Abulqosim madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Madrasa
Abulqosim (Eshon) madrasasi
Madrasah Abdulkasim Sheikh 14-38.JPG
Madrasaning bosh fasadi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Manzil Bunyodkor koʻchasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Toshkent shahar Madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida.
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Asosiy sana:
Maqomi Davlat himoyasida[1]


Abulqosim (Eshon) madrasasiToshkentdagi me’moriy yodgorlik. Madrasa, masjid va xonaqohdan iborat. Qurdirgan shayx nomi bilan atalgan. Eng eski binosi – xonaqoi Mo‘yi Muborak 1820 yil bunyod etilgan, 1850 yil Madrasa qurilgan. Dast-lab bir qavatli bo‘lgan. Madrasa chortoq tarhli (55×46 m), hovlisi (22×28 m) atrofida miyonsaroy, darsxona, masjid, to‘rda Mo‘yi Muborak xonaqohi (6,1×6,1 m) joylashgan. Hovliga old va orqa tomonidagi peshtoq orqali kiriladi. Binoni bezashda asosiy e’tibor bosh tarziga qaratilgan bo‘lib, peshtoq (bal. 16 m)ning ikki yonida guldasta-minoralar qad ko‘targan. Ularning tepa qismi gumbaz-li mezanalar bilan yakunlangan. Darsxona, maktabxona (murabba tarhli – 6,12×6,12 m), ikki qavatli hujralardan iborat. Madrasa oldidagi hovuz, keyinchalik qurilgan hammom 1940-yillarda buzil-4gan. Madrasa eshiklarini o‘ratepalik Us t a Hasanboy o‘yma naqsh bilan bezagan. Ta’mirlashda A. Solihov, X. Nishonov, O. Polvonovlar qatnashgan (1979). Ma-drasada Abdulla Qodiriy o‘qigan. 1983 yildan O‘zbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish jamiya-tining Toshkent bo‘limi joylashgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  1. Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори. Lex.uz. 2020-09-22.