Urganch davlat universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Urganch Davlat Universiteti
(UrDU)
UrDU logosi
Xalqaro nomi Urgench State University
Asos solingan 1942
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Abdullaev Bahrom Ismoilovich
Talabalari 20000+
Fakultetlar 12
Manzili Xamid Olimjon koʻchasi, 14-uy, Urganch shahri, 220100, Oʻzbekiston
Vebsayti urdu.uz

Urganch davlat universiteti — Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasasi. Xorazm viloyati, 1942-yil iyulda Urganch shahrida toʻliqsiz oliy maʼlumotli oʻqituvchilar tayyorlash instituti sifatida tashkil etilgan. 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida Urganch Davlat Universiteti maqomi berilgan.

Universitet tarixi[tahrir]

Urganch davlat universiteti ilgaridan faoliyat koʻrsatib kelgan Xorazm davlat pedagogika instituti asosida tashkil topdi. Xorazm Davlat pedagogika instituti 1-sentabr 1942-yilda toʻliqsiz oliy maʼlumotli oʻqituvchilar tayyorlaydigan institut asosida tashkil topgan. Institut tarkibida 4 ta fakultet mavjud edi: fizika-matematika, oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, tarix. 1991-yilga kelib XDPI da 6 ta fakultet va 22 kafedra faoliyat olib borgan.

Faoliyati[tahrir]

Universitet tarkibida 10 fakultet, Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, akademik litsey, 33 kafedra, Maʼnaviyat va maʼrifat, Xalqaro aloqalar, noshirlik, magistratura boʻlimlari, Axborot texnologiyalari markazlari, 18 ta oʻquv laboratoriya xonalari, „Ijodkor“, „Texnolog“, „Rassomlik“ oʻquv ustaxonalari, Sport majmuasi bor; Axborot Resurs markazida 170 mingdan ortiq asar saqlanadi (2015). Universitetda 45 ta yoʻnalish [tarix, iqtisodiyot (makroiqtisodiyot), kasbiy pedagogik tayyorgarlik (buxgalteriya hisobi va audit), boshlangich taʼlim va tarbiyaviy ish, chizmachilik, tasviriy va amaliy sanʼat, manzarali amaliy sanʼat va xalq hunarmandchiligi, ped. va psixologiya, musiqa taʼlimi va estetik tarbiya, kasbiy taʼlim (mehnat taʼlimi), mat., amaliy mat. va informatika, axborot va axborot texnologiyasi, fizika, geogr., kimyo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, meʼmorlik, romangerman filol.si va boshqa] boʻyicha bakalavrlar, 16 ixtisoslik [lingvistika (oʻzbek tili, nemis tili, ingliz tili), adabiyotshunoslik (oʻzbek adabiyoti, rus adabiyoti), umumiy tarix, matematik tax, lil, differensial tenglamalar, bioekologiya, iqtisodiy va ijtimoiy geogr., makroiqtisodiyot va boshqa] boʻyicha magistrlar tayyorlaydi. 2015/16 oʻquv-yili universitetda 6950 talaba taʼlim olmoqda, 112 magistr, 8 doktorant ilmiy faoliyat olib bormoqda, 480 dan ortiq oʻqituvchi, jumladan, 1 ta Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, 21 fan doktorlari, 240 ga yaqin fan nomzodi va dotsent ishlamoqda. Universitet bir qancha xorijiy davlatlarning nufuzli Universitet va institutlari bilan hamkorlik qiladi. Tashkil boʻlgandan beri 40 mingga yaqin mutaxassis tayyorladi. Universitetda 2001-yildan „Ilm sarchashmalari“ jurnali, „Xorazm yoshlari“ gazetasi nashr etiladi.

Fakultetlar[tahrir]

  • Fizika-matematika
  • Filologiya
  • Xorijiy Filologiya,
  • Tabiiy fanlar
  • Pedagogika
  • Tarix
  • Jismoniy madaniyat
  • Texnika
  • Turizm va iqtisodiyot
  • Kimyoviy texnologiyalar
  • Sanʼatshunoslik
  • Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi

Xorijiy talabalar[tahrir]

Urganch davlat universiteti chet ellik talabalarni oʻqishga taklif etish boʻyicha ham keng qamrovli ishlar olib boryapti. Xususan, yangi 2018-2019 oʻquv-yilida Turkmanistondan 1 235 nafar talaba oʻqishga qabul qilingan boʻlib, bugungi kunda ularning taʼlim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.[manba kerak]


Axborot kommunikatsiya texnologiyalari[tahrir]

Universitetda axborot — kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish, internet tarmogʻiga ulanish, taʼlim jarayonida axborot tizimlaridan foydalanish yoʻlga qoʻyilgan. Barcha binolarda simsiz"Wi-Fi" zonalari tashkil qilingan. Scopus, Science Direct va ProQuest xalqaro ilmiy texnik maʼlumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.[manba kerak]

Manbalar[tahrir]