Bogʻot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Bogʻot
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Xorazm viloyati
Tuman Bogʻot tumani
Koordinatalari 41°21′0″N 60°49′0″E / 41.35000°N 60.81667°E / 41.35000; 60.81667Koordinatalari: 41°21′0″N 60°49′0″E / 41.35000°N 60.81667°E / 41.35000; 60.81667
Aholisi 8 800 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Bogʻot (Oʻzbekiston)
Bogʻot

Bogʻot — Xorazm viloyatidagi qishloq. Bogʻot tumani markazi. Bogʻot shim.gʻarbda Xoʻjalik, jan.sharqda Beshariq qishloqlariga yondosh. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Xonqadan 12 km. Bogʻotdan Urganchgacha 30 km. Aholisi 8,8 ming kishidan ziyod (2000). Tarixiy manbalardan B. 2000 yillik tarixga ega ekanligi maʼlum. Bogʻot janubidagi Qalʼajiq (Dovudqalʼa) dan topilgan buyumlar milod boshlariga oidligi aniqlangan. Bu qalʼa "Buyuk ipak yoʻli"da joylashganligi sababli iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy hayotda katta rol oʻynagan. Hozirgi kungacha qalʼaning gʻarbiy qismi mahalliy aholi oʻrtasida "Choʻyanbozor" deb yuritiladi. Hozirda qalʼaning ayrim qismlarigina saqlanib qolgan.

Bogʻotda toʻqimachilik, tikuvchilik fabrikalari, paxta tozalash zavodi, non mahsulotlari kombinati, MTP va boshqalar sanoat korxonalari mavjud. Bogʻot hududidan Urganch — Hazorasp, Xiva — Hazorasp avtomobil magistrallari oʻtgan. Bogʻotda 19-asr oxirlarida katta karvonsaroyli bozor boʻlgan. Bozor ochiq hovlidan iborat toʻrtburchak shakdda qurilgan, rastalari yopiq boʻlib, burchaklarida salobatli gumbazlari boʻlgan. Paxsa devorli va asosi mustahkam boʻlmaganidan saqlanmagan. Bozor atrofida kosib va hunarmandlarning kichik uylari qurilgan. Bogʻot 1970 yildan soʻng bosh reja loyihasiga koʻra rivojlanib bormoqsa. Madaniyat saroyi, Yoshlar uyi, musiqa maktabi, mehmonxona, markaziy kasalxona binolari, ishlab chiqarish binolaridan toʻquv va tikuvchilik fabrikalari, non kombinati, ochiq va yopiq "Navroʻz" bozori majmuasi, "Xumo" choyxonasi, "Baxt uyi", 300 oʻrinli tennis korti kabi jamoat binolari mavjud. 4 ommaviy va bolalar kutubxonasi, musiqa maktabi, 3 umumiy taʼlim maktabi, kattalar taʼlim markazi, bolalar va oʻsmirlar ijod uyi, 6 maktabgacha bolalar muassasasi, istirohat bogʻi, sport va sogʻlomlashtirish majmui faoliyat koʻrsatadi (2000).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Bogʻot" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil