Yangibozor tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yangibozor tumani
Янгибазарский район
Mamlakat Oʻzbekiston
Maqomi tuman
Tarkibida Xorazm viloyati
Maʼmuriy markazi Yangibozor (Yangibozor tumani)
Rasmiy tillar Oʻzbek
Soat mintaqasi UTC+5

Yangibozor tumani — Xorazm viloyatidagi tuman. 1950 yil da tashkil etilgan. Keyinroq Urganch va Gurlan tumanlariga qoʻshib yuborilgan. Tuman yangidan 1989 yilda tashkil etildi. Shim.gʻarbdan Gurlan, jan.sharqdan Urganch, jan.gʻarb va gʻarbdan Shovot tumanlari, shim. va sharqdan Amudaryo orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 0,34 ming km².

Aholisi 66,4 ming kishi (2005). Yangibozor tumani da 1 shaharcha (Yangibozor), 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Boshqirshix, Bogʻolon, Boʻzqalʼa, Oyoqdoʻrmon, UyGʻUR> Chubalanchi, Shirinqoʻngʻirot, Qalandardoʻrmon) bor. Markazi — Yangibozor shaharchasi.

Tabiati. Relyefi pastbaland tekislikdan iborat. Hududi shim.gʻarbga qiyalanib boradi. Yillik oʻrtacha temperatura 11°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 2628°, yanvar

niki —6°. Iiliga 80 90 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 180 — 200 kun. Tumanning shim. va shim.sharqidan Amudaryo oqib oʻtadi. Ekin maydonlari Qilichboyarna, Mangʻitarna, Qoʻngʻirotyop, Nukusyop, Yangiyop, Hiziryop, Olgʻayop, Shabika va boshqalar kanal va ariqlardan sugʻoriladi. Tuproqlari allyuvial, oʻtloqi, oʻtloqibotqoq, shoʻrxok tuproqlar. Baʼzi joylarida kichik qumliklar saqlanib qolgan. Yovvoyi oʻsimliklardan oqbosh, yantoq, shoʻra, chirmovuq, pechak, qamish, yakan, turangʻil, tol, terak, jiyda, ajriq va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, boʻrsiq, quyon, qobon, ilonlar, kaltakesaklar, kalamushlar; qushlardan tustovuq, har xil oʻrdak, gʻoz, qoʻton, birqozon va boshqalar uchraydi. Soy, kanal va boshqalar suv havzalarida har xil baliklar bor.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, qozoq, turkman, rus, tatar, koreys va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 195 kishi. Shahar aholisi 6,3 ming kishi, qishloq aholisi 60,1 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, q.x.ga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, gʻisht zdlari, mahalliy sanoat korxonalari, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Yirik, oʻrta va 151 kichik korxona, shuningdek, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. 2 qoʻshma korxona tashkil etilgan. Yangibozor tumanining yetakchi tarmogʻi paxtachilik va gʻallachilik (shu jumladan, sholichilik); chorvachilik, pillachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik ham rivojlangan.

Umumiy ekin mayd. 19,6 ming ga, shundan 11,3 ming ga yeriga paxta, 4,1 ming ga yeriga don, 81 ga yeriga kartoshka, 246 ga yeriga sabzavot ekiladi (2005). Amudaryo boʻyidagi toʻqay va oʻrmonzorlar — 538 ga. Q x. sohasida 12 q. x. korxonasi, 3 aksiyadorlik jamiyati, 9 xususiy firma, 1226 fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 33,5 mingdan ziyod qoramol, 4,7 mingdan ortiq qoʻy va echki, 64,2 mingga yaqin parranda boqiladi (2005).

2004/05 oʻquv yilida 31 umumiy taʼlim maktabida 16 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oldi. Bolalar sport maktabi, 31 kutubxona, 15 klub muassasasi, stadion, 35 sport zali va boshqalar sport inshootlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi (220 oʻrin), 2 tish davolash poliklinikasi, 10 feldsherakusherlik punkti, 3 qishloqvrachlik ambulatoriyasi, 10 qishloq vrachlik punkti va boshqalar tibbiy muassasalarida 97 vrach (har 10 ming kishiga 14,1 vrach), shuningdek, oʻrta tibbiy xodimlar aholiga xizmat koʻrsatmoqda. 1953 yildan "Yangibozor koʻzgusi" gaz. nashr etiladi. (adadi 2270; 2005 yil)