Tugʻruqxona
Tugʻruqxona — davolash-profilaktika muassasasi. Ayollarga homiladorlik, tugʻruq va chilla davrlarida malakali tibbiy yordam (qatnab yoki statsionar sharoitda) koʻrsatadi hamda ularga xos ginekologik kasalliklarni davolaydi, shuningdek, chaqaloqlarni parvarish qilish va tegishli tibbiy yordam koʻrsatish ishlarini olib boradi. 1996-yildan Oʻzbekistondagi mavjud T.lar tugʻruq majmui (kompleksi) deb yuritiladi, ular boshqa davolash-profilaktika muassasalari, xususan, oilaviy poliklinikalar bilan uzviy bogʻliq holda ish koʻradi, bu esa onalar va chaqaloqlar salomatligini muntazam nazorat qilish imkonini beradi. Koʻzi yoriydigan ayollarning turar joylaridan qatʼi nazar zarur hollarda tugʻruq majmuida zudlik bilan akusher-ginekologik yordam koʻrsatiladi (yana qarang Onalar va bolalar muhofazasi, Tugʻruq, Tugʻruqqa yordam berish). Hozir Oʻzbekistonda 230 ta tugʻruq majmui, 46 ta perinatal markaz, tuman markaziy kasalxonalari tarkibida 200 dan ortiq tugʻruq boʻlimlari faoliyat koʻrsatmoqda; Toshkent shahrida esa 15 ta yirik tugʻruq majmui va 3 ta perinatal markaz ishlab turibdi (2025).
Tug'ruq komplekslarini tashkil etish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tug'ruq komplekslarini tuzilishi va ularni tashkil etish yagona tamoyil asosida O'zbekiston Sog'liqni Saqlash Vazirligining 2003-yil 13-noyabrdagi 500-sonli buyrug'i bo'yicha amalga oshiriladi. [1]
Tug'ruq komleksi tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Statsionar bo'lim;
- Davolash-diagnostika bo'limi;
- Ma'muriy-xo'jalik bo'limi.
Tug'ruq statsionarining tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- qabul bo'limi;
- homiladorlar patologiyasi bo'limi(umumiy akusherlik o'rinlarining 30-35 foizi);
- I akusherlik bo'limi(umumiy akusherlik o'rinlarining 25-30 foizi);
- II akusherlik bo'limi(umumiy akusherlik o'rinlarining 25-30 foizi);
- homiladorlar, tug'ruq jarayonidagi va tug'ruqdan keyingi ayollar uchun reanimatsiya va intensiv terapiya bo'limi;
- yangi tug'ilgan chaqaloqlar uchun reanimatsiya va intensiv terapiya bo'limi;
- ginekologiya bo'limi(akusherlik kompleksi o'rinlarining 15-20 foizi);
- sterilizatsiya va laboratoriya bo'linmalari.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ [SSV „SSV 500-sonli buyruq“]. https://soffmarket.uz/product/taqdimotlar-tibbiyot-perinatal-yordam-samaradorligini-oshirish-yuzasidan-tugruq-komplekslari-bolumleri-ishlari-qayta-tashkil-qilish-va-shifoxona-ichi-infektsiyalarini-oldini-olishti. Qaraldi: 2026-yil 10-iyun.