Oqostona bobo maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oqostona bobo maqbarasi
Umumiy maʼlumot
Turi maqbara
Joylashuvi Uzun tumani
Manzili Surxondaryo viloyati
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 38°18′05″N 68°01′08″E / 38.30126°N 68.01898°E / 38.30126; 68.01898 G OKoordinatalari: 38°18′05″N 68°01′08″E / 38.30126°N 68.01898°E / 38.30126; 68.01898 G O
Qurilishi boshlangan 10-asr oxiri
Qurilishi tugagan 11-asr boshlari
Egasi Davlat himoyasida

Oqostona bobo maqbarasi — Surxondaryo viloyati Uzun tumanida joylashgan meʼmoriy yodgorlik (10-asr oxiri — 11-asr boshlari)[1]. Rivoyat qilinishicha bu yerda Muhammad paygʻambarning sahobalaridan biri boʻlmish Abu Xurayra dafn etilgan[2].

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbara chorsi xonali (tashqi oʻlchami 9 x 8,7 metr, ichki oʻlchami 5,65 x 5,80 metr), tarzlariga gʻishtlar mavj shaklida terilgan. Shimoli-sharqiy tarzidagi ravoq orqali kiriladi. Uning 2 yoniga ishlangan guldastadan faqat janubiy qismidagisi saqlab qolingan. Poygumbazi gʻoʻlasimon, yuqorisi qubba bilan yakunlangan. Gumbaz osti bagʻallari 8 qirrali, chuqur ravoqlar ishlangan. Imorat kvadrat shakldagi pishiq gʻishtlardan (hajmi 23-24 x 3.5 sm, 26 x 4.5 sm, 22.5 x 4 sm) va 10 x 10 x 66 sm qalinlikdagi loy qorishmasidan bunyod etilgan .

15-asrda janubi-sharqiy tomondagi devori qayta qurilgan. 19-asr oxirida usta Xudoyberdi yarim shikastlangan gumbazni qayta tiklagan, binoning sharqiy tomonidan qoʻshimcha kirish xonasini barpo etilgan[3].

Belgilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbara fasadida 3-3.5 metr balandlikdagi arkli kirish qismida oʻng va chap burchakda yetti burchakli yulduz tasviriga oʻxshash diametri yarim metrlik ikkita rozet belgisi mavjud. Yetti burchakli yulduz shakli Markaziy Osiyo bezak sanʼatiga xos boʻlmagan kompozitsiya hisoblanadi. Kirish qismidagi arkaning chap tomonidagi belgi markazida oʻsimlik tasviri, oʻng tomonidagisida esa quyosh tasviri tushurilgan[4].

Oqostona bobo maqbarasidagi ramziy belgilar bir-biri bilan uygʻun tarzda qilingan. Belgilar oʻzaro semantik tarzda bogʻlangan. Kirish qismning oʻng va chap tomonidagi belgilarni al-Xorazmiy, Ahmad al-Fargʻoniy, Forobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino asarlarida yozilgan Movaraunnahrning IX-XI asrlardagi belgilarning simentikasi asosida tahlil qilish kerak[4].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oqostona bobo maqbarasi Surxondaryo viloyatining shimoli-sharqiy qismida joylashgan Telpak-Chinor nomli qishloq yaqinida bunyod etilgan[5].

Arxeologik qazishmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oqostona bobo maqbarasidagi ramziy belgilar Pugachenkova G.A.,Hakimov Z.A., Borodina I.F. tomonidan o'rganilgan[6].

2001—2002-yillar davomida amalga oshirilgan arxeologik qazishmalarga koʻra Oqostona bobo maqbarasining old devor yaqinidan yetti qabr aniqlangan.

Taʼmirlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oqostona bobo maqbarasiga 2005-yilda ramziy qabr toshi oʻrnatilgan. Mazkur qabr toshi sandiq shaklida yasalgan boʻlib, kattaligi 215 x 55 x 45 x sm ni tashkil etadi. Qabrtosh ustiga Qur’on oyatlari va duolar yozilgan. Ammo Oqostona bobo haqida hech qanday lavha mavjud emas[7]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „O’zbekistondagi albatta borish kerak bo’lgan 20 ta ajoyib joy“. geografiya.uz. Qaraldi: 08-2023.
  2. „OQ OSTONA BOBO YODGORLIK MAJMUASASINI ZIYORAT QILISHDI“. Surxon tongi (2022-yil 7-oktyabr).
  3. "Oqostona bobo maqbarasi" OʻzME. O-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. 4,0 4,1 Arapov A.V.; Tuychiyev Y.G.; Bulatov M.S. (2002-yil). „ЗАБЫТЫЙ «ЯЗЫК» СИМВОЛОВ АК-АСТАНА-БАБА“. Moziydan Sado (Эхо истории). № 2. Toshkent. 12–15-bet. Qaraldi: 08-2023. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |accessdate= (yordam)
  5. „Oq Ostona bobo maqbarasi“. meros.uz. Qaraldi: 08-2023.
  6. Pugachenkova G.A.. Ak-Astana baba. Sovet Arxeologiyasi, 1960-yil. 
  7. F.Abduxolikov; A.Hakimov; B.Abduhalimov; B.Bobojonov; A.Mansurov. O'zbekiston obidalaridagi bitiklar: Surxondaryo. Toshkent: Uzbekistan today, 2005-yil — 37-39 bet. ISBN 978-9943-4509-6-7.