Tuproqqalʼa
Tuproqqalʼa — Xorazmning qadimgi shaharqalʼa xarobasi; mil. 3—4-asrlardagi xorazmshohlar qarorgohi. Hozirgi Beruniy shahri atrofidagi hududda joylashgan.
1938—50 yillarda S. P. Tolstoye rahbarligidagi Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi tomonidan oʻrganilgan. T. tarhi toʻgʻri burchakli (500×350 m) boʻlib, gumbazsimon yoʻlakli va burjli mudofaa devori bilan oʻralgan. Devorning mustahkam jan. darvozasidan otashkada tomon markaziy koʻcha oʻtgan. Koʻndalang tushgan koʻchalar shaharni 10 ta kvartal (mahalla)ga ajratgan. T.ning madaniy qatlamidan, mil. boshlaridan 6-asrgacha boʻlgan davrga oid ashyoviy materiallar chiqqan. T.ning shim.sharqiy qismida maxsus koʻtarma supa (bal. 14 m, maydoni 80*80 m) ustiga xom gʻishtdan saroy qurilgan. Unga yondosh qilib bal. 25 m li 3 ta minorasi boʻlgan ark binosi (maydoni 40×40 m) bunyod etilgan. Arkka sharq tomonidan kutarma yoʻlak orqali kirilgan. T.da 100 ga yaqin turar joy, xoʻjalik binolari va 8 ta saroy xonalari qazilgan.
Xonalar devori boʻrtma naqshlar va relyefli rangli haykallar bilan bezatilgan (qarang Tuproqqalʼa deeopuii rasmlari va haykalpari). T.ning sharqiy qismida qurolaslaha ustaxonasi boʻlgan, u yerdan temir nayzalar, 3 parrakli oʻqlar, saroyning yemirilib ketgan 2qavatidagi podsho arxividan esa teri va yogʻoch taxtachalarga yozilgan 100 dan ortiq hujjat topilgan. Ular qad. xorazmiy tilida bitilgan (1—3-asrlar). T.dan jun, shoyi, ip gazlama parchalari, boʻyra, rangli gilam, koʻplab haykal boʻlaklari, sopol buyumlar va Kushon tangalari topilgan. T. sugʻorish inshootlarining buzilishi, harbiy toʻqnashuvlar natijasida xarobaga aylangan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Tolstov S. P., Drevniy Khorezm, M., 1448;
- Tolstov S. P., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. T., 1964.
- Dzhabbarov I. Drevniy Khorezm — strana vysokoy kul'tury i unikal'noy dukhovnosti (Etno-istoricheskiye ocherki) Moskva : Institut etnologii i antropologii RAN, 2014.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |