Olloqulixon karvonsaroyi va timi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Olloqulixon karvonsaroyi va timi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1832—33). Toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (69,0x58,0 m), burchaklariga guldasta — minoralar ishlangan. Karvonsaroyga shim. va jan.dagi peshtoq orqali kiriladi. Uning keng hovlisi (46,3x42,4 m) va hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar (4,6x2,9 m) bir xil hajmda 105 tani tashkil qiladi. Hujralar hovli sahniga qaratilgan. Burchaklaridagi 8 ta hujralar (5x5 m) gumbazi baland qilib ishlangan, ular eshik tepasidagi tobadon panjaralari orqali yoritiladi. Tomi balxi gumbazli. Xovliga kiriladigan yoʻlak 2 tomondan peshtoq bilan che-garalangan. Peshtoq qanotlari ichida 2-qavatga olib chiqiladigan aylanma zinalar bor. Pastdagi xonalarda yuk saqlangan, yuqrridagilaridan mehmonxona sifatida foydalanilgan.

Karvonsaroyning tashqi va ichki tuzilishida oʻziga xos tomonlar bor. Mac, shu tipdagi binolarda ichkariga maxsus xonalar orqali aylanib oʻtil-sa, bu yerda ichkariga yuklar bilan 2 gumbaz ostidan toʻgʻri oʻtish mumkin. Hovli oʻrtasi otaravaga mol yuklashga qulaylashtirilgan. Tim karvonsaroyga nisbatan keyinroq qurilgan. Karvonsaroyning bosh tarzi tim qurilishi (1835— 38)da tamoman oʻzgartirilgan. Pastki qavatda ravoqlar asosi mustahkamlangan, 24 ta hujraning 2-qavati butunlay buzilgan va tim gumbazlari (katta gumbaz diametri — 9,5 va 10,7 m, kichik gum-baz diametri — 6,0 m)ni oʻrnatish uchun moslashtirilgan. Tim tarxi —74x26,5 m, 2 ta katta gumbaz (markazida va gʻarbida), 2 qatorli 12 ta mayda gumbazlar karvonsaroy oldidagi katta gumbazli xonaga kelib takalgan, xuddi shunday gumbazli xona timning gʻarbida ham bor. Tim ichkarisi gumbazlardagi tuynuklar orqali yoritilgan. Timda savdo rastalari joylashgan. Gumbazlarni qurishda ustalar binoga mos (toʻrtburchak, chorsi, olti qirrali shakllarda) qurilma asosini topa olganlar.

Adabiyot[tahrir]

  • Mankovskaya L., Bulatova V ., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil