Shovot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Shovot
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Xorazm viloyati
Tuman Shovot tumani
Koordinatalari 41°39′0″N 60°18′0″E / 41.65000°N 60.30000°E / 41.65000; 60.30000Koordinatalari: 41°39′0″N 60°18′0″E / 41.65000°N 60.30000°E / 41.65000; 60.30000
Qachondan beri shahar 1981
Iqlim tipi keskin kontinental
Rasmiy tili oʻzbekcha
Aholisi 15,8 ming nafar (2004)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Shovot (Oʻzbekiston)
Shovot

Shovot — Xorazm viloyati Shovot tumanidagi shaharcha (1972-yildan), tuman markazi. Shovot kanalining chap sohilida. Viloyat markazi (Urganch shahri)dan 40 km shimoli-gʻarbda, temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 15,8 ming kishi (2004). 1681 yilda Eski Vadoq kanali oʻrnida yangi Shohobod (Shovot) kanalining barpo etilishi munosabati bilan Xiva xoni Anushaxon Abulgʻoziy Bahodirxon oʻgʻli tomonidan asos solingan va nomini ushbu kanal (Shohobod, shevada Shovot) nomidan olgan.

Iqtisodi[tahrir]

Shovotda paxta tozalash, gʻisht, podshipnik zdlari, ipyigiruv fabrikasi, un, maishiy xizmat koʻrsatish ktlari, avtokorxona va boshqalar joylashgan. Mustaqillik yillarida 10 ta yirik (charm ishlab chiqarish, temirbeton, „Binokor“ maishiy xizmat koʻrsatish, „Istiqbol“, „Oʻzbekiston“ va boshqalar) korxona ishga tushirildi. „Semurgʻ“, Oʻzbekiston — Germaniya „Shovotteks“ qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi.

Ijtimoiy soha[tahrir]

Shaharchada 6 umumiy taʼlim maktabi, 4 kasb-hunar kolleji, Komiljon Otaniyozov nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kutubxona, 3 ashula va raqs xalq dastasi, 1 musiqa maktabi, 3 bolalar kutubxonasi, „Shohobod“ markaziy stadioni, 22 tibbiy xizmat koʻrsatish muassasasi mavjud. Markaziy kasalxona (570 oʻrin), 3 poliklinika, 7 dorixona faoliyat koʻrsatadi.

Shovot Turkmanistonning Toshhovuz, Qoraqalpogʻistonning Mangʻit, Nukus, Xoʻjayli, Qoʻngʻirot shaharlari bilan avtomobil va temir yoʻllari orqali bogʻlangan Shovot — Toshkent poyezdi yurib turibdi. Shahardan viloyat markazi Urganchga avtobus qatnaydi.

Adabiyot[tahrir]

  • Abulgʻoziy Bahodirxon, Shajarai turk, T., 1991;
  • Xorazm tarixi, Urganch, 1995.