Mustaqillik maydoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Mustaqillik maydonidagi Yangi Yil archasi, 2015

Mustaqillik maydoni - Toshkentning markaziy maydoni. Poytaxt aholisining ommaviy tantanalari va boshqa tadbirlar oʻtkaziladigan joy. Oʻzbekiston, Navoiy va Sharof Rashidov koʻchalari oraligʻida, Anhor kanali sohilida joylashgan. Maydon perimetral tarzda qurilgan. 1917-yilgacha Sobor maydoni, 1917—66-yillarda Qizil maydon, 1966—91-yillar Lenin nomidagi maydon, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, 1992 yildan Mustaqillik maydoni deb atala boshlagan. Mustaqillik maydoni hajmiy tuzilishi ja-nubdan shimolga choʻzilgan koʻpyoqli hududiy mujassamotni tashkil qiladi. Ansambl meʼmoriy uslub va koʻlami jihatidan yaxlit turli maʼmuriy binolardan iborat. Bir necha marta rekonstruksiya qilingan. Hukumat uyining dastlabki loyihasi (1931, meʼmorlar V. Arxangelskiy, A. Petlina va A. Sidorov) oʻrta asr mahobatli meʼmoriy shakl yoʻnalishida (serustunli, ravokli, mayda gumbazli) boʻlgan. Keyinchalik mumtoz va milliy meʼmoriy anʼanalar oʻzlashtirilgan holda order tizimi yoʻnalishi amalga oshirilgan (meʼmorlar A. Boboxonov, V. Volchak, S. Polupanov) va zamonaviylik ruhi berilib qayta ishlangan (1946, 1954—65), xoz. kunda bu binolar oʻrnida yangi bino barpo etilishi loyixalashtirilmoqda.

1936-yilda V. I. Leninga haykal oʻrnatilgan. 1975-yil haykal qayta ishlangan. Toshkent zilzilasi (1966)dan keyin maydon tubdan qayta rekonstruksiya qilingan (meʼmorlar S. Odilov, L. Adamov va boshqalar). Choʻziq suv havzasiga ega boʻlgan baland terrasa va uning pastidagi sharshara maidonni baland va past satxlarga ajratadi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Lenin qaykali olib tashlandi, oʻrniga Mustaqillik obidasi (1992) oʻrnatildi. Maydondagi Maʼmuriy binolar (OʻzR Vazirlar mahkamasi, Fizkultura va sport davlat qoʻmitasi, sanʼatshunoslik instituti, 20 qavatli vazirliklar joylashgan bino va boshqalar) erkin joylashtirilgan. 1999 yil 16 fevral voqeasidan keyin Mustaqillik maydonidagi vayron boʻlgan maʼmuriy binolar qayta qurilib, atrofi obodonlashtirildi.

Mustaqillik maydonidagi koʻndalang yoʻlka Xotira maydoni (1998)ga olib boradi. Xotira maydonidagi yodgorlik mahalliy meʼmorlik anʼanalari asosida ayvon va serhasham qator ustunli, devorlariga kitob sahifalari shaklida 1941—45-yillar urushida halok boʻlgan oʻzbek oʻgʻlonlarining roʻyxati berilgan. "Motamsaro ona" haykali, urushda halok boʻlganlar xotirasiga oʻrnatilgan man-gu olov yonib turibdi.

Mustaqillik maydoni yaqinida, "Mustaqillik maydoni" metro stansiyasi va boshqa joylashgan. Turli daraxt va gullar bilan koʻkalamzorlashtirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil