Dishan qalʼa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Dishan qalʼa (tashqi qalʼa)— Xivaning rabod qismi. 1842 y.da Xorazm xoni Olloqulixon Xivani tashqi hujumdan saqlash uchun devor (uz. 6250 m, bal. 7—8 m, devor qalinligi 5—6 m.) bilan oʻratgan. Qurilishga koʻp aholi jalb qilinib, qalʼa 6 haftada bitka-zilgan. D. q.da 10 darvoza boʻlgan: Hazorasp (Qoʻy), Pishkanik, Bogʻi shamol, Shayxlar, Tozabogʻ, Shohimardon, Doshoyoq, Qoʻsh, Gadoylar va Gandumiyon (Hazorasp va Qoʻsh darvozalaridan boshqalari saqlanmagan). D. q.ning bosh koʻchalari (Hazorasp, Bogʻi shamol, Shohimardon, Qoʻsh) Nurullaboy saroyi, Sayidboy madrasasi va masjidi, Sayid Mohi rui jahon, Toʻrt Shabboz, Abdolbobo majmualari kabi koʻpgina obidalar saqlanib qolgan. D.q.da hozir maʼmuriy va maishiy binolar, xiyobonlar barpo etilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil