Toshkent planetariysi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Toshkent planetariysi 
Asos solingan sana 7 noyabr 2003-yil
Joylashuvi Oʻzbekiston, Toshkent

Koordinatalari: 41°19′35″N 69°14′32″E / 41.32639°N 69.24222°E / 41.32639; 69.24222 G O


Toshkent planetariysi — Toshkent shahridagi planetariy. 2003-yilda qurilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent shahar planetariysi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 649-f-sonli farmoyishi hamda Toshkent shahar hokimining 2003-yil 7-noyabrdagi 748-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Planetariy binosi Toshkent shahar hokimligi tomonidan qurib berilgan bo'lib, mustaqillikning 12 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirilgan. Dastlab planetariyga Yaponiya hukumati tomonidan beg'araz yordam s

ifatida taqdim etilgan "Konica Minolta" firmasining "Planetarium MC-6" uskunasi o'rnatilgan. 2009-yilda koʻrgazma zali ochilgan[1]. 2014-yil Planetariy oʻz logotipiga ega boʻldi. Tashqi qismiga quyosh tizimi tasviri va Mirzo Ulugʻbekning tasviri tushirilgan bannerlar o'rnatildi. Tashrif buyuruvchilar yanada ko'proq ma'lumotga ega bo'lishlari uchun Planetariyning holl qismidagi devoriga rassomlar tomonidan yulduz turkumlari, sayyoralar va buyuk allomalarning tasvirlari tushirildi. Planetariyga tashrif buyuruvchilarga bir qator qulayliklar yaratildi. Jumladan, namoyishlar zaliga fulldome formatidagi ilmiy-ommabop filmlar va shoularni ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lgan Fepas proektor tizimi o'rnatildi va tashrif buyuruvchilar o'zbek, rus, ingliz tillarida fulldome filmlarni tomosha qilishlari mumkin.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]