Chimboy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Chimboy
Mamlakat Oʻzbekiston
Mintaqa Qoraqalpogʻiston
Koordinatalari 42°56′09″N 59°46′31″E / 42.93583°N 59.77528°E / 42.93583; 59.77528Koordinatalari: 42°56′09″N 59°46′31″E / 42.93583°N 59.77528°E / 42.93583; 59.77528
Asos solingan 1926
Aholisi 39571 inson (2009)
Konfessiyaviy tarkibi Musulmonlar, Xristianlar v.h
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 6144
Chimboy (Oʻzbekiston)
Chimboy

Chimboy — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimbry tumanidagi shahar (1974 yildan), tuman markazi. Amudaryo deltasida, Kegeyli kanalining har ikkala sohilida, Nukus temir yoʻl stansiyasidan 56 km. Aholisi 46,2 ming kishi (2004).

CH. 17-asrda baliqchilar va chorvadorlar qalʼasi sifatida vujudga kelgan. 1976—77 yillarda shahar hududida qoraqalpoq arxeologlari tomonidan oʻtkazilgan qazishma ishlari natijasida bu yerdan 7—8-asrlarga oid ashyolar topilgan. Taryxiy manbalarda Ch. dastlab’ Shoxtemir deb yuritilgan. 1643 yilda bu qalʼa Xiva xonligining Orol dengizi jan. sohilidagi hududlarining markazi boʻlgan. 1740 yilda Xivaga kelishda poruchik Gladishev Shoxtemirdan oʻtgan. 1741 yil geodezist Muravin tuzgan xaritada ham Shoxtemir koʻrsatilgan.

1890 yilda Ch.da rustuzem maktabi va tibbiy punkt ochilgan. 20-asrning 1choragida bu yerda 80 ta savdo doʻkoni boʻlgan. Chimboylik savdogarlar Orenburgdan matolar va boshqa mollarni olib kelishgan. 1907—08 yillarda beda urugʻi va boshqa turli mahsulotlar Rossiya, AQSH, Germaniyaga eksport qilingan. Shu davrda Ch.da paxta tozalash, yogʻmoy, koʻnteri zdlari qurilgan; 1913 yilda beda urugʻini tozalash zdi ishga tushirilgan. 1916 yilda Ch. aholisi rus podsho hukumatining mahalliy aholini mardikorlikka olishga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. 1919 yilda Chimboyda yangi maktablar ochilgan. 1920 yilda Amudaryo viloyati tuzilib, u ikki uyezdga (Shoʻraxon va Chimboy) boʻlingan. Oʻsha yili Ch.da bolalar internati faoliyat koʻrsata boshlagan. Ch.ga 1927 yilda shaharcha maqomi berilgan. 1980 yil temir yoʻl oʻtkazildi.

CH.da paxta tozalash, yogʻmoy, keramika, asfaltbeton zdlari, mahalliy sanoat korxonalari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi ilmiy tadqiqot instituti, naslchilik styasi, umumiy taʼlim maktablari, ped. kasbhunar kolleji, kutubxonalar, klub muassasalari, madaniyat uylari, oʻquvchilar madaniyat saroyi mavjud. Kasalxona, tugʻruqxona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi.

Chimboy shahri Nukus shahridan 56 km uzoqlikda joylashgan. Aholi soni 39 571 kishi istiqomat qiladi (2009).

Iqlimi[tahrir]

Chimboy iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C {{{Yan_m_maks}}} 24 35 37 41 43 45 46 41 34 27 20 46
Oʻrtacha maksimal, °C 1 4 11 22 28 34 35 34 27 19 10 3 19
Oʻrtacha harorat, °C −4 −2 5 14 21 26 28 26 19 11 4 −2 12
Oʻrtacha minimal, °C −8 −7 −1 7 14 18 20 18 11 4 −1 −6 6
Mutlaq minimal, °C −34 −30 −23 −9 −1 5 8 7 −4 −13 −26 −30 −34
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 12 12 20 18 21 7 4 3 3 7 15 12 134
Manba: Погода и климат

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]