Gʻuzor
Gʻuzor — Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi shahar (1977-yildan), tuman markazi. Yaqin temir yoʻl statsiyasi Gʻuzor (3 km). Viloyat markazi (Qarshi shahri) dan 58 km janubi-sharqda. Aholisi 22,3 ming kishi (2005). Paxta tozalash. qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, taʼmirlash, qurilish, "Shoʻr-tangaz" unitar shoʻʼba, "Shoʻrtangaz-kimyo" sanoat korxonalari, non kombinati, avtokorxona, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, avtovokzal, avtokemping , dehqon bozori va boshqa ishlab turibdi.

Umumiy taʼlim maktablari, litseylar, kasb-hunar kollejlari bor. Tuman markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Gʻuzor. yonidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Gʻuzordan Qarshi, Samarqand va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |