Otajon Abdalov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Otajon Abdalov
Tavalludi 1856
Xiva (Xorazm)
Vafoti 1939
Fuqaroligi Xiva Xonligi
Taʼlimi To'rtko'l rus maktabi
Kasbi ilk o'zbek matbaachi va noshiri
Unvoni Mehnat Qahramoni

Abdalov Otajon (1856-1939) - Xorazmda yashagan ilk oʻzbek matbaachisi va noshiri.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eronlik matbaachi Ibrohim Sultonga shogird tushib toshbosmada kitob bosish hunarini egallagan. Petro-Aleksandrovsk (hozirgi To'rtkol shahri)da rus maktabida tahsil olgan, bir nechta chet tillarini o'rgangan. U ayniqsa adabiyotga qiziqqan va she'rlar ijod qilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Matbaachilik faoliyatini 1874-yildan Xiva shahrida Xiva xoni Muhammad Rahimxon II saroyida tashkil etilgan toshbosmada ishlashdan boshlagan. A.0.1876-yilda Abdunosir Farohiyning "Nisabussibyon" asarini toshbosmada bosib xonga taqdim etdi. Bu kitob Xivadagina emas, balki butun Oʻrta Osiyo miqyosida birinchi bosma kitob hisoblanadi. A.O. bosib chiqarish uchun loyiq asarlarni oʻzi tanlab, ularni Muhammad Rahimxonga chop etishga ruxsat berish uchun tavsiya qilgan. Qoʻlyozmalarni nashrga tayyorlashda oʻziga zamondosh boʻlgan taniqii xattot va shoirlarning koʻmagidan foydalangan. 1876—1910-yillarda A. O. Xiva matbaasida 10 dan ortiq kitobni nashrdan chiqardi. Bular orasida Navoiyning "Hamsa" (asarning "Hayrat-ul Abror" qismi; 1880), "Xazoyin-ul Maoniy", 1881, "Chor devon" (1882), Ogahiyning "Tavizul oshiqin" (1882) nomli asarlari, Muhammad Rahimxon II (Feruz)ning gʻazallari (1897) va "Majmuat ush-shuaro" (1900) toʻplamlari bor.

A. O. Xorazm xalq hukumatining bir qancha xitobnomalari, tarixiy hujjatlarini, Xiva shahrida oʻzbek, rus, turkman, qoraqalpoq tillarida gazetalar chiqarishga boshchilik qilgan. 1917-yillardan so'ng Otajon Abdalov o'z shogirdlariː Ota Miskinov, Qilich Karimov, Boyjon Otajonovlar bilan birgalikda O'zbekiston SSSR da kitob va gazetalarni mukammal tarzda chop eta boshladilar. 1920 yilning mart oyida "Inqilob quyoshi" gazetasining birinchi soni chiqdi. 1923 yil 1 maydan "Inqilob quyoshi" gazetasi birinchi marta bosmaxonada chop etildi. Bunga Otajon Abdalov boshchilik qildi. XXSR hukumati Otajon Abdalovning pespublikada poligrafiya sanoatini rivojlantirish sohasidagi xizmatlarni e'tirof etib, unga Mehnat Qahramoni degan unvon berdi.[1]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Pidayev T., Matbuot — millat chirogʻi, 1999.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  1. "Xiva" Gatsunayev Nikolay. Toshkent 1981-yil "O'zbekiston" nashriyoti. 173-bet..