Nurafshon
Nurafshon | |
---|---|
shahar | |
41°03′0″N 69°36′0″E / 41.05000°N 69.60000°E G OKoordinatalari: 41°03′0″N 69°36′0″E / 41.05000°N 69.60000°E G O | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Toshkent viloyati |
tuman | Oʻrta Chirchiq tumani |
Aholisi (2004) |
25 300 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +99870 |
Avtomobil kodi | 10 |
|
Nurafshon (2017-yilgacha Toʻytepa) — Oʻzbekiston Respublikasining Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi shahar (1973-yildan), tuman markazi. 2017-yil 24-avgustda Toshkent viloyatining poytaxti deb e'lon qilingan va nomi Nurafshon deb oʻzgartirgan.[1] Toshkentdan 37 km uzoqlikda. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Chigʻiriq (5 km). Aholisi 25,3 ming kishi (2004).
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qadimda Nurafshon Mingtepa, Nukat nomlari bilan maʼlum boʻlgan. Shahar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar uning rivojlangan davri (10—12-asrlar)ga toʻgʻri keladi.
Iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shaharda 8 sanoat korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Ishlab chiqarish. birlashmalari, metall konstruksiyalari, paxta tozalash zavodlari, don qabul qilish korxonasi ishlab turibdi. 3 ta yengil sanoat korxonasi, 2 ta oʻquvtajriba korxonasi va boshqa bor. Qoʻshma korxonalardan Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi "Husayn Mirzo", "Kabul—Nurafshon LTD" ip yigiruvtoʻquv, Oʻzbekiston — Turkiya "Bursel" (erkaklar koʻylaklari tikiladi) qoʻshma korxonalar mashhur. Nurafshonda 200 dan ortiq davlat va xususiy tijorat korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 4 umumiy taʼlim maktabi, kattalar va bolalar kutubxonalari, madaniyat uyi, 3 kasalxona, 3 poliklinika bor.
Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nurafshon avtomobil yoʻllari orqali Toshkent shahri va boshqa shaharlar bilan bogʻlangan. T. yaqinidan Toshkent — Angren temir yoʻl oʻtadi. Shaharning jan.gʻarbida Tuyaboʻgʻiz suv ombori ("Toshkent dengizi") joylashgan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |