Nurota
Nurota | |
---|---|
shahar | |
40°33′54″N 65°41′06″E / 40.56500°N 65.68500°EKoordinatalari: 40°33′54″N 65°41′06″E / 40.56500°N 65.68500°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Navoiy |
Tuman | Nurota |
Hukumat | |
Asos solingan | 1976 |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbekcha |
Aholisi (2005) |
30 100 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Nurota — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi shahar (1976 yildan). Oqtogʻning etagida, 524 m balandlikda joylashgan. Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Tinchlik (85 km). Nurota viloyat markazi (Navoiy shahri)dan 85 km. Aholisi 30,1 ming kishi (2003).
Nurota Oʻzbekistonning qadimgi shaharlaridan biri. Shahar dastlab 10-asrda Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarida "Hyp" shaklida (shu yerdagi mashhur "Hyp" chashmasi nomidan) tilga olingan. Mahalliy rivoyatlarda shaharning paydo boʻlishi Iskandar Makduniy davriga borib taqaladi. Keyinchalik shaqar bu yerda yashab oʻtgan mashhur Shayx Abulhasan Nuriy (9-asr) sharafiga "Nurota" deb atala boshlagan. Nurota ustidan Buyuk ipak yoʻlining bir tarmogʻi oʻtgan. U oʻtmishda harbiy-strategik ahamiyatga ega boʻlib, yirik savdo markazi ham hisoblangan. "Hyp" qalʼasi qadimdan Jizzaxdan soʻng Buxoro va Samarqand vohasiga kirish uchun ikkinchi darvozahisoblangan. Nurota (kad. "Hyp") Buxoroning shimolidagi chekka shahar boʻlib, madaniy oʻtroq aholi va koʻchmanchi xalqlar yashaydigan qudud che-garasida joylashgan. Oʻgʻuz turklari Nurota voxasidan avval Xuroson, soʻngra Kichik Osiyo yarim orolga borib oʻrnashgan va Saljuqiylar davlatiga asos solgan (11-asr). Qad. tosh yoʻli orqali Nurga koʻplab karvonlar kelib toʻxtagan. Chingizxon qoʻshinlari Buxoroga borishda xuddi ana shu yoʻldan (1220 yil yanv.) Nurga kirib kelgan. Shu bois tosh yoʻli "xon yoʻli" nomi bilan ham yuritilgan. Nurota Somoniylar, Abdullaxon davri (16-asr)va undan keyingi davrlarda ham muhim strategik is-tehkom hisoblangan. Nurotaning ulkan boyligi uning marmar konidir. Shahardagi "Nurotamarmar" sanoat korxonasi ushbu kon xom ashyosi asosida ishlayapti. Shuningdek, Nurotada non kombinati, tikuvchilik fabrikasi, "Nurbuloq", "Nu-robod" aksiyadorlik jamiyatlariga karashli korxonalar, bir necha bozor, savdo doʻkonlari, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 8 umumiy taʼlim maktabi, pedagogika, qishloq xoʻjaligi kasbhunar kollejlari, 7 ommaviy kutubxona, klub, "Chashma" oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi (2003). Nurotada 2 kasalxona, 10 dorixona va boshqa tib-biyot muassasalari mavjud.
Xalq amaliy sanʼat va hunarmandchiligi qadimdan rivojlangan. Nurota us-talari tomonidan tayyorlangan du-radgorlik, temirchilik, chilangarlik, quruvchilik, kulolchilik, miskarlik, kashtachilik, zargarlik mahsulotlari hamisha haridorgir boʻlib kelgan.
Nurotada antik davrda qurilgan Hyp qalʼasi qoldiklari (uni Iskandariya, Iskandar qalʼasi ham deyishgan), Piro-sta mudofaa devori qoldiqlari va qad. korizlar sistemasi (taxminan miloddan avvalgi 4—3-asrlar), "Chilustun" jome masjidi (9— 20-asr boshlari), Katta Gumbaz masjidi (1582 — 90 yillar), "Sayidota", "Okmas-jid", "Bargsoʻz" masjidlari (19-asr oxiri — 20-asr boshlari), Sudur Bobo hammomi (1928 yil) kabi meʼmoriy va tarixiy yodgorliklar saqlanib qolgan. Shaharda Mozori Sang Andoz (Paxlavon Ahmad Zamjoi), Shoi-ris (Bibisitam Tagalbos), Mozori bandikusho (Hoji Burhoniddin Jarroh), Chilla mozor (Xoja Ubaydullo Jarroh), qad. Hyp chashmasi kabi ziyoratgohlar mavjud.[1]
Nurota shahri tarixini shu joyda Nur qalʼasini qurdirgan Iskandar Zulqarnayn bilan bogʻlashadi. Nurotada Chashma bulogʻi bor, buloq shifobaxsh hisoblanadi. Diniy va turizm ahamiyati bor.[2]
Aholisi[tahrir]
1979[3] | 1989[4] | 2005[5] | 2020[6] |
---|---|---|---|
15 948 | 21 001 | 28 200 | 92 505 |
Manbalar[tahrir]
- ↑ Abdiyeva, Zulxumor; Rajabov, Qahramon. "Nurota" OʻzME. N-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Адвантур
- ↑ Перепись-1979
- ↑ Перепись-1989
- ↑ Citypopulation
- ↑ Citypopulation
|
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |