Tuproqqalʼa tumani
tuman | |
---|---|
Tarkibida | Xorazm viloyati |
Maʼmuriy markazi | Pitnak |
Asos solingan sanasi | 2020-yil 11-may |
Hokim | Alisher Salayev |
Rasmiy tillar | Oʻzbek |
![]() | |
Soat mintaqasi | UTC+5 |
Avtomobil raqami kodi | 90 |
Koordinatalari: 43°1′12″N 59°21′0″E / 43.02000°N 59.35000°E G O |
Tuproqqalʼa tumani — Oʻzbekistonning Xorazm viloyatidagi tuman. 2020-yil 11-may kuni Hazorasp tumani hududini ikkiga boʻlish orqali tashkil etilgan. Maʼmuriy markazi — Pitnak shahri.
Maydoni — 192 262 m², aholisi — 56,6 ming kishi (2022). Tumanda 17 ta aholi yashash punkti mavjud[1].
Tashkil etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2020-yil 23-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishida bir qator deputatlar Xorazm viloyati tarkibidagi Hazorasp tumani chegaralarini oʻzgartirish va shuning asosida Tuproqqalʼa tumanini tashkil etish toʻgʻrisidagi masalani koʻtarib chiqdilar. Ular bunga asos qilib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 13—14-mart kunlari Xorazm viloyatiga borgan paytida bergan buyruqlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholi uchun ijtimoiy-maishiy qulayliklar yaratish haqidagi topshiriqlarini koʻrsatdilar[2].
Ayrim deputatlar yangi tuman tashkil etilishi hududda qishloq xoʻjaligi, ayniqsa, chorvachilikni rivojlantirishga, hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirishga va aholi bandligini taʼminlashga ijobiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidlanganlar[2].
Mahallalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hazorasp tumanining Tuproqqalʼa maskani va Pitnak shahri hududlari alohida ajratilib, Tuproqqalʼa tumani tashkil etilgach, quyidagi 15 mahalla yangi tuman tarkibiga qoʻshildi[3]:
- Pitnak shahri hududidagi mahallalar
- A. Ibragimov
- Muhabbat
- Navbahor
- Obod
- Oxunboboyev
- Pastom
- Saidlar
- Sapayir
- Yoshlik
- Sharlauq
- Shexlar
- Tuproqqalʼa maskani hududidagi mahallalar
- Hazorasp
- Nukus
- Sarimoy
- Tuproqqalʼa
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Xorazm viloyati, Tuproqqal'a tumani“. https://www.tuproqqalatumani.uz. Tuproqqal'a tumani hokimligi rasmiy veb-sayti. Qaraldi: 19-oktabr 2022-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Хоразм вилояти таркибида Тупроққалъа тумани ташкил этилмоқда“. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi rasmiy sayti (23-mart 2020-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani tashkil etilmoqda“ (23-mart 2020-yil). Qaraldi: 23-oktabr 2022-yil.