Magʻoki attori masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Magʻoki attori masjidi - Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (1016-asrlar). Magʻok (chuqurlik)da va attor bozori yaqinida joylashgani sababli Magʻoki attori masjidim. deb nomlangan. Qad. 4 ustunli Moh masjidi (9-asr) oʻrnida 12-asrda eski loyiha asosida qayta qurilgan (1934 yilda arxeologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan). 14-asrda taʼmirlangan, 15-asrda peshtoqining yuqori qismi buzilgan. Abdulazizxon davrida (154142 yillar) binoning yuqori shemi, gumbazlari qayta qurilgan. Masjid tarhi (13,35x17,6 m) sodda yechimga ega, ichkarisi 6 ustunli, 12 gumbazli, oʻrta gumbazi balandroq boʻlib, uning asosi (poygumbazi)dagi darchalar orqali bino ichiga yorugʻlik tushadi. Sharqiy qismini keng pillapoyali zina egallagan. Bosh tarzidagi peshtoq gʻayriodatiy ravishda binoning yon tomoni (jan.)da joylashgan. Keyinchalik sharqiy qismiga qayta qurilgan. Peshtoqining koʻrinishida yoysimon chuqur ravoq va undagi oʻziga xos bezaklar muhim oʻrin tutadi. Ganch va mayda gʻisht boʻlakchalaridan bezatilgan peshtoq hashami gʻoyatda nafis va yuksak badiiy did bilan bajarilgan. Namoyon oʻlchamlariga mutanosib ravishda murakkab boʻrtma bezaklar ishlangan. Ustungoʻshalari oʻyma naqshlar bilan, boshasi vazasimon shaklda koʻrkamlashtirilgan. Magʻoki attori masjidim.ning bezaklari 12-asr Buxoro meʼmorlik maktabining yuksak namunasi sifatida Oʻzbekiston meʼmorlik tarixida alohida oʻrin tutadi. 1939 — 49 yillarda peshtoqi mustahkamlanib taʼmirlangan, atrofi obodonlashtirilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Magʻoki attori masjidi" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil