirik shaharlaridan biri boʻlib turgan. 5—7-asr larga kelib, Buyuk Ipak yoʻli tarmogʻining Fargʻonadan oʻtishi bilan shaharda savdo va hunarmandchilik yana ravnaq topdi. Karvonsaroylar, savdo rastalari qurildi. 7-asr oxiri — 8-asr boshlarida K. Fargʻona ixshidligi (podsholigi) ning poytaxtiga aylandi. K. tarixiga oid dastlabki maʼlumotlar qad. Xitoy sayyohi Chjan Syan (miloddan avvalgi 128 yil), Syuan Szan (630 yil), arab tarixshunoslaridan Yaʼqubiyning "Kitob ul-Buldon", Muqaddasiyning "Axsan uttaqosim" asarlarida uchraydi.

Yaʼqubiy asarida arablar bosqini davrida K. poytaxt sifatida tilga olingan. Bobur davrida K. Fargʻonadagi mavjud 8 shahardan biri boʻlgan. Shahar nomi qad. Xitoy manbalarida "Kesay" yoki "Gessay" shaklida qayd etilgan. K.ni 1212 yil da naymanlar hukmdori Kuchluk bosib olgan. Keyinroq moʻgʻullarga boʻysungan.

Shaharda shoyi toʻqish, poyabzal f-kalari, mahalliy sanoat, non k-tlari, qurilish tashqilotlari, OʻzbekistonItaliya, Oʻzbekiston-Turkiya qoʻshma korxonalaridan "Kosonsoy-Tekmen", "Atlasmen" va boshqa yuzlab kichik korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. 12 umumiy taʼlim, musiqa maktablari, pedagogika va tibbiyot bilim yurtlari, iqtisodiyot, maishiy xizmat, transport, aloqa va yengil sanoat kasb-hunar kollejlari mavjud. Madaniyat uyi, "Toʻqimachilar" madaniyat saroyi, markaziy va bolalar kutubxonalari, stadion (25 ming oʻrin), "Doʻstlik" va "Yoshlar" xiyobonlari, madaniyat va istirohat bogʻi, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Markaziy kasalxona (330 oʻrin), 3 ta poliklinika, tibbiy tez yordam markazi va boshqa tibbiy muassasalarda 800 dan ziyod tibbiyot xodimi faoliyat koʻrsatmoqda.

Mashhur faylasuf olimlardan Mavlono Alouddin Abubakr ibn Masʼudi Kosoniy, Sayid Axmad ibn Mavlono Jamoliddin Mahdumi Aʼzam, gʻazalnavis shoirlardan Muhammadsharif Oʻzlat Kosoniy, Muhammad Aminxoʻja Kosoniy, Murtazo Kosoniy, yetuk tarixnavis olim Muhammad ibn Vali Kosoniylar shu yerda yashab oʻtganlar. Oʻsha davrlarda shahar oʻzining naqqosh, ganchkor, duradgor, atlas toʻquvchilari bilan dunyoga mashhur boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil