Olmaliq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Olmaliq
Mamlakat Oʻzbekiston
Mintaqa Toshkent Viloyati
Koordinatalari 42°38′19″N 58°55′2″E / 42.63861°N 58.91722°E / 42.63861; 58.91722Koordinatalari: 42°38′19″N 58°55′2″E / 42.63861°N 58.91722°E / 42.63861; 58.91722
Iqlim tipi Keskin Kontinental
Rasmiy tili Oʻzbekcha
Aholisi 114 192 nafar (2004)
Milliy tarkibi oʻzbeklar, qozoqlar, turkmanlar
Konfessiyaviy tarkibi Musulmonlar, Xristianlar v.h
Vaqt mintaqasi UTC+5
Avtomobil kodi 95
Olmaliq (Oʻzbekiston)
Olmaliq

Olmaliq — Toshkent viloyatidagi shahar (1951 yildan). Olmaliqsoy boʻyida, Qurama togʻlarining shim. yon bagʻrida, 600–650 m balandlikda. Toshkent shahridan 60 km jan.-sharkda, Ohangaron daryosining chap sohilida. Shaharning shim.sharqida Qurama tizmasi, shim. va jan.sharkda Chatqol tizmalari bor. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Ohangaron (18 km). Maydoni 10,8 km². Aholisi 114,6 ming kishi (2000; 1974 yilda 92,3 ming; 1959 yilda 40 ming kishi). O.da mis konining topilishi shaharning tez oʻsishiga sabab boʻldi. 1954 i. O.da qoʻrgʻoshin-rux f-kasi ishga tushirildi. Qalmoqqir konidan mis rudasi ochiq usulda olina boshladi. O.dagi sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida O. yonida issiqlik elektr st-yasi qurildi. 1963 yil mis eritish zavodi foydalanishgatopshirildi. Kon-metallurgiya k-ti toʻla ishga tushirilib mahsulot bera boshladi. O.dagi rangli metall rudalar oltingugurtga boy. Shu sababli metallurgiya k-tida rudadan oltingugurt ajratiladi va "Ammofos" korxonasiga yuboriladi.

O.da Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlgan uy-roʻzgʻor kimyosi zavodi qurildi. O.da respublika qishloq xoʻjaligining 80% ni fosforit oʻgʻitlar bilan taʼminlayotgan "Ammofos" zavodi, "Poyondoz" gilam, "Pallada Vostok", "Djefinterneyshnl" Oʻzbekiston — Pokiston qoʻshma korxonalari, mebel jihozlari k-ti, "Olmalik,-gʻisht", "Oqtosh" korxonalari, "Krvul-di" oltinli rudani qazib olish koni va boshqa korxonalar bor. Yengil va oziq-ovqat sanoat rivojlanmokda. O.ga Toshkent— Angren t.yildan shoxobcha chikarilgan. Toshkent — O. avtomobil yoʻli oʻtgan. Navoiy konmetallurgiya institutining kon metallurgiya fakulteti, 23 umumiy taʼlim maktabi, 12 kutubxona, 3 madaniyat uyi, oʻlkashunoslik muzeyi, musiqa va sanʼat maktablari, 3 stadion, 36 sport zali, 86 voleybol va basketbol maydonlari, 11 gandbol, 18 tennis zallari va 5 suzish havzasi bor. Shaharda markazlashgan hududiy tibbiy birlashma, bolalar kasalxonasi, "Kimyogar" kasalxonasi, yuqumli kasalliklar, silga qarshi kurashish dispanseri, tugʻruqxona, 10 poliklinika va boshqa tibbiy muassasalar ishlab turibdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil