Qohira

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qohira al-Qāhira القاهرة
Flag of Qohira al-Qāhira القاهرة
Bayroq
Egypt-CIA WFB Map.png
Mamlakat Misr
Hukumat
 - Hokim Dr. Abdul Azim Vazir
Aholi (2006)
 - Jami 15 907 000
Vaqt hududi +2 (UTC)
Birodar shaharlar Frankfurt am Main, Amman, Bayrut, Istanbul, New York shahri, Houston, Ottava, Pekin, Sian, Q7473516, Seul, Stuttgart, Q1492, Minsk, Moskva, Sarayevo, Isfahon, Grenoble, Jeddah, Buenos Ayres, Mexiko shahri, Xartum, Jazoir (shahar), Damashq, Kasablanka, Lagos, Parij
vebsayt: www.cairo.gov.eg

Qohira (arabcha: القاهرة‎) — Misr davlatining poytaxti, qadimiy shahar.

Qohira — Misr poytaxti. Afrikada eng katta shahar. Nil daryosi del-tasidan jan.da, asosan, daryoning oʻng sohilida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan Qohira muhofazasini tashkil etadi. Aholisi 16 mln. kishidan ziyod (2000, shahar atrofi bilan). Iqlimi Oʻrta dengiz boʻyiga xos, oʻrtacha temperatura yanv.da 12°, iyulda 27°. Yillik yogʻin 34 mm, apr. — may oylarida 50 kungacha issiq quruq shamol — xamsin esadi.

Q. — xalqaro havo, mamlakatning temir yoʻl, avtomobil va daryo yoʻllarining yirik chorrahasi. Q. va uning atrofida mamlakat sanoat korxonalarining 1/4 qismi, fka va z-d ishchilarining 1/3 qismi toʻplangan. Mashinasozlik (shu jumladan, transport mashinasozligi) va metallsozlik, toʻqimachilik, kimyo, sement va oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Shahar yaqinida yirik qora metallurgiya markazi bor. Q. — yirik savdo-moliya, arab dunyosining muhim noshirlik faoliyati markazlaridan. Q.da badiiy hunarmandchilik qadimdan rivojlangan: teri, yogʻochdan turli-tuman badiiy buyumlar tayyorlanadi. Shaharda Misr muzeyi, islom sanʼati muzeyi, badiiy muzeylar, Akademiya, un-t, Misr in-ti va boshqa oliy oʻquv yurtlari va i.t. muassasalari (choʻl, tro-pik tibbiyot, qishloq xoʻjaligi institutlari), kutubxonalar, teatrlar bor.

Qadimda (taxminan miloddan avvalgi 17-asrda) Q. oʻrnida qishloq boʻlgan. Rim-Vizantiya davrida shahar Bobil, keyinroq Fustat nomlari bilan mashhur edi. 861 yilda Ahmad al-Fargʻoniy Q. yaqinidagi Ravzo o.da Nil daryosi suvi sathini oʻlchab turadigan nilometr qurgan. Bu noyob inshoot hozirgi qadar saqlanib turibdi. 969 yilda shaharning shim. chekkasida "Misr al-Qohira" ("Gʻolib Misr") nomi bilan Fotimiylar hokimlari qarorgohlari qurila boshladi. 641—969 yillarda K,. Misr, Tuluniylar, Ixshidiylarning arab noiblari, 973— 1171 yillarda Fotimiylar xalifaligi poytaxti boʻlgan. Ayyubiylar (1171 — 1250) va mamluklar (1250-1517) davrida yirik diniy-siyosiy, savdo va hunarmandchilik markazi edi. 1517 yilda shaharni usmonli turklar egalladi. Misr ek-speditsiyasi davrida (17981801) Q. fransuz qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. Shahar aholisi bir necha marta (1798, 1800) bosqinchilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. 19-asr da Q. ancha rivojlandi, yangi turar joylar, sanoat korxonalari qurildi, oliy oʻquv yurtlari tashkil etildi. 1882 yilda Q.ni ingliz qoʻshinlari egallab, uni 1914—22 yillarda Britaniya protektorati maʼmuriy markaziga aylantirdi. 1922 yildan Misr Podshohligi poytaxti. 1953—58 yillarda Misr Respublikasi, 1958—71 yillarda Birlashgan Arab Respublikasi, 1971 yildan Misr Arab Respublikasi poytaxti.

Shahar eski va yangi qismlardan iborat. Eski Q.da (Fustat, Bobil) "Troya minorasi" (miloddan avvalgi 130 yil), vizantiya davri cherkovlari (Avliyo sergiy, Bibi Maryam, Varvara) va ilk arab davri Amr ibn al-Aso masjidi (7-asr), Ibn Tulun masjidi (9-asr); fotimiylar davridan shahar devori xarobalari (11-asr), AchAzhar va boshqa masjidlar, Sabʼa Banot ("Yetti qiz", 11-asr), Umm Kulsum (1122) maqbaralari, masjidlar, Usmonli turklar davridan Sinon poshsho (1571), muhammad Ali (1930—48) masjidlari saqlangan. Yangi shahar qismida keng koʻchalar, koʻp qavatli binolar, xiyo-bonlar, hukumat binolari, un-t shaharchasi, telemarkaz, bank binolari, sanoat r-nlari va boshqa qurilgan.

Havolalar[tahrir]