Vobkent

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Vobkent
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Buxoro viloyati
Tuman Vobkent tumani
Koordinatalari 40°02′0″N 64°31′0″E / 40.03333°N 64.51667°E / 40.03333; 64.51667Koordinatalari: 40°02′0″N 64°31′0″E / 40.03333°N 64.51667°E / 40.03333; 64.51667
Aholisi 16 142 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Vobkent (Oʻzbekiston)
Vobkent

Vobkent (oʻgʻuz shevasidagi "vob" yoki "vahobkent" — "boʻz, qoʻriqaagi qishloq" maʼnosida) — Buxoro viloyatidagi shahar (1981 y.dan). Vobkent tumaninint maʼmuriy markazi. V. — koʻhna shaharlardan biri. Oʻrta asrlarda V. atrofida bir necha qishloq-qoʻrgʻonlar boʻlgan. V.ning gʻarbida joylashgan Narshax qishlogʻi shulardan biri. 10-a.da yashagan tarixchi olim Narshaxiy shu qishloqda tavallud topgan. Narshax qishlogʻi Muqanna qoʻzgʻoloni markazlaridan biri boʻlgan.

V. 14-a. hujjatlarida oʻz qozisiga ega boʻlgan qasaba, yaʼni shahar sifatida Vobkana nomi bilan tilga olinadi. 16-a dan boshlab V. ikki nom — Vobkana va Komot deb yuritila boshlagan. 17-a.ning tarixchi olimi Mahmud ibn Valining ("Bahr ul-asror"; 1634—41) kitobida V. tumani nomi Komot shaklida keltiriladi. V. haqida Mirzo Badening "Majmaʼ al-arqom" ("Raqamlar majmui"; 18-a.) kitobida ham maʼlumotlar uchraydi. 19-a. 2-yarmiga oid vaqf hujjatlarida keltirilishicha, Komot tumani (hoz. Vobkent tumani)dagi Narchoq (Narshax) qishlogʻida hunarmandlar koʻp boʻlgan. V .da qadimda Madrasa, hammom, bozor masjidi, Koʻhna Vobkand, Vobkand Qoʻrgʻoni kabi tarixiy obidalar boʻlib, hozirda saqlanmagan.

V. Buxoroni Samarqand va Toshkent bilan bogʻlovchi avtomobil magistral yoʻli yoqasida joylashgan. V.ning oʻrtasidan Zarafshon daryosining irmogʻi Vobkent daryosi kesib oʻtgan. Yaqin t. y. stapsiyasi — Buxorodan 28 km. Aholisi qariyb 16 ming kishi (2001), asosan oʻzbeklar; shuningdek rus, tojik, tatar, ozarbayjon va b. ham yashaydi. Tuman tashkilotlari, paxta lunkti, hunarmandchilik va badiiy buyuml ar sexi faoliyat koʻrsatadi. Meʼmoriy yodgorliklardan Vobkent minorasi bor.

V.da 1993 y. 120 oʻrinli viloyat sogʻlomlashtirish markazi ishga tushirildi. Q.x. kasb-hunar kolleji (600 oʻrinli), umumiy taʼlim maktablari, stadion, dorixona, davolash muassasalari, maishiy xizmat va jamoat ovqatlanish punktlari, novvoyxona, sanoat mollari va bolalar dunyosi magazini, bozor, kutubxona, madaniyat uyi, mehmonxona, yozgi va kishki kinoteatrlar, aloqa boʻlimi, maishiy xizmat punktlari mavjud.

Qahramon Rajabov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil