Obirahmat gʻori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Obirahmat gʻori - mustye madaniyatiga doir qad. manzilgoh. Toshkentdan 100 km shim.-sharkda, Koʻksuv tizmasi etagidagi Paltovsoyning oʻng qirgʻogʻida joylashgan. O.gʻ.ni A. P. Muhammadjonov va S K. Nasriddinov topgan (1962). Obirahmat gʻori Sulaymonov tekshirgan. O.gʻ. keng yoysimon shaklda boʻlib, eni 20 m dan ortiq; u quruq va yorugʻ, shar-qiy chekkasidagi qiyadan chuchuk suvli shalola oqib tushadi. Gʻorning ogʻzi jan. tomonga qaragan. O.gʻ.da uzok, vaqt davomida hosil boʻlgan 21 madaniy qatlamning umumiy qalinligi 10 m. O.g .dan nayzasimon qurollar, nukleuslar, turli xildagi tosh kesgichlar, ponasimon qurollar, bigizlar topilgan. Topilmalar Oʻrta Osiyoda tosh davrining eng boy kolleksiyalaridan birini tashkil qiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil