Nodir devonbegi madrasasi (Buxoro)
Madrasa | |
Nodir devonbegi madrasasi
| |
![]() | |
Nodir devonbegi madrasasi bosh fasadi | |
Mamlakat | ![]() |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Manzil | J. Ikromiy MFY Mehtar anbar koʻchasi (Labihovuz ansambli) |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida |
Madrasa turi | Katta |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Nodir devonbegi |
Homiylar | Nodir devonbegi |
Binokorlik | 1619-yil—1620-yil |
Maqomi | Davlat himoyasida |
Qurilish materiali | Pishiq g'isht |
![]() |
Nodir devonbegi madrasasi - Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Buxoro xoni Imomqulixonnchng vaziri Nodir devonbegi (Nodir mirzo Togʻay ibn Sulton) qurdirgan (1622—23). Nodir Devonbegi madrasasi (Buxoro)m. Labi-hovuz ansamblinit sharqiy qismida joylashgan. Dastlab karvonsaroy sifatida qurilgan, xonning qarori bilan mad-rasaga aylantirilgan. Unda madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona yoʻq, hovli atrofi 4 tomondan 2 qavatli kichik hujralar bilan oʻralgan. Hujralarga oʻymakori usulida bezatilgan eshiklar, eshiklar tepasidagi tobadonga panjaralar oʻrnatilgan. Hovliga pishik gʻisht yotqizilgan. Bosh tarzi may-donga qaragan. Old tomonida hovuz bor. Peshtogʻi oʻziga xos mahobatli va serha-shamdir. Undagi oʻsimliksimon naqshlar orasida kuyoshga intilayotgan afsonaviy xumo kushi va bugʻuning oʻtlab yurgan tas-viri koshinkori bezaklari yorqin boʻyoqlarda aks ettirilgan. Hoshiyalariga, kitobasiga arabiy yozuvlar bitilgan. Ustungoʻshasi buramasimon. Peshtogʻining 2 yon qanotidagi 2 qavatli 3 tadan chuqur ravoqli peshayvon aloqida zeb berib pardozlangan. Burchaklaridagi 2 guldas-ta ravokdardagi nakshlar bilan oʻzaro uy-gʻunlashgan. Madrasa tarhi 52x49 m, hovli 34 xZO m. Nodir Devonbegi madrasasi (Buxoro)m. bir necha marta taʼmirlanib, gumbaz, ravoq va devorlaridagi namlik yoʻqotilib, buzilib ketgan huj-ralari qayta tiklandi. Samarqand va Buxoro ustalarining saʼyharakatlari bilan bosh tarzi kayta jilolandi.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |