Orlat plitalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Orlat plitalari

Orlat plitalari
Material Suyak
Oʻlchami 11 cm × 13.5 cm (4.3 in × 5.3 in)
Yaratilgan I—IV asr
Joy Koʻchmanchilar qabri, Orlat qabristoni, Qoʻrgʻon
Roʻyxatdan oʻtishi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti
Madaniyati Sak

Orlat plitalari 1980-yillarning oʻrtalarida Oʻzbekistonda topilgan suyak plitalari turkumidir. Ular Galina Pugachenkova boshchiligida Samarqanddan shimolda, Saganak daryosi boʻyidagi (Zarafshonning irmogʻi) Orlat qabristonida olib borilgan qazishmalar paytida topilgan[1]. Pugachenkova topilmalar haqidagi maʼlumotlarni 1989-yilda chop ettirgan. Orlat plitalari chap yarmida murakkab jang sahnasi, boshqa tomonda esa ov sahnasi tasvirlangan.

Plitalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Plitalar dekorativ kamar tokalari boʻlgan deb taxmin qilinadi. Ular katafrakt sifatida qurollangan askarlar oʻrtasidagi jang sahnalari va bitta ov sahnasi bilan bezatilgan. Shuningdek, yana uchta oʻlchami kichikroq boʻlgan lavhalar boʻlib, ularda Baqtriya tuyalari bilan jang qilayotgan otliq jangchilar tasvirlangan[2][3]. Plitalarning milodiy I asrga oid.

Manbalarga koʻra lavhada oʻtroq soʻgʻdlar va koʻchmanchi bosqinchilar oʻrtasidagi jang tasvirlangan. Unda oʻz guruhining boshligʻi boʻlgan soʻgʻd qahramoni koʻchmanchilar guruhlarining hujumlarini qaytaradi. Soʻgʻdlar uchun koʻchmanchi bosqinlar doimiy xavf edi. Markus Modening fikriga koʻra, plitada jangdan koʻra koʻproq narsa bor. Yodgorlik soʻgʻd sanʼatini tavsiflovchi hikoya tasvirining dastlabki koʻrinishi boʻlib, ushbu tasvirga yaqin bezaklar VII asr oxiri VIII asr boshlarida Panjikent devoriy suratlarida chizilgan[4]. Plitalar soʻgʻd sanʼati haqida asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Oʻz rasmlari va oʻymakorliklarida soʻgʻd musavvirlari chiziqlar, rang bloklari va bir nechta landshaft elementlardan foydalangan.

Yuriy Xudyakov Mo'g'uliston va Oltoydan topilgan boshqa XunSarmatiya topilmalari, Yenisey daryosi yaqinidagi Tepsey togʻidan topilgan plitalar bilan Toshtiq madaniyatiga tegishli boʻlgan plitalar oʻrtasida koʻplab oʻxshashliklarni topdi[5][6].

Pugachenkova bu lavhalar kushonlar va toxarlar bilan chambarchas bogʻliq deb hisoblangan. U plitalar Kangyuy aholisi tomonidan qilingan deb hisoblaydi U tasvirdagi askarlar soʻgʻdlar, saklar, yuechjilar va parfiyaliklar degan xulosaga kelgan.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Martial Arts of the World An Encyclopedia of History and Innovation · Volume 2 Joseph R. Svinth, Thomas A. Green: . ABC-CLIO, 2010 — 59 bet. ISBN 978-1-78671-699-6. 
  2. Lerner, Judith A. „Orlat Plaques“. Freer, Sackler - Smithsonian. 2021-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-sentyabr.
  3. Bellemare, Julie; Lerner, Judith A. „The Sogdians at Home - Art and Material Culture“. Freer, Sackler - Smithsonian. 2021-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-sentyabr.
  4. Baumer, Christoph. History of Central Asia, The: 4-volume Set. Bloomsbury Publishing, 2018 — 96 bet. ISBN 9781838608682. 
  5. Cribb, Joe; Herrmann, Georgina; Academy, British. After Alexander: Central Asia Before Islam (en). OUP/British Academy, 26 July 2007 — 62–63 bet. ISBN 978-0-19-726384-6. „"The engraved bone plaques found at Orlat in the region of Koktepe and dated by Jangar Ilyasov (2003) to the first-second centuries AD present the portraits of Kangju warriors and hunters", the Kangjus were the "western 'Scythian' neighbours" of the Yuezhi/ Kushans.“ 
  6. Betts, Alison; Vicziany, Marika; Jia, Peter Weiming; Castro, Angelo Andrea Di. The Cultures of Ancient Xinjiang, Western China: Crossroads of the Silk Roads (en). Archaeopress Publishing Ltd, 19 December 2019 — 104 bet. ISBN 978-1-78969-407-9. 
  7. „Orlat Plaques The Sogdians“. sogdians.si.edu.
  8. Grenet, Frantz (2012). "« The nomadic element in the Kushan empire (1st - 3rd century AD)". Journal of Central Eurasian Studies 3: 14. https://www.academia.edu/24471056. 

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]