Sherdor madrasa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sherdor madrasasidan yoʻnaltirildi)
Registan Sherdor madrassah2014.JPG
Lion(or tiger) on the Sher-dor madrassa.JPG
Stamps of Uzbekistan, 2007-31.jpg

Sherdor madrasa - Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (161936). Registon ansambli tarkibida. Mirzo Ulugʻbek xonaqohi oʻrniga Yalangtoʻsh Bahodir qurdirgan. Ulugʻbek madrasasining roʻparasida joylashgan. Madrasa tarhi toʻrtburchak, 2 qavatli. Bosh tarzining 2 qanotida qovurgʻali gumbaz va minoralar joylashgan. Peshtoq ravogʻi ichkarisidagi koshinkori bezak orasida qora zaminli koshinga oq harflar bilan meʼmor Abdujabbor nomi yozilgan. Qanoslaridagi qizgʻish zarhal tusli sher oq ohuni quvmoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq koʻzli qilib tasvirlanib, yuzi zarhal tusli yogʻdu bilan hoshiyalangan. Madrasa nomi shu tasvirdan kelib chiqqan. Binoning serhashamligi shu peshtogʻida. Peshtoqning 2 tomonida gumbazli darsxona va masjid joylashgan. Hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar (54 ta)ning oldi ravoqli ayvon. Ayvonlar yozda darsxona vazifasini oʻtagan. 1960—64 yillarda peshtoqqanoslaridagi koshinkori naqshlar qayta tiklangan.














kimqanaqa bemani so'zlar.