Qozon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

QozonRF dagi shahar, Tatariston Respublikasi poytaxti (1990-yildan). Volga boʻyining muhim sanoat va madaniy markazlaridan biri. Volga daryosi chap sohilida. Yirik daryo por-ti. Qozon stansiyasi. Avtomobil yoʻllari chorrahasi. Aeroport bor. Aholisi 1105,3 ming kishi (2002). 5 maʼmuriy tumanga boʻlingan.

Q.ga 1-ming yillik oxirida Qozon daryosining oʻrta oqimida bulgʻorlar asos solgan. 1399 yilda Moskva knyazi Yuriy Dmitriyevich qoʻshinlari tomonidan Q. vayron qilindi va 30 — 40 yildan soʻng qayta tiklandi. Keyinchalik shahar oʻrnida Kreml qurildi. 15-asrdan Oʻrta Volga boʻyining yirik iqtisodiy va savdo markazi, 1438 yildan Qozon xonligining poytaxti. 1552 yilda rus podshosi Ivan Grozniy qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. 1708 yil dan Qozon gubernyasi markazi. 19-asrda Q.da sanoat korxonalari paydo boʻla boshladi. 1804 yilda un-t ochildi. q. 1920—90 y.larda Tatariston ASSR poytaxti.

Mashinasozlik (aviasozlik, motor-sozlik, "Teplokontrol", vakuum texnikasi ishlab chiqarish birlashmalari; kompressor, elektron-hisoblash texnika mahsulotlari ishlab chiqarish va boshqalar) va metallsozlik, kimyo va neft kimyosi ("Kazan-orgsintez", "Tasma", kimyo-farmatsevtika korxonalari; sintetik kauchuk, uy-roʻzgʻor kimyosi mahsulotlari va boshqalar), yengil (moʻyna, koʻn-teri mahsulotlari va boshqalar), oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. 11 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, un-t, konservatoriya), 6 teatr (opera va balet teatri va boshqalar), 8 muzey (Tatariston Respublikasi, tasviriy sanʼat, M.Gorkiy nomidagi muzeylar va boshqalar) bor. Shaharda meʼmoriy yodgorliklardan Kreml va yodgorliklar majmuasi (16—18-asrlar), shu jumladan, Suyumbeka minorasi (17— 18-asr boshlari), Petropavlovsk sobori (18-asr, hozirgi sobor binosi — planetariy), Marjoniy masjidi (18-asr), gubernator saroyi (19-asr), qozon universiteti majmuasi (19-asr, klassitsizm uslubida qurilgan) saqlangan. Q.da shaharning bunyod etilganiga 1000 yil toʻlganligi munosabati bilan bir yoʻla 5 ming kishi namoz oʻqiydigan toʻrt minorali Qul Sharif jome masjidi oʻz oʻrnida qayta tiklandi. Yevropada eng katta boʻlgan bu masjid 1552 yil Ivan Grozniy Q.ni bosib olgan vaqtda butunlay buzib tashlangan edi.

Qozon Kremli YUNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan (2000). 2005 yil Q.ning 1000 yilligi nishonlandi. Metropoliten ishga tushirildi.

Qozon (tat. Казан, Qazan) — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi shahar, Tatariston Respublikasining poytaxti, Volga daryosining so'l qirg'og'idag yirik port shahar. Rossiyaning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, madaniy markazlaridan biri.

Tarixi[tahrir]

Qozondagi Kremlning ko'rinishi
Bauman ko'chasi
Nurilla masjidi

Volga Bulg'oriyasi chegarasida qal'a sifatida qurilgan. XIIIXIV asrlarda Qozon Oltin Oʻrda tarkibidagi muhim savdo va siyosiy markaz bo'lgan. 1438-yildan boshla Qozon xonligining poytaxtiga aylangan. Shahar nomining ma'nosi kelib chiqishi haqida turli xil fikrlar bor.