Qoʻqon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoʻqon
shahar
Khudayar Khan Palace, Kokand 01.JPG
Kokand Teahouse (495833).jpg
Amin Beg Madrassah, Kokand (495828).jpg
Church 01 01.JPG
TDTUKokand.jpg
40°31′43″N 70°56′33″E / 40.52861°N 70.94250°E / 40.52861; 70.94250 G OKoordinatalari: 40°31′43″N 70°56′33″E / 40.52861°N 70.94250°E / 40.52861; 70.94250 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Fargʻona viloyati
Hukumat
 • Hokim Maʼrufjon Usmonov[1]
Ilk eslatilishi Eramizdan avval II asr
Avvalgi nomlari Havoqand, shamollar shahri.
Maydon 40 km2 (15 mi²)
Markazi balandligi 409±1 m
Iqlim turi keskin kontinental
Rasmiy til(lar)i oʻzbek tili
Aholisi
254 700 dan oshiq[2][3]
Zichligi 5997.5 kishi/km2
Milliy tarkib oʻzbek, rus, tatar, koreys, tojik
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar.
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 998 91, 90, 99, 33
Pochta indeks(lar)i 150700
Avtomobil kodi 40
Qoʻqon xaritada
Qoʻqon
Qoʻqon

Qoʻqon — Fargʻona viloyatida, sharqiy Oʻzbekistondagi shahar. Soʻx daryosi (tarmogʻi) ning quyi oqimida joylashgan. Aholisi — 254 700 nafar (2020-yil). Qoʻqon xonligining poytaxti boʻlgan. Bu shahar Fargʻona viloyatining yirik shaharlaridan biridir.[4]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

30 Коканд. Приемка хлопка.jpg

Mahalliy tarixchi va arxeologlar orasida shaharning yoshi 2 ming yildan ziyod degan taxmin mavjud. Qoʻqonga oid dastlabki maʼlumotlar 10-asr yozma manbalarida uchraydi. Etimologiyasi haqida turli taxminlar bor [mas, Istaxriy va Ibn Havqal asarlarida „Havokand“ (Hoʻkand) shaklida, yaʼni „goʻzal“, „yoqimli“ yoki „shamol shahri“ maʼnosida uchraydi]. Keyingi asrlarda „Hoʻqandi latif“ degan atama ham ishlatilgan. Undan tashqari „balandlikdagi shahar“, „hular shahri“ [yaʼni, „hu (ku) qabilasi — elati shahri“] versiyalari ham bor. Qadimiy Xitoy qoʻlyozmalarida Qoʻqon nomi „Guyshan“, „Xoʻxan“ tarzida ifodalangan.[4]

Qoʻqonning 18-asrgacha boʻlgan siyosiy tarixi haqida maʼlumotlar juda oz. Qoʻqon podsho Rossiyasi qoʻshinlari tomonidan zabt etilganda Qoʻqon xonligi arxivining koʻp qismi olib ketilgan. Qoʻqon qadimda Hindiston va Xitoyga boriladigan karvon yoʻlida joylashgan. 13-asrda moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Shundan keyin 18-asrgacha Qoʻqon kichik aholi turar joyi sifatida mavjud boʻlgan. 1709 yili Qoʻqon xonligi tashkil topgach, 1711 yili Eskiqoʻrgʻon qalʼasi oʻrnida hozirgi Qoʻqon shahriga asos solindi, istehkom va qalʼa barpo etildi. 1732 yili Abdurahimbiy bu ishni nihoyasiga yetkazdi va shaharni xonlik poytaxtiga aylantirdi. Shu davrdan boshlab shahar Qoʻqon deb atala boshladi. Shaharning mustahkam devori, 12 darvozasi (Xoʻjand, Gʻoziyogʻliq, Quduqliq, Sarmozor, Namangan, Chimyon, Soʻx, Margʻilon, Rishton, Moʻyimuborak, Qatagʻon, Isfara) boʻlgan. Qoʻqon hududi 12 maʼmuriy boʻlak (daha)ga taqsim qilingan. Shaharda 3 mingga yaqin xonadonda 31 ming kishi yashagan. Norboʻtabiy davrida (1766—98) ravnaq topdi, Sharqning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlaridan biriga aylandi. Olimxon hukmronligi davrida (1801 — 1810) esa Qoʻqonning siyosiy mavqei kuchaydi. Umarxon (1810—22) va uning oʻgʻli Muhammad Alixon (1822—1842) hukmronligi davrida Qoʻqonda fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat markaziga aylandi. 1842-yilda Buxoro amirligi hukmdori Nasrulloxon tomonidan bosib olindi. Qoʻqon xonligi rus qoʻshinlari tomonidan ishgʻol etilib, Turkiston general-guber-natorligiga qoʻshib olingach (1876), Qoʻqon yangi tashkil etilgan Turkiston general-gubernatorligining Fargʻona viloyati maʼmuriy markazi boʻladi. Viloyat markazi Yangi Margʻilonga koʻchirilgandan keyin (1877-yil 27-aprel), Fargʻona viloyati uyezd shahri, soʻng vodiyning eng yirik shaharlaridan biri boʻlib qoldi.

Sanoat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻqon qadimdan hunarmandchilik markazi boʻlgan. Qoʻqonda misgarlik, zargarlik, oʻymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qogʻozgarlik, badiiy toʻqi-machilik, doʻppichilik, kashtachilik, temirchilik, koʻpriksozlik kabilar rivoj topgan. Qoʻqon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Qoʻqon qogʻozi hunarmandchilikning alohida tarmogʻi sifatida nom qozongan. Rus tabiatshunosi A. P. Fedchenkoning taʼriflashicha (1871-yilda), Oʻrta Osiyodagi eng sifatli qogʻoz Qoʻqonda ishlab chiqarilgan. Shahar hayotida savdo muhim oʻrin tutgan va ichki hamda tashqi savdoga boʻlingan. Shahar rus qoʻshinlari tomonidan zabt etilgach, podsho Rossiyasi hukumati bu yerda Rossiya manfaati uchun zarur boʻlgan paxtachilik sanoatini rivojlantirishga ahamiyat berdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlariga kelib shahar va uning atrofida 31 paxta tozalash, 5 yogʻ-moy, 7 pilla quritish va 2 ipak qurti urugʻi zavodlari bunyod etilib, ishchilar soni 3000 kishiga yetgan. Turkiston Umumrossiya tovar muomalasiga tortilishi natijasida bir qancha shaharlar, jumladan, Qoʻqonda ham paxta xarid qilish va uni tashish bilan shugʻullanuvchi rus va chet el shirkatlari („Andreyev shirkati“, „Rossiya jamiyati“, „Kavkaz va Merkuriy“, „Eron savdo-sanoat shirkati“, „Sharqiy jamiyat“ va boshqalar) tashkil qilingan. 1913-yilda Qoʻqonda 5 mingdan ortiq savdo doʻkoni, 44 karvonsaroy, 20 bozor, 10 bank, kasalxona, tugʻruqxona va 2 dorixona ishlab turgan. Xonlik davrida Qoʻqonda 52 madrasa faoliyat qoʻrsatib, ulardan dastlabkisi „Madrasai xishtin“ (1729) boʻlsa, soʻnggi qurilgani „Soʻfiyon“ (1891) madrasasidir. 20-asr boshida Qoʻqonda 120 ta eski maktab, oʻndan ortiq jadid maktabi, 3 ta rus-tuzem maktabi, temir yoʻl va savdo-tijorat maktablari va boshqa oʻquv mas-kanlari bor edi. 20-asrning boshlarida Qoʻqonda „Sadoi Fargʻona“, „Yangi Fargʻona“, „Qoʻqon sadosi“ gazetalari chop etila boshladi. 1917-yilning kuzida Qoʻqonda „Turkiston muhtoriyati eʼlon qilindi. Ammo koʻp vaqt oʻtmay bu ozodlik harakatining markazi Qoʻqon bolsheviklar tomonidan qonga botirildi (1918-yil fevral). Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha bu qirgʻinda 10 mingdan ziyod kishi qurbon boʻlgan. 1918-yilda Qoʻqonda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi.[4]

Sport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻlkamizning shahar va qishloqlarida XX asr boshlarida avval „shayton oʻyini“, keyinchalik „yovvoyi oʻyin“ deb nom olgan oʻyinlar paydo boʻldi. Garchand hozirgi futbolga unchalik oʻhshamasa ham maydon va koʻchalarni changitib tashkil etilan bu oʻyin, keng kuloch yoza boshlagandi. Mahalliy yoshlar oʻsha davrlarda chor Rossiyasining oʻlkamizda hizmat burchini oʻtayotgan harbiylari boʻsh vaqtilarini qanday oʻtkazishlari bilan qiziqar edilar. Ular koʻp vaqtlarini bu erlar uchun yangi boshlangan futbol oʻyiniga bagʻishlashar edi. Harbiy qismlarlarga yaqin boʻlgan qishloqdagi yosh yigitlar „yangi“ oʻyinga katta qiziqish bildirib, har bir oʻyinni zavq bilan tomosha qilishadi. Ohir oqibat harbiylarga taqlid qilib, yoshlar oʻzlari maysali tekis maydon topib, u erga darvozalar uchun ustunlar oʻrnatib, oʻziga xos futbol maydoni yaratishadi. Albatda maydon tayyorlash, chim yotqizish, ustunlarni tiklash qoʻqonlik yigitlar uchun qiyin ish emasdi. Eng muhimi futbol oʻynash uchun toʻp topish kerak edi. Albatda u vaqt doʻkonlarda koptok topish mumkin emasdi, askarlardan esa faqat katta pulga sotib olish mumkin edi. Shunday boʻlishiga qaramay, udaburon yigitlar, futbolga boʻlgan ishtiyoq kattaligidan oʻzlari koptok yasaydilar. Yigitlar orasida turli kasbdagi ustalar borligi bu yerda qoʻl keladi. Ulardan biri kosiblikdan xabari borligi uchun, charimdan toʻp tikib koʻradi, lekin uni shishirish uchun kamera topilmaydi. Ular toʻpning ichiga turli engil latta-puttalarni joylashtirib shu tariqa birinchi marta oʻzlaricha toʻp oʻynay boshlaydilar. Biroz vakt oʻtkach bu futbolga fidoi yigitlar pul biriktirib askarlardan xaqiqiy toʻpni xarid qilib olishadi.

