Kastamonu
Kastamonu | |
---|---|
Shahar | |
![]() | |
41°22′35″N 33°46′35″E / 41.37639°N 33.77639°E G OKoordinatalari: 41°22′35″N 33°46′35″E / 41.37639°N 33.77639°E G O | |
Mamlakat | Turkiya |
Hukumat | |
• Hokim | Galip Vidinlioğlu |
Maydon | 183,404 km2 (70,813 mi²) |
Markazi balandligi | 390 m |
Rasmiy til(lar)i | turkcha |
Aholisi (2012) |
96,217 |
Zichligi | 70 kishi/km2 |
Konfessiyaviy tarkib |
|
Vaqt mintaqasi | UTC+3 |
Kastamonu — Turkiya Respublikasining Kastamonu viloyatining markazi hisoblanadi. 2000-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shahr aholisi 102,059 kishi boʻlib, shundan 64,606 nafari shahar markazida istiqomat qiladi[1][2]. (2010-yilda shahar markazi aholisi — 91,012 kishi boʻlgan[3].) Shahar 1,834 km2-maydonni egallaydi va 904 m balandlikda joylashgan[4].
Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shaharga miloddan avvalgi XVIII asrda asos solingan deb taxmin qilinadi. Shahar Rim imperiyasi davrida Timonion (yunonchada: Τιμόνιον) nomi bilan atalgan.
Shahar nomining oʻzgarishi X asrga toʻgʻri keladi. Vizantiya imperatori Isaak I Komnenosning otasi boʻlgan mashhur sarkarda Manuel Erotikos Komnenosga imperator Vasiliy II Kastamonu atrofidagi yerlarni bergan. Keyin Manuel Erotikos Komnenos u yerda Kastra Komnenon (Κάστρα Κομνηνῶν) nomli qalʼa qurdirdi. Kastra Komnenon nomi Kastamone deb qisqartirilgan, keyin esa Kastamoni va Kastamonu nomi bilan turkiylashgan[5].
Ibn Battuta shaharga tashrif buyurib, uni „eng katta va eng yaxshi shaharlardan biri, bu yerda tovarlar koʻp va narxlar past“ deb yozib qoldirgan. U bu yerda qirq kun yashagan[6].
Shaharning mashhur soʻfiy avliyosi Shayx Shabon Veliy boʻlgan[7][8].
Shahar oʻrta asrlarda Candaroğulları bekligi va Çobanoğulları bekligining poytaxti vazifasini bajargan.
Iqtisodiy tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
XX asr boshlarida Kastamonu atrofida nikel qazib olingan[9].
Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kastamonuda 2006-yilda oldin Anqara universiteti va Gazi universiteti qoshida boʻlgan mavjud kollejlar, maktablar va institutlarni oʻz ichiga olgan Kastamonu universiteti tashkil etilgan. Kastamonudagi taniqli oʻrta maktabl: Abdurrahmon Pasa Lisesi boʻlib, shuningdek, Kastamonu Lisesi sifatida ham tanilgan. Ushbu ltsey Usmonlilar imperiyasining oxirida Onadoʻlida tashkil etilgan birinchi zamonaviy oʻrta maktab hisoblanadi. Kastamonu Mustafo Kaya Lisesi Istanbul, Anqara va Izmirdan soʻngra Turkiyadagi eng muvaffaqiyatli oʻrta maktablardan biri sanaladi.
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Umumiy | Shahar markazi | Shahar atrofi |
---|---|---|---|
1965[10] | 67.093 | 23.485 | 43.608 |
1970[11] | 79.279 | 29.338 | 49.941 |
1975[12] | 80.099 | 29.993 | 50.106 |
1980[13] | 88.321 | 35.464 | 52.857 |
1985[14] | 98.109 | 46.986 | 51.123 |
1990[15] | 94.279 | 51.560 | 42.719 |
2000[16] | 102.059 | 64.606 | 37.453 |
2007[17] | 115.332 | 80.582 | 34.750 |
2008[18] | 115.871 | 80.946 | 34.925 |
2009[19] | 119.867 | 86.085 | 33.782 |
2010[20] | 123.972 | 91.012 | 32.960 |
2011[21] | 125.787 | 93.347 | 32.440 |
2012[22] | 128.537 | 96.217 | 32.320 |
2013[23] | 132.710 | 98.456 | 34.254 |
2014[24] | 137.391 | 103.724 | 33.667 |
2015 | 140.944 | 110.908 | 30.036 |
2016 | 146.103 | 114.131 | 31.972 |
2017 | 145.754 | 116.737 | 29.017 |
2018 | 148.931 | 118.282 | 30.649 |
2019 | 152.553 | 124.454 | 28.099 |
2020 | 151.500 | 124.018 | 27.482 |
Izoh: 1987-yilda İhsangazi shaharchasining ajralib chqishi ortidan, shahar aholisi kamaygan
Iqlim[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kastamonu qishi sovuq va yozi iliq boʻlgan nam kontinental iqlimga ega. Yogʻingarchilik yil davomida bir tekis taqsimlanib, bahor oylarida sezilarli oʻsish kuzatiladi.
