Bolaliktepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bolaliktepa — termizshohlar qalʼaqasri harobasi (56-asrlar). Termiz shahridan 30 km shim.da. Katta va kichik tepaliklardan iborat boʻlgani uchun shunday atalgan. B.ni sanʼatshunosarxeolog L. I. Albaum oʻrgangan (1953— 55). Qalʼaqasr toʻrtburchak shakldagi paxsa poydevor (30×30×6 m) ustiga xom gʻisht (50×30×10 sm) dan qurilgan boʻlib, 16 xonadan iborat (ulardan 11 tasi 5-asrda, 5 tasi 6-asrda bunyod etilgan). Tashqariga qaragan xonalarning devorlari nishon tuynukli. Eng katta xona oʻrtasiga xom gʻishtdan davra tarhli otashkada (diametri 1,2 m, bal. 60 sm) ishlangan. Undagi kul qoldiqlari ichidan kuygan bugʻdoy doni va oʻrik danaklari topilgan. Xonalardan sopol va shisha idishlar, turli musiqiy asbob boʻlaklari, naqshinkor chilim, taqinchoqlar qadalgan ipak kiyimlar parchasi, chordana qurib bola emizayotgan ayol tasviri tushirilgan shisha turunj (medalon), yogʻoch qoshiq va boshqa topilgan. Xonalardan birida devorlarida toʻy marosimi aks ettirilgan devoriy rasmlar topilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Bolaliktepa" OʻzME. B-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil