Rishton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rishton
shahar
Rishton Ceramics ac (1).jpg
40°21′24″N 71°17′5″E / 40.35667°N 71.28472°E / 40.35667; 71.28472 G OKoordinatalari: 40°21′24″N 71°17′5″E / 40.35667°N 71.28472°E / 40.35667; 71.28472 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Fargʻona
Asos solingan E. A. II-asr
Ilk eslatilishi IV asr
Avvalgi nomlari Kuybishevo (1937 - 1977)
Maydon 19 km2 (7.3 mi²)
Aholisi
151 580
Milliy tarkib tojiklar, oʻzbeklar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 73-452-15-51
Pochta indeks(lar)i 151300
Avtomobil kodi 40
Rishton xaritada
Rishton
Rishton

Rishton — Oʻzbekiston Respublikasining Fargona viloyati Rishton tumanidagi shahar (1977-yildan). Tumanning maʼmuriy markazi. Viloyatning gʻarbida, Soʻx daryosining oʻng sohilida, Qoʻqon — Fargʻona avtomobil yoʻli yoqasida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Furqat (12 km). Rishtondan Fargʻonagacha — 52 km. Aholisi 30,9 ming kishi (2003). Aholisi va xoʻjaliklari Soʻx — Shohimardon, Jonobod kanallari va artezian quduqlardan suv oladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rishton XVIII asrda yirik harbiy va iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan qalʼa. Bu yerda Xitoy, Hindiston, keyinchalik rus savdogarlari toʻxtab oʻtganlar. Rishtonda qadimdan kulolchilik rivojlangan. Mashhur Rishton kulollarining mahsulotlari Sharq bozorlarida juda haridorgir boʻlgan. Hozirgi kunda ham Rishton ustalari tomonidan ishlangan sopol lagan, shokosa, koʻzalar va sopoldan ishlangan badiiy buyumlar respublikadan tashqarida ham mashhur.

Rishton shahri Fargʻona viloyatidagi qadimiy shaharlardan biridir. Bu yerda mashhur fiqhshunos Burhoniddin ar-Rishtoniy al-Margʻinoniy tavallud topgan (shahardagi "Chinigaron qabristonida uning ramziy maqbarasi barpo etilgan).

Hozirgi holati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rishtonda yigiruv toʻquv fabrikasi, MTP, badiiy kulolchilik buyumlari zavodi va yuzlab xususiy kulolchilik kichik sexlari, 3 mingdan ziyod yakka tartibdagi hunarmandlar, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi tasarrufida „Us to Abdullo“ korxonasi ishlab turibdi. Dehqon va buyum bozorlari faoliyat koʻrsatadi.

Shaharda 6 umumiy taʼlim maktabi, 2 kasbhunar kolleji, 1 litsey bor. Tuman hokimiyati binosi, davlat va maʼmuriy tashkilotlar, 2 madaniyat uyi, markaziy stadion, markaziy kasalxona, 2 poliklinika va boshqa tibbiy muassasalar, bir qancha savdo, madaniy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil