Gurlan tumani
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Xorazm viloyati |
Maʼmuriy markazi | Gurlan |
Asos solingan sanasi | 1926-yil |
Hokim | Madrahimov Qahramon Egamberganovich |
Aholi (2008) | 122,6 ming [1] |
Zichligi | 278,6 kishi./km² |
Millatlar tarkibi | Oʻzbeklar |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar |
Maydoni | 0,45 ming km² |
![]() | |
Soat mintaqasi | UTC+5 |
Gurlan tumani — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyada tashkil etilgan. Janubda viloyatning Shovot tumani, janubi-sharqda Urganch, Yangibozor tumanlari va shimoli-sharqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 0,45 ming km2. Aholisi 111,9 ming kishi (2002). Gurlan tumanida 1 shaharcha (Gurlan), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Birlashgan, Vazir, Guliston, Dehqonobod, Doʻsimbiy, Olgʻa, Saxtiyon, Xizireli, Sholikor, Eshimjiyron, Oʻzbekistan) bor. Markazi — Gurlan shaharchasi[2].
Tabiati[tahrir]
Relyefi bir oz past-baland tekislikdan iborat boʻlib, shimoli-gʻarbga qiyaroq. Iqlimi kontinental. Iyulning oʻrtacha harorati 26—28 °C, yanvniki — 6 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin 100 mm. Vegetatsiya davri 180—200 kun. Tumanning shimoliy va shimoli-sharqidan Amudaryo oʻtadi. Tuman ekinzorlari Qilichboyarna, Qiyotqoʻngʻirot, Daryoliq, Asyop, Toʻqsonarna, Nukusyop, Xizirliyop. Yangiyop, Olgʻayop, Savoyop kabi kanal va ariqlardan sugʻoriladi. Tuprogʻi allyuvial, oʻtloqi-botqoq va shoʻrxok tuproq. Tuman hududida kichikroq qumliklar ham bor. Yovvoyi oʻsimliklardan oqbosh, yantoq, shoʻra, pechak, qamish, yakan va b. usadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, boʻrsiq, quyon, qobon, ondatra, parrandalardan tustovuq, oʻrdaklar uchraydi.
Aholisi[tahrir]
Gurlan tumanining aholisi asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, qozoq, koreys va boshqa millat vakillari ham bor. Aholisi 122,6 ming kishi 1 km2 ga 278,6 kishi toʻgʻri keladi (2008). Shaharliklar 24,0 ming, qishloq aholisi 87,9 ming kishi.
Iqtisodi[tahrir]
Tumanda 2008-yil 1-oktabr xolatiga 2968 ta korxona roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, shundan 2697 tasi faoliyat koʻrsatmoqda. Faoliyat koʻrsatayotgan 2697 ta korxonadan 2533 tasi kichik biznes subʼektiga qarashlidir. Tumanda 1 ta yirik sanoat korxonasi, 3 ta qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda
Xoʻjaligi[tahrir]
Gurlan tumani asosan qishloq xoʻjaligigaga ixtisoslashgan. Paxta tozalash zdi, bosmaxona, xalq isteʼmoli mollari va poyabzal fabrikalari, mahalliy sanoat korxonasi, „Gurlan“ toʻqimachilik majmuasi mavjud. Kalava ip, gazlama, trikotaj gazlama va tayyor trikotaj kiyimlar ishlab chikarilmoqda. Tumanda 350 xususiy va kichik korxona va 9 aksiyadorlik jamiyati bor. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 28,9 ming ga, ekinzorlar 25,2 ming ga, shundan 12,3 ming ga paxta 1,6 ming ga sholi, 3,1 ming ga gʻalla ekinlari, 513 ga sabzavot-poliz ekinlari, 182 ga makkajoʻxori bilan band. Gurlan tumanida 12 shirkat xoʻjaligi, 535 dehqon-fermer xoʻjaligi va boshqa xoʻjaliklar bor (2002). Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 36,9 ming qoramol, 6,1 ming koʻy va echki, 104,7 ming parranda boqilmoqda (2002).
Ijtimoiy soha[tahrir]
2001/2002 oʻquv yilida 43 umumiy taʼlim maktabida 26,4 ming oʻquvchi, 4 litseyda 837 oʻquvchi taʼlim oldi. 40 jamoat va bolalar kutubxonasi, 15 madaniyat uyi, 495 oʻrinli 4 kasalxona va dispanser, 13 ambulatoriya, 11 qishloq vrachlik punkti boʻlib, ularda 293 vrach, 1021 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1931-yildan „Gurlan hayoti“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 2500 dan ziyod)[3].
Manbalar[tahrir]
- ↑ Tuman haqida, archived from the original on 2013-10-06, https://web.archive.org/web/20131006034641/http://xorazm.uz/uz/shahar_va_tumanlar1, qaraldi: 2013-09-14
- ↑ СОАТО Система обозначений административно-территориальных образований. Asl nusxadan arxivlandi (2012-08-28). 2011-10-01.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
|
|