Kastamonu shahri iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 17,3 | 21,1 | 27,8 | 31,4 | 35,1 | 37,5 | 42,2 | 40,2 | 39,3 | 32,5 | 24,7 | 21,1 | 42,2 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 3,6 | 6,9 | 11,5 | 17,0 | 21,7 | 25,3 | 28,8 | 29,1 | 24,6 | 18,7 | 11,2 | 4,8 | 16,9 |
Oʻrtacha harorat, °C | −0,6 | 1,1 | −4,8 | 9,5 | 14,2 | 17,7 | 20,5 | 20,5 | 16,2 | 11,2 | 4,9 | 0,7 | 10,1 |
Oʻrtacha minimal, °C | −3,8 | −3,1 | −0,4 | 3,4 | 7,7 | 11,0 | 13,0 | 13,1 | 9,5 | 5,9 | 0,5 | −2,4 | 4,5 |
Mutlaq minimal, °C | −26,9 | −22,3 | −19,7 | −8,5 | −3,6 | −0,2 | 3,8 | 0,9 | −1,5 | −7,5 | −19,3 | −23,7 | −26,9 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 29,4 | 28,1 | 38,5 | 50,5 | 77,9 | 89,6 | 36,0 | 38,2 | 38,7 | 34,8 | 27,5 | 36,1 | 525,3 |
Manba: Turkiya davlat meteorologiya xizmati[25] |
Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kastamonu asosiy avtovokzali Turkiyaning koʻpgina yirik shaharlariga avtobus qatnoviga ega. Kastamonu aeroporti faol xizmat koʻrsatadi. Kastamonu, shuningdek, Gʻarbiy Qora dengiz mintaqasi uchun asosiy temir yoʻl punkti hisoblanadi.
Taniqli mahalliy insonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Latifî (1491-1582), Usmonli yozuvchisi
- Iovan Tsaous (Yiannis Eitziridis) (1893-1942), yunon musiqachi va kompozitor
- Oğuz Atay (1934-1977), romannavis
- Rıfat Ilgaz (1911-1993), romannavis
- Halit Akmansü (1883-1923), Usmonli va Turkiya qoʻshinlarida harbiy ofitser
Galireya[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Turkish Statistical Institute. „Census 2000, Key statistics for urban areas of Turkey“ (tr) (XLS). 27-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-noyabr 2008-yil. WebCite saytida arxivlandi (2007-07-22)
- ↑ GeoHive. „Statistical information on Turkey's administrative units“. Qaraldi: 22-noyabr 2008-yil.
- ↑ Statistical Institute[sayt ishlamaydi]
- ↑ Statoids. „Statistical information on districts of Turkey“. Qaraldi: 22-noyabr 2008-yil.
- ↑ Runciman, pp. 54-55
- ↑ Battutah, Ibn. The Travels of Ibn Battutah. London: Picador, 2002 — 117 bet. ISBN 9780330418799.
- ↑ „ŞÂBÂN-ı VELÎ - TDV İslâm Ansiklopedisi“ (tr). islamansiklopedisi.org.tr. Qaraldi: 11-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Laluask: Şaban-ı Veli“. 15-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ Prothero, G.W.. Anatolia. London: H.M. Stationery Office, 1920 — 106 bet.
- ↑ „1965 genel nüfus sayımı verileri“ (turkchaerişimtarihi=2012-yil 3-noyabr). Türkiye İstatistik Kurumu. 24-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ „1970 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 24-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ „1975 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 24-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ „1980 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 8-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ „1985 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 8-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ „1990 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 24-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ „2000 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 6-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ „2007 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 24-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ „2008 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 24-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ „2009 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 24-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ „2010 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 6-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ „2011 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 24-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ „2012 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 24-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ „2013 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 13-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ „2014 genel nüfus sayımı verileri“. Türkiye İstatistik Kurumu. 13-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
- ↑ „Resmi İstatistikler: İllerimize Ait Mevism Normalleri (1991–2020)“ (tr). Turkish State Meteorological Service. Qaraldi: 24-aprel 2021-yil.