Shu tariqa 1912-yili Oʻlkamizda birinchi boʻlib, Qoʻqon shahrida futbol jamoasi tuziladi. Jamoa aʼzolari oldiniga oʻzaro oʻynashadi, keyinchalik xarbiylar bilan raqiblik qilishadi. Ilk uchrashvularda yirik hisobda magʻlubiyatga uchrab kelgan qoʻqonlik yigitlar, keyinchalik oʻzaro oʻyinlarda durang va gʻolib boʻla boʻlashadi, xatto yirik hisobda ham yutiqqa erishadilar. Albatda bunday muvaffaqiyatlarni rivojlantirish uchun boshqa kuchli jamoalar bilan uchrashishlari va oʻzlarining kuchlarini sinab koʻrishlari lozim edi. Tez orada Fargʻona shahridagi xarbiy gornizoning terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazgan qoʻqonliklar kichik hisobda boʻlsa ham, magʻlubiyatga uchrashadilar. Bu magʻlubiyat qoʻqonliklarning gʻururini paymon qiladi va javob uchrashuv — „revansh“, oʻyiniga tayyoralik koʻrishadi. Oradan bir oy oʻtib Qoʻqondagi oʻzlarining maydonda javob uchrashuvini oʻtkazadilar. Bu oʻyinga koʻplab muhlislar ham kelishadi. Oʻyin murosasiz oʻtadi. Shunga qaramay qoʻqonlik yigitlar bu oʻyinda gʻalaba qozonishadi. Endi qoʻqonlik ishqibozlar orasida savdogarlar, boy odamlar paydo boʻladi. Jadidlikning va umuman oʻsha payt, oʻlkamizning maʼnaviy-madaniy markaziga aylangan Qoʻqon shahrida yurtimizning eng ilgʻor yoshlari yigʻilishgandi. Futbol esa kelajagi katta sport turi ekanligini tushunib etgan bu marifatparvarlar xar tomonlama milliy. oʻzbek futbol jamoasini tuzishga intilishadi. Shu tariqa 1912-yili Qoʻqon shahrida „Muzkomanda“ („Musulmonlar jamoasi“) tuziladi. Afsuski, „Muzkomanda“ning ilk tarkibi maʼlum emas, bu xaqdagi maʼlumotlar, xujjatlar saqlanib qolmagan, lekin xaqimizning orasida afsona va rivoyatlarga aylanib qolgan futbolchilar xaqida koʻplab xotiralar gapirilib kelinadi. Bu jamoa mamlakitimiz futbolini rivojlanishida ham katta rol oʻynaydi. „Muzkomanda“ Fargʻona vodiysi boʻylab juda koʻplab shaharlar va qishloqlarda oʻrtoqlik uchrashuvlar oʻtkazadi. Bu oʻyinlardan keyin bu erl

Shoʻro davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi jahon urushi yillarida mehnatkashlari frontga kiyim-kechak, oziq-ovqat, dori-darmon joʻnatib turdilar. Shahar aholisi front uchun 10,7 mln. soʻm pul jamgʻarib berdi. Qoʻqonlik jangchilardan 2 ming 682 tasi sobiq Sovet Itshfoqining orden va medallari bilan mukofotlandi, 12 tasi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi. Qoʻqon Fargʻona viloyatining (Fargʻona shahridan keyin) 2- oʻrindagi sanoat, transport va madaniy markazidir. Shaharda 22 ishlab chiqarish korxonasi mavjud. Shulardan 2 paxta tozalash zavodi, „Ulugʻbek“, „Qoʻqonadyol“, „Shohi-atlas toʻqish“, „Koʻnchi“, „Zilol“, „Qoʻqonyogʻmoy“, „Qoʻqonnon“, „Qoʻqongoʻsht“, „Qoʻqonspirt“, „Mastona“ korxonalari, motor taʼmirlash, marmar, mexanika, „Elektromash“ zavodlari, mashinasozlik, gʻisht, ishlab chiqarish, superfos-fat, „Qoʻqon“ ishlab chiqarish, mebelsozlik, qurilish mahsulotlari korxonalari, ip yigiruv, paypoq-toʻquv, poyab-zal, trikotaj-tikuvchilik fabrikalari ishlab turibdi. Tarix dasturi Qoʻqon xonligi 29 gubernatorni almashtirdi, ikkinchisi eng taniqli Xon Xudoyorxon edi, uning qattiqligi va ochkoʻzligi bilan shuhrat qozongan. U hukmdor, bir marta aylana shaklida oʻz taxtini yoʻqotib, uni qayta tikladi. U shaharni rivojlantirish uchun juda koʻp ishlarni amalga oshirdi: uning nazorati ostida boʻlgan guzarlar, masjidlar va madrasalar qurildi.Qoʻqon Wayback Machine saytida arxivlandi (2-iyun 2021-yil).

Pedagogika instituti 1931-yil, (7 mingdan ziyod talaba), 14 kasb-hunar kolleji (jumladan Qodirjon Haydarov nomidagi tasviriy va amaliy sanʼat kolleji. 1997), akademik litseylar, musiqa va sanʼat maktablari, 44 umumiy taʼlim maktabi faoliyat koʻrsatadi. 12 kasalxona, 2 dispanser, poliklichikalar, dorixonalar, 2 sanatoriy mavjud.

19 kutubxona, 7 klub muassasasi, 6 ta muzey (shu jumladan, oʻlkashunoslik muzeyi), drama teatri, xalq teatri ishlab turibdi. 4 bolalar sport maktabi, 3 stadion, sport zallari va boshqa sport inshootlari bor. Qoʻqon shoir, sanʼatkorlar shahri sifatida tanilgan. Qadimda „Qoʻqon adabiy muhi-ti“ mashhur boʻlgan. Shahardan bir qancha adabiyot namoyandalar: Amiriy, Gul-xaniy, Xon, Gʻoziy, Maxmur, Muhyi, Zoriy, Muqimiy, Qoriy, Komiy, Furqat, Haziniy, Nasimiy Hoʻqandiy va boshqa; Hamza, Ibrohim Davron, Ashurali Zohiriy, Mirzoi Hoʻqandiy, Poʻlatjon Qayumiy kabi maʼrifatpar-var ijodkorlar yetishib chiqqan; Nodira, Dilshod, Barno, Anbar otin, Layli xonim, Mahzuna, Mushtariy kabi ayol ijodkorlar ham shu yerda kamol topgan. 20-asr oʻzbek adabiyotiga Abdulla Qahhor, Sobir Abdulla, Usmon nosir, Amin Umariy va boshqa ijodkorlar katta hissa qoʻshgan. Qoʻqon tarixiga doir koʻplab tarixiy asarlar mavjud („Tarixi jahonnoma“, „Shohnomai Umarxon“. „Muntaxob ug-tavorix“, „Ansob us salotin vatavorixul-havokin“ va boshqalar). Qoʻqon meʼmorligining shakllanishi 18-asrdan boshlanadi. Shu davrda shaharda madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy, koʻprik va boshqa binolar bunyod etildi. Monumental inshootlar Oʻrta Osiyoning qad. shaharlari binolarining tuzilishi taʼsirida qurildi. Qoʻqondagi yirik meʼmoriy yodgorliklardan xapq orasida Madrasai Mir nomi bilan mashhur boʻlgan Norboʻtabiy madrasasitr (1798), undan tashqari Daxmai shohon ansambli (1825), Xudoyorxon oʻrdasi (19-asrning 2-yarmi), Jome masjid (19-asr 1-choragi), Kamol qozi madrasasi (1941) va boshqa ham saqlangan.

Mustaqillik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mustaqillik yillarida shaharda yangi binolar qad koʻtardi, obodonlashtirilib, xiyo-bon va bogʻlar, yangi maydonlar barpo etildi, maktab, gimnaziya, litsey, kasb-hunar kollejlari qurildi. 2 telestudiya, („Muloqot“, „Yolqin“) ishlaydi, 4 gazeta chop etiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bobobekov. H. Qoʻqontarixi. T.,1966; Qoʻqon asrlar silsilasida. Qoʻqon. 2004. Otabek Joʻraboyev.
  • Open Street Map