Qorixona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qorixona — musulmonlarnpng diniy oʻquv yurti. Unda qorilar taiyorlangan. Dastlab arab mamlakaglarida, keyinchalnk Oʻrta Osiyoda paydo boʻlgan. Q.lar, odatda, maktabxonalar qoshida va katta mozorlar yonida ochilgan. Q.ga maktabxonani tugatgan 10 yoshdan katta oʻgʻil bolalar qabul qilingan. Q.lar xususiy boʻlib, domlalar daromadi bolalar hisobiga boʻlgan. Q.da bolalar 3—4 yil oʻqitilgan. Oʻqish jumadan tashqari har kuni ertalabdan kechgacha davom etgan. Diniy bayram kunlari mashgʻulotlar toʻxtatilgan. Q.larda, asosan. Qurʼon suralari yodlatilgan. Qurʼondagi barcha suralarni yod ayta oladigan bola Q.nn tugatgan hisoblangan. Oʻrta Osiyoda, ayniqsa. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qoʻqonda Q.lar koʻp boʻlgan.