Muhammad Rahimxon madrasasi
Madrasa | |
Muhammad Rahimxon madrasasi
| |
![]() | |
Muhammad Rahimxon madrasasi Oʻzbekiston pochta markasida | |
Mamlakat | ![]() |
Hudud | Xorazm viloyati |
Shahar | Xiva |
Manzil | Ichan qalʼa MFY, Boʻyoqchilar koʻchasi, 12-uy |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Xorazm viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Katta |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Muhammad Rahimxon II |
Homiylar | Muhammad Rahimxon II |
Asosiy sana: | |
Maqomi | davlat himoyasida[1] |
Holati | Ichan qal'a muzey qoʻriqxonasi |
Qurilish materiali | Pishiq g'isht |
![]() |
Muhammad Rahimxon madrasasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1871). Muhammad Rahim II (Feruz) qurdirgan. Koʻhna arkning sharqiy darvozasi qarshisida joylashgan. M.Muhammad Rahimxon madrasasi masjid, ayvon, darsxona, kutubxona va hujralardan iborat. Madrasaning old tomoni 2 qavatli, qolgan tomonlari bir qavatli. Burchaklariga guldastalar ishlangan. Xiva meʼmorligiga xos uslubda peshtokli koshinkori naqshlar bilan bezatilgan. Sirli gʻishtlar "qoʻsh" va "bantak" uslubida terilgan. Peshtoqining ikki qanotida 2 qavatli oldi chuqur ravoqli 5 ta hujraga ganchkori panjaralar oʻrnatilgan. Bosh tarzidagi miyonsaroy 9 ta gumbazli xonadan iborat. Masjid va darsxona hujralar bilan oʻzaro bogʻlangan. Hovli murabba tarhli, uch tomoni 76 ta hujra bilan oʻralgan. Janubida gumbazli ayvon va boshqa qoʻshimcha xonalar bor. Keyinroq, madrasaning old tomoniga bir qavatli savdo rastalari qatoridan iborat hovli qurilgan. M.Muhammad Rahimxon madrasasining umumiy tuzilishi va ichki tarhi anʼanaviy Xiva madrasalari meʼmorligidan bir oz farq qiladi.
Umumiy tarhi —62,4x49,7 m; hovli —28,3x28,8 m; darsxona —5,4x5,4 m; masjid — 7,0*7,0 m; savdo qatorlari — 25,0x50,0 m; hovli 16,9x42,5 m.[2]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 22-sentabr 2020-yil.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |