Oʻzbekiston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi
Ўзбекистон Республикаси
Oʻzbekiston davlat bayrogʻi   Oʻzbekiston davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Kuch adolatdadir
Madhiya: Serquyosh, hur oʻlkam...
Oʻzbekiston Xaritasi
Poytaxt Toshkent
Rasmiy til(lar) Oʻzbek
Hukumat Prezidentlik Respublika
 •  Prezident   Islom Karimov
 •  Bosh Vazir   Shavkat Mirziyoyev
Mustaqillik     Sovet Ittifoqidan
 •  Paydo boʻlgan     1370-yil, (Movarounnahrda)
 •  E'lon qilingan     1-sentabr 1991-yil
 •  Tan olingan     8-dekabr 1991-yil
Maydon  
 • Butun 448,900 km² (56-)
 • Suv (%) 4.9
Aholi  
 • 2013 roʻyxat 30,000,000 (39- oʻrin)
 • Zichlik 65,8/km²
YaIM (XQT) 2013- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$ 113,865 mln.[1] (-)
 • Jon boshiga AQSh$ 3,820
Pul birligi Oʻzbek Soʻmi (UZS)
Vaqt Mintaqasi (UTC+5)
 • Yoz (DST) (UTC+6)
Qisqartma UZ, UZB
Internet domen .uz
Telefon prefiksi +998

Oʻzbekiston (rasman: Oʻzbekiston Respublikasi) — Oʻrta Osiyoning markaziy qismidagi davlat. Oʻzbekistonning poytaxti — Toshkent shahri. Davlat tili — Oʻzbek tili. Maydoni — 448,900[1] km2. Aholi soni (2012) — 29,559,100[2] . Pul birligi — soʻm.

Oʻzbekiston Respublikasi 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat.

Tarixi[tahrir]

Asosiy maqola: Oʻzbekiston tarixi

Geografiya[tahrir]

Oʻzbekistonning umumiy chegarasi 6221 kilometrga, gʻarbiy chekkasidan sharqigacha 1,425 kilometrga, shimolidan janubigacha esa 925 kilometrga choʻzilgan. U gʻarbdan va shimoldan Qozogʻiston (chegara uzunligi 2203 km.) bilan, sharqdan Qirgʻiziston (chegara uzunligi 1099 km.) va Tojikiston (chegara uzunligi 1161 km.) bilan, janubdan esa Turkmaniston (chegara uzunligi 1621 km.) va Afgʻoniston (chegara uzunligi 137 km.) bilan chegaradosh.

Demografiyasi[tahrir]

Aholi piramidasi (2013-yilgi maʼlumot)

Oʻzbekiston aholisi 29,559,100 kishini tashkil qiladi (2012-yil, I-chorak). Aholining aksari qismi (81,7 %[1]dan koʻprogʻi — 24,15 mln.kishi) oʻzbeklardan iborat. Ayniqsa Andijon viloyati aholisida oʻzbeklar hissasi juda katta. Har biri 3 milliondan oshiqroq ruslar, qozoqlar, tojiklar; 2,5 millionlik tatarlar, qirgʻizlar, qoraqalpoqlardan tashqari forslar (200 ming), koreyslar (200 ming), ukrainlar (150 ming), turkmanlar (150 ming), ermanilar (100 ming), arablar va loʻlilar (500 ming) va boshqalar. Aholining 36 % shaharlarda va 64 % — qishloqlarda istiqomat qiladi.

Aholining asosiy qismi — oʻzbeklar boʻlib, ular aholining 81,7 %[1]ni tashkil qiladi. Oʻzbekiston koʻp millatli respublika boʻlib, 130 ga yaqin millat va elatlarning vakillari istiqomat qilishadi.

Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar singari Oʻzbekiston Respublikasining ham aholisi nisbatan „yosh“ boʻlib, uning katta qismi mehnatga layoqatli yoshdadir. Aholi umumiy miqdorining 39 %ini mehnatga layoqatli davrgacha boʻlgan yoshlar, 54 %i mehnatga layoqatli va 7 % mehnatga layoqatli davrdan katta yoshlilar tashkil etadi.[3]

Etnik tarkibi[tahrir]

Maʼlumot 2000-yilga tegishli:

Madaniyat[tahrir]

Oʻzbekiston fuqarosi pasport orqali aniqlanadi. Qadimdan Oʻzbekiston zamini Oʻrta Osiyoda madaniyat oʻchogʻi boʻlib kelgan. Bu yurtdan chiqqan olim-u shoirlar butun dunyoni lol qoldirgan. Hozir ham davlat tomonidan yaratib berilgan keng imkoniyatlar natijasida Oʻzbekistonda madaniyat va sanʼat sohasi rivojlanmoqda. Oʻzbek kinolari xalqaro kinofestivallarning gʻolib boʻlmoqda. Oʻzbekistonda ayniqsa qoʻshiqchilik sanʼati keng rivojlangan. Oʻzbek primadonnasi nomini olgan Yulduz Usmonovani nafaqat Oʻrta Osiyoda, balki butun dunyo boʻylab muhlislarini topish mumkin. Shu qatorga yana Sevara Nazarxon, Ozodbek Nazarbekov Rayhon, larni qoʻshish mumkin.

Din[tahrir]

Aholining koʻpchilik qismi Islom dinining Hanafiya (sunniylar) mazhabidagi musulmonlardir, aholining bir qismi Islom dinining Shia mazhabiga eʼtiqod qilishadi. Bundan tashqari mamlakatda xristian dinining provoslavlar, katoliklar, protestantlar, lyuteryanlar, Arman Apostol Cherkovi, Yahova Shohidlari, Baptistlar, Yettinchi Kun Adventistlari, Koreys Xristianlari va boshqa mazhablari ham bor. Yahudiylik, Buddistlik, Krishnaitlar, Baxailar va boshqa dinlar ham Oʻzbekistonda mavjud.

  • 87,1 %--Islom (Hanafiylar, Sunniylar)
  • 4,8 %-- Xristian (Pravoslavlar)
  • 2,4 %-- Xristian (Katoliklar, Protestantlar, Lyuteryanlar va boshqa xristian mazhablari)
  • 1,3 %-- Islom (Shialar)
  • 0,8 %-- Yahudiylar
  • 4,2 %-- Boshqa Dinlar

Taʼlim[tahrir]

Taʼlim Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb eʼlon qilinadi. Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, eʼtiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, hizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joiy, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashaetganligidan qatʼi nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi. Boshqa davlatlarning fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasida halqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega. Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shahslar bilim olishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.

Davlat va Siyosat[tahrir]

Oliy Majlis (Parliament of Uzbekistan).jpg

Milliy bayramlar[tahrir]

1992-yil 2-iyulda Oliy Majlis qaroriga binoan ushbu kunlar bayram va dam olish kunlari deb eʼlon qilingan:

  • 1 Yanvar — „Yangi Yil Bayrami“
  • 14 Yanvar — „Vatan Himoyachilari kuni“
  • 8 Mart — „Xalqaro Xotin-Qizlar kuni“
  • 21 Mart — „Navroʻz Bayrami“
  • 9 May — „Xotira va Qadrlash kuni“
  • 1 Sentyabr — „Mustaqillik kuni“
  • 1 Oktyabr — „Oʻqituvchi va Murabbiylar kuni“
  • 8 Dekabr — „Konstitutsiya kuni“
  • Ramazon Hayit (Iyd-al-Fitr) bayrami
  • Qurbon Hayit (Iyd-al-Adha) bayrami

Xalqaro Munosabatlar[tahrir]

Oʻzbekiston 37 ta xalqaro tashkilotlar aʼzosi [1]. Quyidagi tashkilotlar Oʻzbekistonda oʻz vakolatxonalariga ega:

  • BMT
  • Narkotiklar nazorati va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha BMT dasturining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi
  • BMTning milliyxalqlar Fondi
  • Qochoqlar boʻyicha BMTning Oliy Komissariat boshqarmasi
  • BMTning bolalar fondi vakolatxonasi — UNICEF
  • BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha vakolatxonasi
  • Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining vakolatxonasi JSST/WHO
  • Yevropada xavfsizlik va hamkorlik Tashkiloti- EXHT /ОSCЕ
  • Xalqaro qizil xoch qoʻmitasining vakolatxonasi — ICRC
  • Xalqaro qizil xoch va qizil yarim oy jamiyatlari fyedyeratsiyasining vakolatxonasi — Red Cross

Xalqaro moliyaviy tashkilotlar:

Viloyatlar[tahrir]

Uzbekistan provinces.png

Oʻzbekiston 12 ta viloyat (Sirdaryo, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Fargʻona, Toshkent) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi dan iborat.

Boʻlinishi Markazi Maydoni (kv.km) Aholisi Raqam
Andijon viloyati Andijon 4,200 1,899,000 2
Buxoro viloyati Buxoro 39,400 1,384,700 3
Fargʻona viloyati Fargʻona 6,800 2,597,000 4
Jizzax viloyati Jizzax 20,500 910,500 5
Xorazm viloyati Urganch 6,300  1,200,000 13
Namangan viloyati Namangan 7,900 1,862,000 6
Navoiy viloyati Navoiy shahri 110,800 767,500 7
Qashqadaryo viloyati Qarshi 28,400 2,029,000 8
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus 160,000 1,200,000 14
Samarqand viloyati Samarqand 16,400  2,322,000 9
Sirdaryo viloyati Guliston 5,100 648,100 10
Surxondaryo viloyati Termiz 20,800 1,676,000 11
Toshkent viloyati Toshkent shahri 15,300  4,450,000 12

Tabiiy resurslar[tahrir]

O‘zbekiston Respublikasida juda katta ishlab chiqarish va mineral xom-ashyo boyligi, noyob qishloq xo‘jaligi xom-ashyosi, qayta ishlash jarayonida olinadigan juda katta yarim fabrikatlar, boy tabiiy resurslar, ravnaq topgan infratuzilma bor.

Foydali qazilmalar razvedkasining zamonaviy darajasi juda boy nodir, rangli va noyob metall konlarini, organik yonilg‘ining barcha turlari — neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, qo‘ngʻir va yarim kokslanadigan ko‘mir, yonuvchi slaneslar, uran, qurilish materiallari uchun xom ashyoning ko‘p turlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir.

Oʻzbekiston hududida 100 xildan ortiq mineral xom ashyolarning keng tarmogʻi aniqlangan boʻlib, hozir ularning 60 dan ortigʻi xalq xoʻjaligining tarmoqlarida ishlatilmoqda.

Oltin, uran, mis, tabiy gaz, volfram, kaliy tuzlari, fosforit, kaolin singari foydali qazilmalarning tasdiqlangan zahiralariga koʻra O‘zbekiston MDH emas, butun jahonda yetakchi oʻrinni egallaydi.

Masalan, oltin zahiralari boʻyicha respublika jahonda toʻrtinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha yettinchi oʻrinda, mis zahiralar boʻyicha 10-11 oʻrinda, uran boʻyicha yettinchi-sakkizinchi oʻrinda, uni qazib olish boʻyicha 11-12 oʻrinda turibdi.

Mavjud boʻlgan mineral xom-ashyo zahiralarining aksariyati hozir ishlab turgan kon qazish komplyekslarini istiqboldagi uzoq muddat mobaynida xom-ashyo bilan taʼminlaydi, ayni vaqtda, oltin, uran mis, qoʻrgʻoshin, kumush, litiy, fosforitlar, kaliy tuzlari, dala shpati, vollastonit, agrokimyo maʼdanlari va shu kabi juda muhim foydali qazilmalarni qazib olishni tashkil etish, quvvatlarni koʻpaytirishga imkon beradi.

Buxoro


Transport[tahrir]

Toshkent shimoliy vokzali


Galereya[tahrir]

Eslatmalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 1,2 Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po statistike : Svedeniya o Respublike Uzbekistan
  2. Gosudarstvenniy komitet Respubliki Uzbekistan po statistike : Informatsionnaya slujba Goskomstata : Demograficheskie dannie — Novosti GKS
  3. www.gov.uz

Havolalar[tahrir]

Portal Vikipediyada Oʻzbekiston portali bor.
VikiOmbor
VikiOmborda Oʻzbekiston
haqida sahifa mavjud.