Qanqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qanqa, Xarashkat, Kanka, Qanqatepa — miloddan avvalgi 3-asrmilodiy 12-asr boshiga oid qadimiy shahar xarobasi. Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumani hududida, Ohangaron daryosining qadimiy oʻzani chap sohilida. Shohruxiya arxeologik yodgorligidan taxminan 8 km shim.sharqda qadimiy karvon yoʻli ustida joylashgan. qadimiy Xitoy yozma manbalarida Bitan (Bityan), oʻrta asrlarda Xarashkat nomlari bilan yuritilgan. Qangʻ davlatining poytaxti boʻlgan. Oʻrta asrlarda (911-asrlar) Xarashkat shahri Choch viloyatida Binkat (Toshkent)dan keyin 2shahar hisoblangan. Dastlab, Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi aʼzosi Ye.T.Smirnov (1898), keyinchalik M.Ye.Masson (1934 yil), soʻngra Moddiymadaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish jamiyati (qarangAbdullayev; 1969—72), 1974 yildan Oʻzbekiston FA Arxeologiya instituti tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda. Q. toʻgʻri toʻrtburchak shaklida, umumiy maydoni 200 ga boʻlib, bir necha qator mudofaa devori va xandaqlar bilan oʻralgan, ark 3 shahriston va raboddan iborat boʻlgan. Shahriston I ning maydoni 6,5 ga, shim. qismida ark (balandligi 40 m) joylashgan. Uning atrofi xandaq bilan oʻralgan. Ark va Shahriston I ni 3 tomondan maydoni 50 ga dan ortiqroq Shahriston II oʻrab olgan. Shahristonlarga tashqaridan rabod (maydoni 60 ga) yondoshgan. Miloddan avvalgi 1milodiy 1-asrlarda shahar ravnaq topgan. Shahristonlar va rabodda koʻchakoʻylar, maydonlar, hovuz va oqar suv tarmoqlari hamda paxsa va yirik xom gʻishtlardan bino qilingan turar joy qoldiqlari saqlanib qolgan. Q.dan milodiy 1—2-asrlarda zarb etilgan kumush va mis tangalar (jumladan, 4—11-asrlarga oid tangalar xazinasi), oltin va qimmatbaho toshlardan ishlangan taqinchoqlar, sopol haykalchalar, ostodon (ossuariy), sirlangan va sirsiz sopol idishlar, tosh, suyak va metalldan ishlangan qurol va asboblar hamda devoriy rasm qoldiqlari topilgan. Turli xildagi bunday ashyoviy topilmalar shubhasiz, Q.da ohangarlik, kulolchilik, tikuvchilik, suyak oʻymakorligi rivoj topganidan dalolat beradi. 12-asrda Ohangaron daryosi oʻzanining oʻzgarishi tufayli Q. suvsiz qolib, xarobaga aylangan.

Adabiyot[tahrir]

  • Masson M.Ye., Axengeran: Arxeologotopograficheskiy ocherk, T., 1953;
  • Abdullayev K.A., Izistorii gorodisha Kanka (1969—1972), Istoriya materialnoy kulturn Uzbekistana, Vsh. 12, T., 1975;
  • Buryakov Yu.F., Qosimov M.R., Rostovsev O.M., Toshkent oblastining arxeologik yodgorliklari, T., 1975.