Guldursun qalʼasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Guldursun qalʼasi - Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl sh.dan 9 km shim.da joylashgan qalʼa harobasi (mil. av. 2—1-asr — mil. 13-asr boshi). Toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (mayd. 35 ga), shinaqli va burjli 2 qator paxsa devori boʻlgan. Mil. 5-asrda nomaʼlum sabablarga koʻra, vayrona holiga kelgan. taxminan 12-asr 1-yarmida qayta tiklanib, xorazmshohlar davlatining dasht chegarasidagi muhim istehkomi hisoblangan. 13-asr boshida moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Turar joy qoldiqlari, sopol idish boʻlaklari, mis tangalar va b. topilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil