Poykend

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Poykend, Poykand – qad. karvon yoʻli ustida qad koʻtargan shahar harobasi (miloddan avvalgi 43milodiy 11-asrlar). Buxorodan 44 km janubi-gʻarbda, Jondor va Qorakoʻl tumanlari tutashgan xududda joylashgan. Oʻrta asr yozma manbalarida shahar Boykand, Xitoy solnomalarida esa Bi nomlari bilan tilga olinadi. Uning nomlari "Quyi shahar" maʼnosini anglatadi. P. tashqi devorlarining nihoyatda mustahkamligidan sha-har ilk oʻrta asrlarda "Shahristoni Roʻin", yaʼni "Jezdan qurilgan shah-riston" (Jez shahar) nomi bilan shuh-rat topgan.

P. oʻtmishda 4 qism: 1) darvozali ark (maydoni 1 ga); 2) darvozali ichki shahriston (maydoni 11 ga); 3) darvozali tashki shahriston (maydoni 6 ga); 4) sharq, gʻarb hamda jan. tomonlarida qad koʻtargan (maydoni 100 ga dan oshiqroq) ulkan ra-bodlardan iborat boʻlgan. Arqsa qad. ibo-datxona, podshoh saroyi, 910-asrlarda qad koʻtargan koshinkor mehrobli jome mayejidi, ichki va tashki shahristonlarda savdogar va hunarmandlarning turar joy, mahalla-koʻylari, ichki bozor, us-taxona, nonvoyxona va dorixonalar kabi bino va inshootu korxonalar joylashgan. Shaharning rabod qismida esa 50 dan ortiq naus (ostodonlar xilxonasi)lardan iborat otashparastlarning qabristoni (nekropol), tashki bozor va bir necha (Narshaxiyning koʻrsatishicha, mingdan ortiq) rabotlar, yaʼni karvonsaroylar qad koʻtargan. Manbalarda qayd etilishicha, islomiyat davrida ham P. nauslari ochiqboʻlgan. Otashparastlar oʻz marhumlari ustuxonlarini hatto, Buxoro shahridan P. nauslariga eltib dafn etganlar.

Ayrim maʼlumotlarning guvohlik berishicha, P. qad. Buxoro hukmdorlarining qarorgohi boʻlgan. Har bir pod-sho oʻzi uchun bu shaharda oʻrdugoh barpo etgan. Eftaliylar davlati hukmronligi davrida (5-asrning 2yarmi va 6-asr boshlari) u poytaxtga aylantirilgan. Nar-shaxiyning yozishicha, shahar aholisining aksariyati savdogar boʻlib, ular Xitoy va dengiz boʻyi mamlakatlari bilan savdo qilganlar va juda davlatmand boʻlgan. Shu boisdan arab geograflari Ibn Hurdodbeh va Ibn al-Faqihlar P.ni "Madina at-tujjor", yaʼni "Savdogarlar shaxri" nomi bilan taʼrif etadilar.

P. oʻz tarixi jarayonida Buxoro voha-sining nafaqat yirik savdo markazlaridan biri sifatida, balki tutgan geografik oʻrni jihatidan Gʻarbiy Sugʻdning siyosiy hayotida strategik tomondan muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Vohaning janubi-gʻarbiy chegarasida harbiy istehkom sifatida bino qilingan P. ilk oʻrta asrlarda Buxoro viloyatining atrofi yagona mudofaa inshootiKan-pir devor bilan oʻrab olingunga qadar u jan.gʻarb, dasht hududlaridan mutta-sil sodir boʻladigan koʻchmanchi qabilalarning chopkunlarini qaytarish va tashqi dushman hujumlarining yoʻlini toʻsib, ularga dastlabki zarbalarni berishda mustahkam harbiy qaror-goh vazifasini oʻtagan. Uning mudofaa inshootlari nihoyatda mustahkam qurilgan boʻlib, zamonasining har qanday qamaliga bardosh bera olgan.

P. arki, ichki va tashqi shahristonlarining har biri alohida qalin (3,5– 5 m) va baland devorlar halqasi bilan oʻralgan. Devor boʻylab har 60 m masofada va tashqi burchaklarda baland (11,5–12,5 m ) 2 qavatli burjlar oʻrnatilib, darvoza atrofi mudofaa inshootlari (labirint) bilan mustahkamlangan. Shahar devorlari va burjlari har 1,6 m oraligʻi boʻylab shaxmat uslubida 3 qator nishon tuynuklari (tirkash) oʻrnatilgan.

674 yilda P. Arab xalifaligi lashkar-boshisi Ubaydulloh ibn Ziyod tomo-nidan fath etiladi. 707 yilda esa P. xalifalikning Xuroson voliysi Kutay-ba ibn Muslim tomonidan qamal qili-nadi. P.liklar qattiqturib arablarga qarshilik koʻrsatadilar. Qamal 50 kun davom etadi. Kuch bilan P.ni qoʻlga kiri-ta olmagan arablar shahar devori os-tidan lahim (tunnel) qazib ichkariga bostirib kiradilar. P. arablar kuliga oʻtadi. P.liklar kattagina boj toʻlab Qutayba bilan sulh tuzadilar. Biroq shaharliklarning qoʻzgʻoloni oqibatida P. qayta egallanib, vayron etiladi. Juda katta miqdorda oltin va kumushdan yasalgan but va jomlar bilan bir qatorda koʻplab qurolyarogʻ hamda harbiy an-jomlar oʻlja tarzida olinadi. Qutayba askarlari bu qurol-aslahalarning bir qismi bilan qurollanib oladilar. Tabariynyant yozishicha, shaharning boyligidan arablar hayratga tushganlar. Xat-to, eritilgan oltinkumush anjomlar va butlarning tosh qolipidan 150 mingmisqol miqdorda yombi ajratib olingan.

9-asrning oxirgi choragi va 10-asr mobaynida P. va uning dehqonchilik vohasi ravnaq topadi. Ichki va tashqi savdo munosabatlari kengayib kulollik, shishasozlik, koshinkorlik, misgarlik va binokorlik taraqqiy etadi. Ilm-fan, ayniqsa, fiqhshunoslik rivojlanib, bir guruh P.lik fiqhshunos olimlar yetishib chiqadi. Ammo somoniylar hukmronligi barham topgach, 11-asrda P.ning sugʻorish tarmoklari suvsizlikdan qurib qoladi. Oqibatda shahar boʻshab, harobaga aylanadi. 12-asrning 1-choragida Arslonxon Muhammad ibn Sulaymon hukmronligi davrida P. qayta tiklanib va uning atrofi qayta obodonlashtiriladi. Sha-har aholisi yana gavjumlashib, kurkam turar joylar, podshoh uchun esa muhta-sham saroy quriladi. P.ning suv taʼminotini yaxshilash maqsadida Qo-rakoʻl daryosidan uz. 1 farsaxli kanal qazib chiqarish uchun harakat qili-nadi. Biroq, kanal qazilib tugatilmay qoladi. P. suvsizlikdan 12-asrning 2yarmida butunlay qurib yana vayro-naga aylanadi.

P. shahri harobalari arxeologik jihatdan dastlab 1903 yilda R.Pampelli, 1913–14 yillarda L.A.Ziminlar tomonidan oʻrganilgan. Buxoro vohasi shaharsozlik madaniyatining yuzaga kelishi va rivojlanish tarixini oʻrganish munosabati bilan oʻtgan asrning 80–90 yillarida P. harobalarida keng koʻlamda mut-tasil arxeologik qazish ishlari amalga oshirildi. Arxeologik tadqiqotlarni tashkil etish maqsadida 1980 yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti va Rossiya Davlat Ermitajining maxsus qoʻshma arxeologik ekspeditsiyasi (A.Muhammadjonov rahbarligida) tashkil etildi. Bu ekspeditsiya aʼzolari (G.L.Semenov, J.Mirzaahmedov, Sh.Odilov va boshqalar) koʻp yillarga rejalashtirgan arxeologik qazishlarni to hozirgi kunga qadar davom ettirmoqdalar . I.tlar va arxeologik qazishlar natijasida P. yodgorligining umumiy tarixiy topografiyasi oʻrganilib, rejalari chizmalarga tushirildi. Unda qad. koʻtargan ilk chegara istehkomi, soʻngra shahar qiyofasini shakllantirgan baland va qalin mustahkam mudofaa devorlar bilan oʻralgan ark, 4 tomonida bir nechta darvozalar (eni 3,5 m) oʻrnatilgan va qator burjli devorlar qad koʻtargan ichki va tashqi Shahriston hamda saxn boʻylab koʻplab karvonsaroy va nausli nekropol joylashgan ulkan rabodlarning yuzaga kelishini tarixiy bosqichlari va madaniy qatlamlarining qalinligi belgilandi. P.ning qad. qismi – arkning os-tida madaniy qatlam qariyb 18 m ga borsa, ichki va tashqi shahristonlari ostida esa uning qalinligi 4–4,5 m dan oshmaydi. Arkning quyi qatlamida qavd etilgan topilmalar miloddan avvalgi 4–3-asrlar, ichki shahristonning ostki qatlami topilmalari milodiy 3–4-asrlar va tashqi shah-ristonning quyi qatlami va topilmalari esa 4–5-asrlar bilan sanaladi. Arxeologik topilmalarning guvohlik berishicha, P.da hayot miloddan avvalgi 4-asrdan to milodiy 11-asrgacha, yaʼni 1500 yil davomida kechgani maʼlum boʻldi.

Arkda qad. ibodatxona, jome masjid va podshoh saroyi harobalari, ichki shahristonda dorixona (8-asr), bir qancha ulkan tandirlar oʻrnatilgan shahar nonvoyxonasi, tashqi shahristonda kulollik, shishasozlik kabi hunarmandlarning mahalla-koʻylari, 4 tomoni supali markazida sandali bor yotoqxo-na, oshxona, omborxona va tashnobli tahoratxonali moʻʼjazgina bir qavatli hovlijoylarning harobalari qazib ochildi. P.ning rabod qismida kulollik, shishasozlik va temirchilik us-taxonalari-yu xumdon va qoʻralari hamda 50 dan ortiq nauslarning qol-dikdari bilan bir qatorda P.dan Buxoroga tomon yoʻnalgan karvon yoʻli (kengligi 20 m)ning 2 yoqasi boʻylab joylashgan 20 dan ortiq karvonsaroylarning vayronalari qayd etilib, ulardan bir nechtasi qazib ochildi. 8– 10-asrlarga mansub bunday mehmonxona va qoʻnoqxonalar murabaa (75x75m) shakdda xomgʻishtlardan bino qilingan. Tashqi devorning 4 burchagi doira shaklida burjlar bilan mustahkamlangan. Hovlisining markazida tuyalarga ortilgan yuklar tushiriladigan 1 yoki 2 uzun supa ishlangan. Karvonsaroy qaramaqarshi tomonlarida 2 darvoza (3–5 m) oʻrna-tilgan. Mehmonxonaning 4 tomoni boʻylab 60 dan ortiq supali, sandalli 1 yoki 2 xonali yotoqxonalar, oʻchokli yoki tandirli ovqatxona, tashnobli tahorat yoki gʻuslxona va omborxonalar joylashgan. Saroyning shimoli-gʻarbiy burchagida otashparastlarning otashkadali ibo-datxonasi bino qilingan. Xonalarning tomi ravoqsimon shaklda yopilib, markaz qismida sopol quvurlardan moʻrkonlar oʻrnatilgan.

Arxeologik qazishlar jarayonida P. yodgorligidan turli xil topilmalar: sirli va sirsiz sopol koʻza va tovoqlar, shisha idishlar, jez va temir bu-yumlar, qurolyarogʻlar, shuningdek, turli sanalarda zarb etilgan chaqa tan-galar (Xitoy, Sosoniy, Umaviy va Ab-bosiylarning fuluslari; Buxoro, Samarqand, Marv, Fargʻona, Axsikat va Isfijob zarbxonalarida zarb etilgan Somoniy va Qoraxoniylarning tangalari hamda Hirotda zarb etilgan Gʻaz-naviylarning 1 dona oltin dinori) topildi. Topilmalarning kattagina qismi hozirgi vaqtda P. yodgorligi yaqinida tashkil etilgan "Arxeologiya mu-zeyi" zallarida namoyish etilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966, 1993; Muhammadjonov A. R., Odilov Sh. T., Mirzaxmedov J.K., Semenov G.L., Gorodishe Paykend. K probleme izucheniya srednevekovogo goroda sredney Azii, T., 1988; Raskopki v Paykende v 2001 godu, Sankt-Peterburg , 2002.

Abdulahad Muhammadjonov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil